Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 09.09.2015 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida zamonaviy savdo kompleksi va dehqon bozori qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guliston shahrining bozorlari va savdo komplekslari hududining arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda obodonlashtirish, aholi uchun zamonaviy savdo-bozor, kommunal-maishiy, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini shakllantirish, shaharliklarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojini uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sirdaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida (Janubiy yoʻl oʻtkazish hududida) zamonaviy savdo kompleksi va dehqon bozori (keyingi oʻrinlarda savdo kompleksi va dehqon bozori deb ataladi) qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirdaryo Guliston savdo kompleksi” MChJ savdo kompleksini va dehqon bozorini qurish doirasida “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — qurilish-montaj ishlari jarayoni yuzasidan texnik nazorat ijrochisi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ — bosh loyihalash tashkiloti etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudrat tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda — savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi uchun Boyovut tumani hududida yer uchastkasi berilishini, ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi qiymatining “Sirdaryo Guliston savdo kompleksi” MChJ va “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ ustav jamgʻarmalariga davlat ulushi sifatida belgilangan tartibda oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda — “Sirdaryo Guliston savdo kompleksi” MChJ va “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ huzurida savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirish hamda nazorat qilib borish boʻyicha direksiyalar tashkil etilishini, ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov) Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), bosh loyihalash tashkiloti va buyurtmachi bilan birgalikda, sifatli texnik topshiriq asosida loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini taʼminlasin, ularda savdo rastalari, doʻkonlar, kempinglar hamda boshqa savdo va servis obyektlarining, qulay kirish va chiqish joylariga ega boʻlgan zamonaviy avtomobillar toʻxtash shoxobchalarining, kirib kelish yoʻllari va yoʻlovchilar yoʻlaklarining oqilona joylashtirilishini hamda tutash hududlarning obodonlashtirilishini, shuningdek savdo kompleksi va dehqon bozoriga tutash hududlarda transportlarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlanishini hisobga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar 1-ilovaga* muvofiq savdo kompleksi va dehqon bozori obyektlari qurilishini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va servis obyektlarini, zamonaviy avtomobil toʻxtash joylarini qurish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (yetakchi bank), “Ipoteka-bank” ATIB va “Agrobank” ATB (qatnashuvchi banklar)ning teng ulushlarda 5 yil muddatga, asosiy qarzni toʻlash uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bilan beriladigan sinditsiyalangan kreditlari, shuningdek buyurtmachilar va investorlarning oʻz mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi elektr va gaz tarmoqlari boʻyicha, shu jumladan ularni qurish, koʻchirish va modernizatsiyalash boʻyicha — tegishli foydalanuvchi tashkilotlarning mablagʻlari, shu jumladan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlarni undirish hisobiga tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sirdaryo viloyati (Ashurmatov) va Guliston shahri (Akbarov) hokimliklarining Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maxsus hisob raqamida jamlanadigan, quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan mablagʻlarni savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari sifatida, shuningdek berilgan kreditlarni toʻlash uchun manbalar sifatida belgilash yuzasidan tashabbusi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli boʻlgan faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismini, qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlarni chegirgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo faoliyatini amalga oshirish uchun savdo kompleksi va dehqon bozorining 1-ilovaga* muvofiq turgʻun savdo shoxobchalarining ijara huquqini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sirdaryo viloyati (Ashurmatov) va Guliston shahri (Akbarov) hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachilarga savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi uchun kreditlar ajratish uchun tijorat banklariga belgilangan tartibda zarur taʼminot berilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini moliyalashtirishga tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida toʻlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismining belgilangan tartibda baholanishini va sotilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirdaryo Guliston savdo kompleksi” MChJ va “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ bilan birgalikda savdo kompleksi va dehqon bozori infratuzilmasi obyektlarini qurish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqsinlar, shuningdek belgilangan tartibda berilgan savdo kompleksi va dehqon bozori turgʻun savdo shoxobchalarining ijara huquqi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olingan mablagʻlarning toʻliq yigʻib olinishini, keyinchalik ularning tijorat banklari kreditlarini toʻlashga maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi (Hidoyatov), istisno tariqasida, Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushining 51 foizdan oshadigan qismini jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda sotishdan olinadigan mablagʻlarni (qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlarni chegirgan holda) Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maxsus hisob raqamiga yoʻnaltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki, Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining hisob raqamidan yoʻnaltiriladigan, Sirdaryo viloyatining tegishli hokimliklariga qarashli faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushining 51 foizidan oshadigan qismini jismoniy va yuridik shaxslarga sotishdan olingan mablagʻlar “Sirdaryo Guliston savdo kompleksi” MChJ va “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini koʻpaytirish uchun kapitallashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini baholash va sotishni tashkil etish masalalari boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq ishchi guruh tashkil etilsin, unga ushbu qarorning 7 — 9 bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini baholashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash natijalariga koʻra Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamgʻarmasidagi 51 foizdan oshadigan davlat ulushining salohiyatli xaridorlar oʻrtasida joylashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyatining faoliyat koʻrsatayotgan savdo komplekslari va dehqon bozorlari ustav jamgʻarmasidagi 51 foizdan oshadigan davlat ulushi aksiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni, keyinchalik tijorat banklaridan olingan kreditlarni toʻlashga yoʻnaltirgan holda, Sirdaryo viloyati hokimligining Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamentining maxsus hisob raqamida jamlanishini taʼminlash yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh rahbari (Gafarov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi F-4421-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasiga koʻrsatilgan tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot berib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev) “Oʻzmetkombinat” AJ (Nuritdinov) va “Oʻzqurilishmateriallari” AK (Akramov) bilan birgalikda bosh loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitobi boʻyicha savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishini amalga oshirish uchun metall prokati va sementning birja kotirovkalarining oʻrtacha hisoblangan narxlari boʻyicha ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev) savdo kompleksi va dehqon bozori qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratining zarur darajada amalga oshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Sirdaryo viloyati hokimi O.Sh. Ashurmatov va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 9-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 478-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)