O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 11-iyuldagi 90-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar neft sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
6. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
18. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
20. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart.
31. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
32. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
48. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
49. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
51. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
54. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
60. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
62. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
68. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
72. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
73. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
78. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
94. Burg‘quduqlarni burg‘ulashdagi ishlarning xavfsiz bajarilishini maxsus burg‘ulash brigadalari amalga oshirishi kerak.
95. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin (kamida 50 m qolganda) korxonadagi maxsus komissiya neft favvoralarining ro‘y berishini va bartaraf etishning oldini oluvchi harbiylashgan otryad xodimlari ishtirokida burg‘quduq holatini o‘rganib chiqishi hamda uning tayyorligi haqida dalolatnoma tuzishlari lozim.
96. Ochiq favvoraga sabab bo‘ladigan xatolik (kamchilik)lar aniqlanganda ular bartaraf etilmaguncha ish bajarishni to‘xtatib turish zarur.
98. Burg‘ulash jarayonida burg‘quduqdan chiqayotgan eritmaning harorati va boshqa parametrlarni muntazam ravishda o‘lchab turish lozim.
99. Burg‘ulash olib borilayotgan hudud doimiy ravishda uglevodorodli eritma mahsulotlaridan tozalanib turilishi kerak.
100. Gazsimon agentlarni qo‘llab burg‘ulaganda, burg‘quduq og‘zini germetiklovchi zichlagich qurilma elementlari ishga yaroqli bo‘lishi hamda suyuqlik, shlam, chang va gazni ish maydonchasiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
101. Burg‘quduq og‘ziga ulangan tashlama quvuro‘tkazgich shamol esayotgan tomonga teskari qaratilgan bo‘lishi zarur.
103. Qatlamdagi gaz burg‘ulash quvurlariga kirib qolishining oldini olish uchun burg‘ulash quvurlari kolonnasiga teskari klapan o‘rnatish zarur.
104. Ushbu klapanning holatini har safar burg‘ulash quvurlarini burg‘quduqqa tushirishdan oldin tekshirish kerak.
105. Teskari klapan nosozligi tufayli qatlam gazi burg‘ulash quvurlari orqali ishchi maydonga tushganda (quvurlarni tushirish yoki ko‘tarish paytida) hodisa holatiga ko‘ra, eritmani burg‘ulash quvurlariga qayta haydash kerak.
106. Gazsimon agentlarni qo‘llab ishlaganda preventorlarning germetikligi va ishonchliligini, har safar quvurlarni tushirish yoki ko‘tarish davomida (har smenada kamida bir marta) tekshirib, natijalarini vaxta jurnaliga qayd qilib borish lozim.
107. Burg‘ulashni boshlashdan oldin, burg‘quduq og‘zini germetiklovchi qurilmani gazsimon agentni burg‘quduqqa salt holatda puflash yo‘li bilan mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda nosozliklar aniqlanganda mazkur zichlagich elementni almashtirish kerak.
108. Gazsimon agentlarni qo‘llab burg‘ulaganda, gaz namoyon bo‘lishi holatlarida ish maydonida va gaz paydo bo‘lgan joylardagi havoni gaz tahlillagich yordamida tekshirib turish zarur. Burg‘quduqdan chiqayotgan eritma tarkibida gaz borligini ham uzluksiz ravishda tahlil qilib borish kerak.
110. Ish maydonchasida tabiiy gaz miqdori alangalanish chegarasining 20 foizini tashkil etuvchi darajada bo‘lganda burg‘ulash ishlarini to‘xtatib, gaz sizib chiqishi bartaraf etilishi zarur.
111. Gaz sizib chiqqanda uning ovozi (pishillashi) va hidi, sovun ko‘pigi hamda ko‘chma gaztahlillagichlar yordamida aniqlanishi zarur. Mazkur joylarni ochiq olov (mash’ala) yordamida aniqlash taqiqlanadi.
