13.07.2016 yildagi PQ-2559-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasini tubdan oshirish va zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish, elektr energetika korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashning strategik dasturlari amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, buning uchun zarur boʻlgan zamonaviy ilmiy- tadqiqot va laboratoriya bazalarini shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekenergo” AJ tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika instituti negizida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Ilmiy-texnika markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetikani rivojlantirishning dolzarb ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan ishlanmalar va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika sohasida istiqbolli mahalliy ishlanmalarni, shuningdek ilgʻor xorijiy texnologiyalar va uskunalarni aprobatsiya qilish, sinab koʻrish va amaliyotga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada elektr energetikani yanada barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va buning asosida elektr energetikani, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadal kengaytirish hisobiga oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturlarining loyihalarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda, isteʼmolchilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan nobudgarchiliklarni kamaytirish, elektr energiyani uzatish va taqsimlash texnologiyalarini takomillashtirish hisobiga iqtisodiyotda energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini qisqartirish holatini chuqur oʻrganish hamda shular yuzasidan yangi takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekenergo” AJning Ilmiy-texnika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika institutining amaldagi shartnomalari va kontraktlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika instituti ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin, keyinchalik malakali mutaxassislar “Oʻzbekenergo” AJning Ilmiy-texnika markaziga ishga qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” AJ ishtirokida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika institutining ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktor-texnologik ishlanmalari, uskunalari va boshqa mol-mulkining talab mavjudligini va saqlab qolish maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi ishtirokida belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutini tugatish va uning negizida “Oʻzbekenergo” AJning Ilmiy-texnika markazini tashkil etish hamda uning ustavini tasdiqlash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy manzilida joylashgan binoni unga tutash hududi bilan birga Ilmiy-texnika markazining ustav kapitaliga topshirilishini va keyinchalik Markazning ustav kapitalidagi davlat ulushi “Oʻzbekenergo” AJning ustav kapitaliga nominal qiymati boʻyicha oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Ilmiy-texnika markazining 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan istiqbolli tadqiqotlar dasturini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-texnika markazining binosini rekonstruksiya qilish hamda uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydigan qoʻshimcha zamonaviy ilmiy uskunalar, priborlar, maʼlumotlar bazasi va materiallar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika institutining boʻshatilayotgan xodimlarini belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi hamda uning 2 va 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 13-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2559-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi PQ-2559-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika instituti ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

R.S. Azimov

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, komissiya raisi

G.I. Ibragimov

Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

Sh.I. Salixov

Fanlar akademiyasi prezidenti

N. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining oʻrinbosari

A.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining bosh konsultanti

D.R. Turdiyev

iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vazirining oʻrinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijrochi direktori

I.S. Basidov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

A.D. Nimatullayev

“Oʻzdavenergonazorat” DI boshligʻi

S.A. Xolmuminov

Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori

R.M. Mamadaliyev

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 348-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)