Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 21.07.2003 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda irrigatsiya tizimlarini boshqarishning maʼmuriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mavjud suv xoʻjaligi tashkilotlari va xizmatlari tuzilmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari negizida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega boʻlgan Fargʻona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mintaqalarining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga 1-ilovaga muvofiq birkitib qoʻyilishiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor texnologiyalarni joriy etish asosida suv xoʻjaligida yagona texnika siyosatini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarni suv bilan uzluksiz va oʻz vaqtida taʼminlashni tashkil etish;

irrigatsiya tizimlari va suv xoʻjaligi inshootlarining texnik ishonchliligini taʼminlash;

havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;

suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini taʼminlash.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika suv xoʻjaligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boʻlinmalari roʻyxati va ular apparati xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Magistral kanallar boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmalari 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Magistral kanallar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomlar 5, 5a va 5b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Magistral kanallar boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tanlov asosida lavozimga tayinlanadi. Tanlovni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini tashkil etishni tugallasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalarining, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarining, shuningdek ularga qarashli suv xoʻjaligi korxonalarining asosiy fondlari, limitlari, moddiy-texnika resurslari, mexanizmlari, avtotransporti, xodimlar shtatlari, budjet mablagʻlari yangi tashkil etilgan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mazkur qarorga muvofiq yangi tashkil etilgan tuzilmalarining shtat jadvallarini va xarajatlar smetalarini 2003-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslaridan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy etish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, shuningdek viloyat gidrogeologiya-melioratsiya ekspeditsiyalarining belgilangan tartibda tegishli Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Suv xoʻjaligi departamenti, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 21-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
1-ILOVA

Mintaqalarni irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga birkitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
2-ILOVA

Suv xoʻjaligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 558-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
3-ILOVA

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari roʻyxati va ular apparati xodimlarining cheklangan soni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r ‎