112. Ish joyidagi havo tarkibini nazorat qilish uchun burg‘ulash joyiga turg‘un (statsionar) yoki ko‘chma gaztahlillagichlar o‘rnatilishi kerak.
113. Ish joyidagi havo tarkibidagi gazni muntazam nazorat qilish zarur. Bunda uning davriyligi mahsuldor qatlamni ochish yoki burg‘ulashda har smenada kamida bir marta, burg‘quduqda gaz namoyon bo‘lganda esa, har ikki soatda kamida bir marta nazorat qilinishi lozim.
114. Burg‘ulash eritmalari sirkulatsiyasining har bir siklidan so‘ng tozalash qurilmalarini tekshirish, ularni suv yordamida shlam va boshqa chiqindilardan tozalash zarur.
115. Burg‘quduq og‘zida yoki boshqa to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda alangalanish konsentratsiyasining quyi chegarasidan 20 foiz yuqori miqdorda gaz yig‘ilib qolgan bo‘lsa, burg‘ulash ishlarini bajarish taqiqlanishi lozim.
116. Burg‘ulash qurilmasi hududida yong‘in sodir bo‘lganda uni suv ta’minoti tizimiga ulangan quvurlar yordamida o‘chirilishi zarur. Bunda suv ta’minoti tizimiga ulangan tsisternaning sig‘imi kamida 2 m3 bo‘lishi lozim.
117. Kon-geofizika ishlarini o‘tkazishdan oldin elektr uskunalardagi izolatsiyaning sozligini, burg‘ulash qurilmasidagi yoki burg‘quduqdagi ertutashtirgich qurilmasining sozligini tekshirish lozim.
118. Laboratoriya va karotaj stansiyasi ko‘targichining metall kuzovi ish maydoniga o‘rnatilishi va burg‘quduqdagi ishlar to‘liq to‘xtatilgandan keyin erga tutashtirilishi kerak.
120. Momaqaldiroq paytida hamda burg‘quduqdan gaz chiqayotgan yoki burg‘quduqqa eritma yutilayotganda kon-geofizika ishlarini o‘tkazish taqiqlanishi zarur.
121. Ish joylarini yoritish va isitishda faqat karotaj va gaz karotaj stansiyalari uchun tuzilgan loyihada nazarda tutilgan asboblardan foydalanish lozim.
122. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalarda yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan moddalarni ochiq idishlarda saqlash taqiqlanadi.
123. Transport vositalarida joylashgan karotaj stansiyasi tutun chiqarish quvurlariga uchqun o‘chirgichlar o‘rnatilishi kerak.
124. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalari o‘rnatilgan transport vositalarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalariga muvofiq birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
125. Burg‘quduqlarida kon-geofizika ishlarini o‘tkazishda zulfinlar, quvurlar, flanetslar va armaturalar hamda geofizik uskunalarni isitishda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
126. Karotaj ishlarini o‘tkazishda gaz namoyon bo‘lishi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa, navbatchi operator darhol burg‘ulash brigadasiga xabar berishi, gaz otilib chiqqanda esa, karotaj stansiyasini xavfsiz joyga olib chiqishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur.
127. Ortiqcha bosim ostida ishlab turgan burg‘quduqlarda geofizik tadqiqotlarni o‘tkazishda o‘zini-o‘zi zichlovchi salnikli lubrikator yordamida bajarish kerak. Bunda salnikli lubrikatorni burg‘quduqning yuqori qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimdan kam bo‘lmagan bosim ostida sinalgan bo‘lishi lozim.
128. Uglevorod yuqori bosim bilan oqib chiqayotgan burg‘quduqlardagi lebyodka (chig‘ir) va uning qismlari nosoz bo‘lsa geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish taqiqlanishi zarur.
