Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2019 26.03.2015 yildagi 68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini baholash va mehnatiga haq toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek mehnatning pirovard natijalari uchun ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qarori bilan 2014-2015-yillarda respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni hamda tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika bilan jihozlash dasturlari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2015-yil 1-apreldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish uchastkalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan tashkilotlari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish uchastkalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning ushbu qarorda nazarda tutilgan tizimini nodavlat sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga tatbiq qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmini joriy etish tartibi boʻyicha 2015-yil mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari mexaniklari, texniklari va haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha bazaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015/2016 oʻquv yilidan boshlab tegishli moddiy-texnika bazaga ega boʻlgan kasb-hunar kollejlarida chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari mexaniklari, texniklari va haydovchilarini tayyorlashni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda 2015-yil sentyabr oyigacha har bir viloyat markazida bittadan kasb-hunar kolleji oʻquv chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari, ushbu avtotransport vositalarini boshqarish va ularga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan maketlar va stendlar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qarorining 7-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda obodonlashtirish boshqarmalari maxsus avtotransportni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 26-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 68-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan tashkilotlari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish uchastkalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan tashkilotlari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish uchastkalarining (keyingi oʻrinlarda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari deb ataladi) boshqaruv xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari, maxsus chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari haydovchilari, maxsus mexanizmlar va texnika haydovchilari, taʼmirlash ishchilari va boshqa ishchilari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan qoʻshimcha haq va ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatning pirovard natijalariga koʻra belgilanadigan mukofotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Lavozim maoshlari va tarif stavkalarini belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqaruv xodimlarining, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning lavozim maoshlari, shuningdek ishchilarning tarif stavkalari sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi (keyingi oʻrinlarda tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shtatlar jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasb boʻyicha oʻrtacha razryaddan) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarmoq tarif koeffitsiyenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilangan tarif koeffitsiyentlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha ishchilar tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffitsiyentlari hisobga olingan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xodimning lavozim maoshi (tarif stavkasi) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan tarif setkasi asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning lavozim maoshini (tarif stavkasini) 6 kunlik ish haftasi asosida ish vaqti normal davom etganda ish soatlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xodimlarning (tarif stavkalari) lavozim maoshlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqiga muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimga oʻtganda yoki xodimga yuqoriroq malaka razryadi berilganda oʻzgaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qoʻshimcha haq va ustamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) quyidagi qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlanadi, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish vaqtidan tashqari va dam olish, bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki barobar miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda bir yarim barobar miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yoʻla bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va xizmat koʻrsatish hududini kengaytirganlik uchun — xodim uchun asosiy kasbi (lavozimi) boʻyicha belgilangan mehnat normasidan ortiq amalda bajarilgan ishlar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya jihatidan tozalash tashkilotidagi ish stajining uzluksizligini hisobga olgan holda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) foizlarda har chorakda belgilangan xizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ish staji