Nomi‎

Joylashgan joyi ‎

Maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni‎

I. Birlashgan dispetcherlik markaziga ega boʻlgan Fargʻona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi

Farona shahri 18
1.‎ Katta Fargʻona magistral kanali boshqarmasi‎ Fargʻona shahri‎ 16‎
2.‎ Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi‎ Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi‎ 12‎
3.‎ Janubiy Fargʻona magistral kanali boshqarmasi ‎ Quva tumani‎ 14‎
JAMI‎ 60‎
II. NorinQoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Andijon shahri ‎ 25‎
1.‎ Qoradaryo—Maylisuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi ‎ Izboskan tumani ‎ 12‎
2.‎ Ulugʻnor—Mazgil irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Boʻz tumani‎ 19‎
3.‎ “Andijonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ‎ Andijon tumani ‎ 14‎
4.‎ “Shahrixonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Asaka shahri‎ 15‎
5.‎ “Shahrixonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Asaka shahri‎ 15‎
JAMI‎ 97‎
III. NorinSirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Namangan shahri‎ 25‎
1.‎ Katta Namangan magistral kanali boshqarmasi‎ Namangan shahri ‎ 10‎
2.‎ Shimoliy Fargʻona magistral kanali boshqarmasi ‎ Namangan ‎ shahri 12‎
3.‎ “Norin—Haqqulobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Uchqoʻrgʻon tumani‎ 12‎
4.‎ “Norin—Namangan” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Namangan tumani‎ 15‎
5.‎ “Podshoota—Chodak” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Kosonsoy tumani‎ 25‎
6.‎ Oxunboboyev nomli irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Mingbuloq tumani‎ 18‎
JAMI‎ 117‎
IV. SirdaryoSoʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Fargʻona shahri ‎ 28‎
1.‎ “Norin—Fargʻona” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Bagʻdod tumani ‎ 24‎
2.‎ “Isfayram—Shohimardon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Fargʻona shahri‎ 22‎
3.‎ “Soʻx—Oqtepa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Qoʻqon shahri‎ 18‎
4.‎ “Isfara—Sirdaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Furqat tumani‎ 22‎
JAMI‎ 114‎
V. ChirchiqOhangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Toshkent shahri ‎ 30‎
1.‎ Toshkent magistral kanali boshqarmasi‎ Toshkent shahri, Bektemir tumani‎ 12‎
2.‎ “Boʻzsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Toshkent shahri ‎ 22‎
3.‎ “Parkent—Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Toshkent shahri, Bektemir tumani‎ 36‎
4.‎ “Ohangaron—Dalvarzin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Piskent tumani‎ 32‎
JAMI‎ 132‎
VI. Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Sh.Rashidov tumani Uchtom shaharchasi ‎ 36‎
1.‎ Janubiy Mirzachoʻl magistral kanali boshqarmasi‎ Paxtakor shahri‎ 18‎
2.‎ “Shoʻroʻzak—Sirdaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Sayxunobod tumani‎ 26‎
3.‎ “Boyovut—Arnasoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Mirzachoʻl tumani‎ 40‎
4.‎ “Uchtom” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Doʻstlik tumani‎ 12‎
5.‎ “Xovos—Zomin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Zarbdor tumani‎ 30‎
JAMI‎ 162‎
VII. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Samarqand shahri‎ 38‎
1.‎ “Zarafshon” magistral tizimi boshqarmasi‎ Samarqand shahri‎ 25‎
2.‎ “Tuyatortar—Qli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Baxmal tumani‎ 12‎
3.‎ “Mirza—Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Chelak shahri ‎ 22‎
4.‎ “Dargʻom” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Tayloq tumani‎ 25‎
5.‎ “Eski Angor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Chiroqchi tumani‎ 21‎
6.‎ “Oq—Qoradaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Oqdaryo tumani‎ 17‎
7.‎ “Miankal—Tos” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Kattaqoʻrgʻon tumani‎ 12‎
8.‎ “Karmana—Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Karmana shahri‎ 12‎
9.‎ “Narpay—Navoiy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Narpay tumani‎ 17‎
JAMI‎ 201‎
VIII. AmuSurxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Termiz shahri‎ 26‎
1.‎ “Surxondaryo” magistral tizimi boshqarmasi‎ Qumqoʻrgʻon tumani‎ 20‎
2.‎ “Toʻpalang—Qoratogʻ” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Denov shahri‎ 27‎
3.‎ “Surxon—Sherobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Sherobod tumani‎ 22‎
4.‎ “Amu—Zang” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Jarqoʻrgʻon tumani‎ 27‎
JAMI ‎ 122‎
IX. AmuQashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Qarshi shahri‎ 30‎
1.‎ “Qashqadaryo” magistral tizimi boshqarmasi‎ Qamashi tumani‎ 18‎
2.‎ “Mirishkor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Mirishkor tumani‎ 25‎
3.‎ Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Qarshi tumani ‎ 40‎
4.‎ “Oqsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Shahrisabz shahri‎ 21‎
5.‎ “Yakkabogʻ—Guzor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Guzar tumani‎ 15‎
JAMI‎ 149‎
X. AmuBuxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Buxoro shahri‎ 27‎
1.‎ “Amu—Qorakoʻl” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Olot shahri‎ 19‎
2.‎ “Shohrud—Doʻstlik” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Kogon shahri‎ 16‎
3.‎ “Xarxur—Duoba” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Vobkent shahri‎ 17‎
4.‎ “Toshrabot—Jilvon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Gʻijduvon tumani‎ 14‎
5.‎ “Toshrabot—Oʻrtachoʻl” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Qiziltepa tumani‎ 12‎
JAMI‎ 105‎
XI. Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi‎ Taxiatash shahri‎ 40‎
1.‎ “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Bogʻot tumani‎ 16‎
2.‎ “Polvon—Gʻazovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Xonqa tumani‎ 15‎
3.‎ “Shovot—Kulavat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Urganch shahri‎ 25‎
4.‎ “Karamazi—Qilichboy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Gurlan tumani‎ 12‎
5.‎ “Mangʻit—Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Amudaryo tumani‎ 12‎
6.‎ “Suenli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Qonlikoʻl tumani‎ 34‎
7.‎ “Paxtaarna—Nayman” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Boʻston shahri‎ 23‎
8.‎ “Quvanishjarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Qoraoʻzak tumani‎ 15‎
9.‎ “Qizketgan—Kegeyli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Chimboy tumani‎ 19‎
10.‎ “Kattagar—Boʻzatov” irrigatsiya tizimi boshqarmasi‎ Nukus tumani‎ 12‎
11.‎ Orolboʻyi delta boshqarmasi‎ Nukus shahri‎ 6‎
JAMI‎ 229‎
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha
‎HAMMASI‎
1488‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Havza boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari apparati viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi suv xoʻjaligi xizmatlari, Tumanlararo kanallar boshqarmalari, Zarafshon vodiysi suv xoʻjaligi boshqarmasi, Katta Fargʻona kanali boshqarmasi va Viloyatlararo Mirzachoʻl kanali boshqarmasi negizida tashkil etiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 558-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
4-ILOVA