129. Radioaktiv moddalarni yonuvchi va portlash xavfi mavjud bo‘lgan boshqa moddalar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
130. Qatlam sinagichlari bilan ishlarni bajarishda geofizika korxonasi hamda buyurtmachi korxona tomonidan tasdiqlangan reja asosida bajariladi.
131. Burg‘quduqni sinashda burg‘ulash uskunalarini ta’mirlash hamda elektrpayvandlash va boshqa olovli ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
132. Burg‘quduqdan gaz va neft yuqori bosimda oqib chiqishi kutilayotganda, burg‘ulash joyida harbiylashgan qism vakillari ishtirok etishi hamda preventorning biror tarmog‘iga ulangan sementlash agregati bo‘lishi zarur.
133. Burg‘quduqni pakerlash va qatlam mahsuldorligini tadqiq qilish ishlari faqat kunning yorug‘ vaqtida o‘tkazilishi kerak.
134. Burg‘quduq debitini o‘lchashda qatlamdan chiqayotgan flyuidni yig‘ib olish uchun ombor yoki rezervuar burg‘quduqdan kamida 100 m masofada joylashgan bo‘lishi lozim.
136. Ishlatish kolonnasini perforatsiya qilishdan oldin burg‘quduq atrofidagi rezervuarlar quduqdan chiqadigan mahsulotni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak.
137. Ochiq ariqlar orqali umumiy omborga va tutqichlarga neft oqimini chiqarib yuborish taqiqlanadi.
138. Burg‘quduqlarda perforatsiya ishlarini bajarishdan oldin buyurtmachi korxonaning geologini hamda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini ogohlantirish zarur.
139. Burg‘quduqlarda perforatsiyani o‘tkazishdan oldin otqinga qarshi uskunalarni tekshirilishi, favvora armaturasi bosim ostida germetiklikka sinalishi lozim.
140. Burg‘quduqni ishlatishda favvora armaturasining ishchi bosimi quduqning yuqori qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimga mos kelishi kerak.
141. Favvorali burg‘quduqni o‘zlashtirishda nasos-kompressor quvurlarini tushirish va ko‘tarishni faqat quvurcha va buraladigan zulfin mavjudligida bajarilishi lozim.
142. Burg‘quduqqa quvurlarni tushirish yoki ko‘tarishda neft va gaz namoyon bo‘lganda hamda kechki paytda avariya yoritqichlari o‘chib qolganda, quduq og‘ziga zudlik bilan avariya zulfinini o‘rnatish va barcha ishlarni to‘xtatish lozim. Uzoq vaqtga to‘xtatilganda burg‘quduq og‘zini berkitish zarur.
143. Kolonnani tushirish-ko‘tarish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda uning flanetsiga uchqundan xavfsiz materialdan yasalgan voronka o‘rnatish lozim.
144. Burg‘quduqni ko‘chma agregatlar yordamida o‘zlashtirish va berkitishda ishchi manifoldga zarur miqdordagi agregatlarni ulash imkoni nazarda tutilishi kerak.
145. Favvorali burg‘quduqni o‘zlashtirish vaqtida tanaffus yoki to‘xtalishlar bo‘lganda, favvora armaturasidagi markaziy zulfin va krestovinadagi zulfinlarni berkitish zarur.
agregatni boshqarish pultini himoyalash uchun qurilgan ayvonchaning yonadigan konstruksiyalariga olovdan himoyalovchi moddani shimdirib olish (ushbu modda bilan ishlov berish);
149. Favvorali burg‘quduqni svablab o‘zlashtirishda burg‘quduq og‘zidan kamida 10 m masofada favvora armaturasiga shturval o‘rnatish va uni shchit bilan himoyalash zarur.
152. Burg‘quduqni ko‘pik yordamida o‘zlashtirishda faqat olovdan xavfsiz va zaharli bo‘lmagan sirtfaol moddalarning suvli eritmalaridan foydalanish kerak.
