Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YENGIL SANOATINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-iyuldagi PF-3102-son Farmonini bajarish hamda toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
2. Belgilansinki:
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga mulkchilikning turli shakllaridagi, paxta tolasini qayta ishlash, trikotaj, tikuvchilik va chinni buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek kompaniya ustaviga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar kirishi mumkin;
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi apparati taʼminoti oʻz xoʻjalik faoliyati va uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻtkaziladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi kompaniyaning ustav sarmoyasidagi davlat ulushi hisobiga 5-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining kompaniyaga (tasarruf etish huquqisiz) beriladigan aksiyalari davlat paketlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mol-mulki hisobiga shakllantiriladi.
*5-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini va kompaniya tarkibiga kiruvchi qoʻshma korxonalardagi ulushlarni “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga berishni belgilangan tartibda bir oy muddatda rasmiylashtirsin.
5. Belgilansinki, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi toʻqqiz nafar kishidan, shu jumladan rais va uning ikki nafar oʻrinbosarlaridan iborat boʻladi, oʻrinbosarlardan biri birinchi oʻrinbosar – bosh menejer hisoblanadi. Boshqaruv raisi kompaniyani boshqarish yuqori organlari tomonidan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari kompaniyani boshqarish yuqori organlari tomonidan saylanadilar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda ijro etuvchi apparat tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarni qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun keltiriladigan texnologiya asbob-uskunalari va asbob-uskunalarga ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) istisno tariqasida 2007-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-iyul,
240-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Hukumatning toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) masalalari toʻgʻrisida” 1991-yil 20-maydagi 139-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, qarorning 2, 3, 5, 7, 8-bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarorining 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarorining 11-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 13-son, 103-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 12-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2014-y., 1-son, 6-modda)