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
4a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistral kanallar boshqarmasi apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
4b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega boʻlgan Fargʻona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Bosh boshqarma” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Bosh boshqarmaga yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan taʼminlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida hamda suv xoʻjaligi tizimining boshqa korxonalari va birlashmalarida suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligida yagona texnika siyosatini oʻtkazish, suvni tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarni suv bilan uzluksiz va oʻz vaqtida taʼminlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari va suv xoʻjaligi inshootlarining texnik ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari havzalari boʻyicha suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) suv resurslarini boshqarish va ulardan kompleks foydalanish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli prognozlari umumlashtirilishini, suv resurslari balansi ishlab chiqilishini, suv olish limitlari va havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ayrim alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining suv olish limitlari belgilanishini taʼminlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida havza prinsipi boʻyicha yer usti suv resurslarini oqilona boshqarishni, suvdan foydalanishda va suv isteʼmolida bozor prinsiplari va mexanizmlari joriy etilishini taʼminlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastri yuritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv xoʻjaligi obyektlarining qirgʻoqboʻyi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalari aniqlanishini taʼminlaydi, daryolar va boshqa suv obyektlarining qirgʻoqboʻyi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalarini belgilashda qatnashadi;
(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv haqidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tashkil etilishini, shuningdek uning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalari ishlab chiqilishini, melioratsiya va suv xoʻjaligi rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishni taʼminlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahriririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sunʼiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnomalar berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va materiallarni tayyorlash, shuningdek tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga va suv isteʼmoliga ruxsatnomalar berish, shuningdek suv olish tarmoqlarini roʻyxatdan oʻtkazish (kommunal-maishiy sohaning foydalanish tashkilotlari suv xoʻjaligi obyektlaridan va suv isteʼmolchilari uyushmalaridan suv olish tarmoqlari bundan mustasno) va foydalanishni hisobga olishni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga takliflar kiritish;
(4-bandning “a” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchilari uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, shuningdek ularning xizmat koʻrsatish zonasida suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
(4-bandning “a” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xoʻjaligini va yerlarni melioratsiyalash boʻyicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi suv xoʻjaligi obyektlari kompleksi (suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stansiyalari va boshqa obyektlar) taʼmirlanishi, ulardan ishonchli foydalanilishi va takomillashtirilishi tashkil etilishini, avtomatika va telemexanikaning yangi vositalari va boshqa asbob-uskunalar va texnologiyalar takomillashtirilishi va joriy etilishi, suvni hisobga olish vositalarini metrologik taʼminlash ishlari amalga oshirilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati har yili hisobga olinishi va monitoringi olib borilishini, meliorativ kadastr tuzilishini, yangi yerlarni oʻzlashtirish va ilgaridan sugʻorib kelingan yerlarni rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish samaradorligi baholab borilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirish, davlat suv kadastrini yuritish va shu asosda melioratsiya tizimlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish boʻyicha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishini, qishloq xoʻjaligi yerlarining shoʻrlanishi va botqoqlanishining oldini olish tadbirlari bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv, energetika resurslari va boshqa moddiy-texnika resurslarini tejash choralari koʻrilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kapital qurilish sohasida samarali investitsiya siyosatini oʻtkazadi hamda tarmoqni ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hamda korxonalarning oʻz mablagʻlarini maqbul ravishda uygʻunlashtirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur boʻyicha oʻzlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilgʻor qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni joriy etish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi, sanoat-xoʻjalik maqsadidagi obyektlar qurilishi, ularni texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududidagi, mansubligi va mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, barcha suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek mamlakatimizning respublika chegarasidan tashqaridagi suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi pudrat, loyiha-qidiruv, sanoat hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar qurilishi normativ muddatlarda prognozlashtirilishini va ularning tashkil etilishini, kapital qoʻyilmalardan oqilona foydalanilishini va ular samaradorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlar oʻz vaqtida ishga tushirilishi va oʻzlashtirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishga, melioratsiya, qurilish, yer qazish texnikasi va boshqa texnika, asbob-uskunalar, materiallar, buyumlar va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalari jalb etilishini tashkil etadi, Vazirlik mutaxassislarining chet elda ishlashini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida chet elda suv xoʻjaligi ishlari bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish xalqaro bitimlari, dasturlari doirasida Oʻzbekiston tomoni majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xalqaro tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qiladi, xorijiy sheriklar bilan suv muammolari boʻyicha muzokaralarda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni malakali kadrlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh boshqarma oʻz boshligʻi orqali Markaziy Osiyo suv xoʻjaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining aʼzosi hisoblanadi hamda Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyada va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha boshqa xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning ishchi organi funksiyasi Suv xoʻjaligini rivojlantirish va suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy etish boshqarmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bosh boshqarmaga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma boshligʻi ayni vaqtda Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi, Markaziy Osiyo suv xoʻjaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining aʼzosi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi.
(7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Suv xoʻjaligi tizimlaridan foydalanish, yerlar melioratsiyasi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi masalalari, Bosh boshqarma faoliyatining boshqa muhim yoʻnalishlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bosh boshqarma davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bosh boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
5a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM

1. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining qarorlariga, Vazirlikning buyruqlari va qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv havzasida suv resurslarini tartibga solish va foydalanishda yagona siyosat oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Havza boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvni tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish asosida suv xoʻjaligida yagona texnika siyosatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suv bilan uzluksiz va oʻz vaqtida taʼminlashni tashkil etish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari va suv xoʻjaligi inshootlarining texnik ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimidan ishonchli foydalanish va uni ish holatida saqlash uchun uni tayyorlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv resurslaridan foydalanishning ishonchli hisobi va hisobotini taʼminlash.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli prognozlarini umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga suv olish limitlari boʻyicha takliflar kiritadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havza boʻyicha Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan limitlar asosida viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining takliflarini hisobga olib iqtisodiyot tarmoqlari, magistral kanallar (tizimlar), ayrim alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, maʼmuriy viloyatlar va tumanlar boʻyicha suv olish limitlarini belgilaydi. Tizimlararo nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman havza va irrigatsiya tizimlari boʻyicha yer usti suv resurslarini boshqaradi, ulardan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havza suv xoʻjaligi tizimidan foydalanishning ishonchliligini taʼminlash va uni rivojlantirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining, shuningdek bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik sunʼiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma beradi, tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoliga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga takliflar kiritadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havza boʻyicha belgilangan limitlarga rioya etilishini hamda suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi, “Oʻzsuvnazorat” inspeksiyasi xizmatlari bilan birgalikda suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman havza, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, maʼmuriy viloyatlar va tumanlar, manbalar hamda alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha belgilangan tartibda suv berish va suv olish hisobini, shuningdek hisobotini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslari balansini tuzadi, umuman havza, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, maʼmuriy viloyatlar, tumanlar, manbalar va ayrim alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha suv kadastrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat suv xoʻjaligi tizimlarini suv oʻlchash va uni hisobga olish vositalari bilan jihozlashni, suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etishni, shuningdek ularning metrologik taʼminotini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim irrigatsiya tizimlarining suv taʼminotini oshirish, irrigatsiya tizimlari va inshootlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi va ularni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman havza boʻyicha suv xoʻjaligini istiqbolli rivojlantirish sxemalarini tuzish, shuningdek investitsiya dasturlariga kiritish uchun irrigatsiya tizimlari va inshootlarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi, investitsiya loyihalarida qatnashadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida oʻziga kelishish uchun taqdim etilgan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv haqidagi qonun hujjatlari, suv xoʻjaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taqdimnomalar berish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, joylardagi boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi bilan tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Tanlovni oʻtkazish tartibi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Havza boshqarmasi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tanlov asosida tayinlanadigan ikki nafargacha oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari hamda Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari rahbarlari lavozimiga tanlov asosida tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasiga Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshligʻi oʻrinbosarlari nomzodlarini kelishish uchun taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma shtat jadvali boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari apparati shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat boʻlganda shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma apparati xodimlarini tanlov asosida lavozimga tayinlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlarini tanlov asosida tayinlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga qarashli tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilgan qarorlarini (koʻrsatmalarini) bekor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

11. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzurida Suv xoʻjaligi kengashi tashkil etiladi, uning tarkibiga Boshqarma boshligʻi (Kengash raisi), Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining faoliyat koʻrsatish hududidagi viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshliqlari (yoki boshliqlarning oʻrinbosarlari), Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari va boshqa tegishli suv xoʻjaligi tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek tajribali va yuqori malakali xodimlar kiradi. Kengashning shaxsiy tarkibi va Kengash toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-iyuldagi 320-son qaroriga
5b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistral kanallar boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Magistral kanallar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda Boshqarma deb yuritiladi) Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tegishli magistral kanal (tizim)da suv resurslarini tartibga solish boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa qaror hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga, Vazirlikning buyruqlariga va boshqa qarorlariga, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi buyruqlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqarma tizimda suv resurslarini tartibga solishda texnika siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar suv resurslarini oqilona boshqarish va uning tezkorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman magistral kanal (tizim) boʻyicha suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining belgilangan tartibiga rioya qilinishini taʼminlash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral kanallar (tizimlar) va suv xoʻjaligi inshootlarining texnik ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral kanalni (tizimni) ishonchli foydalanish uchun tayyorlash va uni ish holatida saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv olish va suv berish toʻgʻrisida ishonchli hisob va hisobot yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari, texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslarini boshqarishni va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan belgilangan limitlarga muvofiq Irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga suv berishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya tizimlari hamda nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari bilan suv berish yuzasidan shartnomalar tuzadi, tizimning ichki nasos stansiyalari va agregatlaridan foydalanish rejimini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy suv xoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda irrigatsiya tizimlariga suv berish jadvallariga tuzatishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanishning va suv isteʼmolining bozor prinsiplari va mexanizmlari joriy etilishini taʼminlaydi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimning alohida kanallari suv taʼminotini oshirishga doir takliflarni tayyorlaydi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman tizim boʻyicha suv olish va suv berish hisobini yuritadi, tizim boʻyicha suv resurslari balansini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral kanallar (tizimlar) va suv xoʻjaligi inshootlari boʻyicha suv resurslari oqilona boshqarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman suv xoʻjaligi tizimidan ishonchli foydalanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimni suv oʻlchash qurilmalari bilan zarur miqdorda taʼminlaydi, suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi hamda ularni takomillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha kompleks tadbirlar tuzadi, ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼmirlash ishlarini arzonlashtirish va sifatini oshirish maqsadida, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, ishlarni bajarishning maqbul shakl va usullarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasarrufidagi kanallar tizimlarida ishlarni tashkil etishdagi ilgʻor tajribani, suv xoʻjaligiga oid fan yutuqlarini ommalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari bilan birgalikda investitsiya dasturlariga kiritish uchun tizimni va inshootlarni zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi, magistral kanal (tizim) boʻyicha investitsiya dasturlari bajarilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umuman irrigatsiya tizimi boʻyicha suv xoʻjaligini istiqbolli rivojlantirish sxemalarini tuzish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Boshqarmaning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishish uchun oʻziga taqdim etiladigan suv resurslarini boshqarish boʻyicha qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa tizimlarda va suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash ishlarini shartnomalar boʻyicha bajarish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taqdimnoma kiritish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan suv resurslari limitlariga vujudga kelgan suv xoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda 10 foiz doirasida tuzatish kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boshqarmaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari joylardagi boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqarmani tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshqaradi. Tanlov Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq oʻrinbosarlari lavozimga Boshqarma boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tanlov asosida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovlarni oʻtkazish tartibi Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boshqarma boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga Boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan nomzodlarni taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma apparati shtatlar jadvali boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma apparati xodimlarini, shuningdek tasarrufidagi kanallar tizimlari rahbarlarini Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarini tanlov asosida tayinlaydi. Tanlovni oʻtkazish tartibi Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Gidrouchastkalar va gidrouzellar (yuridik shaxs maqomisiz) Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi, ular oʻz faoliyatini Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Budjetdan ajratmalar hamda xoʻjalik faoliyatidan va suv isteʼmolchilariga xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Boshqarmani mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boshqarma faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 116-modda; 2006-y., 48-50-son, 488-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 42-son, 558-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)