153. Burg‘quduqni kechki vaqtda o‘zlashtirishda ish joylari belgilangan yoritish me’yorlariga muvofiq yoritilishi lozim. Burg‘quduq og‘ziga yaqin joylardagi yoritqichlar portlashdan himoyalangan bo‘lishi zarur.
154. Sinalgan barcha burg‘quduqlar og‘zi zichlangan va tegishli armaturalar bilan jihozlanishi kerak.
155. Burg‘quduqdan chiqayotgan neft va gazdan kompressorni himoyalash maqsadida burg‘quduq yaqinidagi gaz-havo taqsimlagich budkasi tarmog‘iga teskari klapan o‘rnatish lozim.
156. Ko‘chma kompressorlarning ichki yonuv dvigatellaridagi tutun chiqaruvchi quvurlari ovoz va uchqunso‘ndirgichlar bilan jihozlanishi zarur.
157. Nasoslar yordamida ishlatiladigan burg‘quduqlarning og‘zi zichlovchi armatura bilan jihozlanishi kerak.
158. Tebranma dastgoh ishlayotganda uzatmalar tasmasi salt holatida shkivni aylantirmay o‘tishining oldini olish uchun tasmaning tarang tortilganligiga e’tibor berib turish zarur.
159. Burg‘quduqqa markazdan qochma elektr nasoslarni tushirish uchun elektr uskunalar joylashtiriladigan budka yonmaydigan materialdan yasalishi kerak.
160. Boshqarish stansiyalari va avtotransformatorlarni har qanday kuchlanishdagi elektr tarmoqlari tagiga o‘rnatish taqiqlanadi.
161. Burg‘quduqqa elektr nasosni tushirishdan oldin uning kabelini elevator ta’siridan saqlash maqsadida flanetsga himoyalash moslamasini o‘rnatish zarur.
162. Burg‘quduq og‘zi yaqinida joylashgan kabelli barabanning elektr uzatmasini boshqarish tugmachasi portlashdan himoyalanib yasalgan bo‘lishi lozim.
164. Burg‘quduqni sinashda unga olib boradigan barcha yo‘llarda chekish va olov yoqishni taqiqlovchi postlar va ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi lozim.
165. Burg‘quduqda puflash va o‘lchashlar o‘tkazilayotganda burg‘ulash qurilmasining dvigateli, quduq yaqinidagi barcha transport vositalari hamda qozonxonalarning o‘choqlari o‘chirilishi zarur.
166. Kimyoviy reagentlar saqlanadigan joy to‘silgan hamda u erga qizil bayroqchalar va xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi kerak.
167. Ko‘chma nasos agregatlari, avtotsisternalardagi tutun chiqarish quvurlariga ovozso‘ndirgich va uchqunso‘ndirgich o‘rnatilishi zarur.
168. Quduq og‘zidagi uskunalarning germetikligi buzilganda, damlagich quduqni suyuqlik bilan to‘ldirib, uskunani almashtirish lozim.
169. Separatorlarning bufer suyuqligi idishlarini puflash avtomatlashtirilgan bo‘lishi zarur. Mash’alani yoqish moslamasi masofadan turib boshqarilishi kerak.
170. Yonib turgan mash’alaning atrofi 50 m radiusda to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Mazkur hududga kirish joyiga “Begonalar kirishi man etiladi!” degan yozuv ilib qo‘yilishi zarur.
172. Neftni isituvchi qurilma shamol esayotgan tomonga joylashtirilgan neft saqlanayotgan rezervuardan kamida 25 m oralig‘ida o‘rnatilishi zarur.
173. Neft solingan rezervuar hamda neftni isituvchi qurilma o‘rnatilgan aravachalar portlashdan himoyalanib yasalgan bo‘lishi kerak.
174. Issiq neft rezervuarini tashuvchi transport vositasining tutun chiqadigan quvuriga uchqunso‘ndirgich o‘rnatib, transport vositasini quduq og‘zidan kamida 10 m masofada shamol esayotgan tomonga joylashtirish lozim.
