Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 10.06.2015 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensatsiya mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek “Angren — Pop” temir yoʻl qurilishi hududidagi turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya mablagʻlari oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga 4,1 mlrd soʻm miqdoridagi kompensatsiya toʻlovlari belgilangan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Namangan viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining “Angren — Pop” temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlardan 2,0 mlrd soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlovlari toʻlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamidan Namangan viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Namangan viloyati hokimligi viloyat hokimligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan mablagʻlardan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya toʻlovlari toʻlash uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 24-bandining oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlardan yer munosabatlari bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov va Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 10-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 304-modda)