3 yildan
5 yilgacha

5 yildan
10 yilgacha

10 yildan ortiq

Lavozim maoshiga (tarif setkasiga) foizlarda

50

75

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maxsus chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari, yuk avtomobillari (samosvallar, benzovozlar va assenizatsiya mashinalari) haydovchilariga ularning tarif stavkasiga quyidagi miqdorlarda ustamalar toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klassligi uchun: 1-klassli haydovchilarga — tarif stavkasining 25 foizi; 2-klassli haydovchilarga — 10 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi jadal shahar harakati sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining 10 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz ballonli yoqilgʻi tizimlari bilan jihozlangan avtomobillarda, zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining 12 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maxsus chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilariga, maxsus texnikalar mexanizatorlari, taʼmirlash ishchilari, press-kompaktyerlar va yuklashning pastki hududlari operatorlari va yuk ortish stansiyalari yukchilari, poligonlardagi yukchilar, chiqindi yigʻish shoxobchasi operatorlariga tarif stavkasining 12 foizi miqdorida, assenizatsiya avtomashinalari haydovchilariga — oʻziga xos mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun tarif stavkasining 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Barcha holatlarda belgilangan qoʻshimcha haq va ustamalar lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilarining mehnatiga haq toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari mehnatiga haq toʻlash qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun aholiga hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimining foizi nisbatida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining foizi nisbati xizmatlar isteʼmolchilariga (jismoniy shaxslarga) hisoblangan toʻlovlarni yigʻish darajasiga bogʻliq ravishda, biroq qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimi 100 foiz taʼminlangan sharoitlarda 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar yigʻimi (tushumlar) prognozi har oyda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda amaldagi tarif boʻyicha belgilangan tartibda hisoblangan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilingan oyda hisoblangan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar yigʻimi prognozi nazoratchining xizmat koʻrsatish hududi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlarga tariflar oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari soniga ehtiyoj tashkilot tomonidan belgilangan va har bir nazoratchi uchun biriktirilgan jismoniy shaxslarga (bitta nazoratchiga kamida 3000 nafar xizmatlar isteʼmolchilari hisobidan) xizmat koʻrsatish hududlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xodimlarni mukofotlash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ichki ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligiga bogʻliq ravishda umuman sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar bajarilgan taqdirda hisobot davri uchun ishlar natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda tashkilot faoliyati natijalaridagi qoʻshilgan shaxsiy hissa xodimlarga mukofot hisoblash uchun asosiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti va uning xodimlarining har bir toifasi boʻyicha mukofotlashning muayyan koʻrsatkichlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha rahbar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mukofotlarning aniq miqdorlari mukofotlashga mablagʻlarning mavjudligi hisobga olingan holda har bir sanitariya jihatidan tozalash tashkilotida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya tarkibiga: rahbar, bosh buxgalter, asosiy ishlab chiqarish xizmatlari rahbarlari, mehnat jamoasi va sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Boshqaruv xodimlari, muhandislik-texnik xodimlar va xizmatchilarni mukofotlash oylik hisobot maʼlumotlari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk tashish prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadning prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya jihatidan tozalash tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga pul mablagʻlari tushish prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — lavozim maoshining 40 foizigacha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga pul mablagʻlari tushish prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan holatda boshqa koʻrsatkichlar bajarilgan taqdirda ular boʻyicha mukofot 50 foizga pasaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Maxsus chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilarini mukofotlash quyidagi koʻrsatkichlar bajarilganda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk tashish prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining 50 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk tashish jadvaliga rioya qilinganligi uchun — tarif stavkasining 30 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasini zarur holatda saqlaganligi uchun — tarif stavkasining 20 foizigacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk tashish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar bajarilmaganda, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar isteʼmolchilari (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan berilgan ikki va undan ortiq asoslangan shikoyat mavjud boʻlganda mukofot toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xizmat koʻrsatiladigan uchastkaning tozaligi taʼminlangan va moliyaviy imkoniyatlar mavjud boʻlgan sharoitlarda maxsus chiqindi yigʻish va tashish avtomashinalari yukchilariga tarif stavkasining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofot toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomning 17, 18 va 19-bandlarida koʻrsatilganlardan tashqari boshqa xodimlarni mukofotlash moliyaviy imkoniyatlar mavjud boʻlganda, sanitariya jihatidan tozalash tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga pul mablagʻlari tushish prognoz koʻrsatkichlari bajarilgan hamda xodim tomonidan ish vaqti balansi toʻliq ishlangan sharoitlarda tarif stavkasining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilariga belgilangan prognozdan ortiq toʻlovlar tushumi (aholi boʻyicha debitorlik qarzlarning kamayishi hisobiga) taʼminlanganda yigʻilgan debitorlik qarzlar summasining 15 foizigacha miqdorda mukofot toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mablagʻlar mavjud boʻlganda xodimlarga quyidagilar toʻlanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram kunlariga mukofot, shuningdek uning natijasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilgan ratsionalizatorlik takliflari uchun bir yoʻla beriladigan mukofot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqi bir baravarigacha boʻlgan miqdorda oziq-ovqatning qimmatlashishi uchun har oylik kompensatsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat taʼtiliga tarif stavkasining bir barobarigacha miqdorda qoʻshimcha haq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim holatlar bilan bogʻliq ravishda (uzoq davom etgan kasallik, oila aʼzosining vafot etishi, nikohga kirish, bola tugʻilishi va boshqa holatlar) bir yoʻla beriladigan moddiy yordam.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning aniq miqdori jamoa shartnomasida nazarda tutilgan tartibda kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusi yoki xodimning arizasi boʻyicha maxsus komissiya qarori bilan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti xodimlari mehnatiga haq toʻlashning belgilangan tartibini taʼminlash uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishni tashkil etilganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan lavozim maoshlari va tarif stavkalari belgilashning toʻgʻriligi, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va mukofotlar hisoblaganligi uchun shaxsan javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 138-modda)