176. Kondensatni avtotsisternadan quyib olish yoki bo‘shatishda avtotsisterna ertutashtirgich moslamasiga ulanishi zarur. Agar mazkur ertutashtirgich bo‘lmasa, erga 0,5 m chuqurlikka metall tayoqchani qoqib, unga ulash kerak. Yertutashtirgich moslamasini kondensatni quyish-to‘kish ishlarini tugatmasdan yechib olish mumkin emas.
177. Avtotsisternadan gazkondensatni quyish-to‘kish jarayonida gazkondensat bilan quduqqa ishlov berishni faqat kunduz kuni ochiq olov yo‘qligida o‘tkazish lozim.
178. Quduqqa gazkondensat bilan ishlov berishda gazkondensatni avtotsisternadan bunkyerga va agregatga haydash taqiqlanadi.
179. Elektr isitgichga kiritilgan kabel uchidagi uzel hamda klemmalar (ulangan joylar) kamerasi to‘liq germetiklangan bo‘lishi kerak.
181. Kabel ko‘chma ko‘tarma lebedkaning chambaragiga ravon va izolatsiyasiga putur yetmaydigan qilib o‘ralishi zarur.
182. Kabelni burg‘quduqqa tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi tekshirilishi lozim. Tolasi uzilgan kabelni burg‘quduqqa tushirish mumkin emas.
183. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni haydash tarmoqlariga saqlagich va teskari klapanlarni o‘rnatish lozim.
185. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni burg‘quduqqa haydashda mahsulotning bosimi va haroratini doimiy nazorat qilish lozim. Bosim va harorat loyihada belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
186. Uglevodorodli va azotli suyuqliklar bilan ishlov berilgan burg‘quduqni havo bilan o‘zlashtirish taqiqlanadi.
187. Gidravlik usulda qatlamni yorishda ishlatilayotgan agregatlar va uskunalarning tutun chiqarish quvurlariga uchqunso‘ndirgich moslamalar o‘rnatish zarur.
188. Qatlamni gidravlik usulda yorish qurilmalarini quduq og‘zidan kamida 10 m oralig‘ida o‘rnatish va ular orasidagi masofa kamida bir 1 m bo‘lishi kerak.
189. Mazkur ishlarni bajarayotganda burg‘quduq hududida ochiq olovdan foydalanish yoki burg‘quduqni ishlatish taqiqlanadi.
190. Qatlam ichida yondirishni amalga oshirishda burg‘quduq hududi xavfli hudud hisoblanadi. Bunda “Ehtiyot bo‘ling! Qatlam yondirilayapti” — degan ogohlantiruvchi plakat va ko‘rsatkichlar bilan jihozlanishi kerak.
191. Qatlam ichida yondirish o‘tkazilayotgan uchastkadagi haydash, kuzatish va qazib chiqarish burg‘quduqlarining og‘zini zichlashni ko‘zda tutish zarur.
192. Burg‘quduqlar, o‘lchov qurilmalari va qatlam ichida yondirish ta’sirida bo‘lgan boshqa obyektlari bosim va haroratni masofadan turib boshqarish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
193. Tarkibida vodorod sulfidi mavjud bo‘lgan neft konlarini ishlatishda xavfsiz ish yuritishni ta’minlovchi barcha tadbirlarga qat’iy rioya qilinishi zarur.
195. Bino (xona)lar, ish maydonchalari havosidagi vodorod sulfidining konsentratsiyasini muntazam tekshirib turish maqsadida mazkur joylarga ovozli signal beradigan gaztahlillagichlar va shamol yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatilishi lozim.
196. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi aniqlanganda, xizmat ko‘rsatuvchi xodim zudlik bilan korxona rahbariga, gazdan qutqarish xizmatiga xabar berishi, zaharlanishning oldini olish va avariya vaziyatiga barham berish choralarini ko‘rishi lozim. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi bor joylarga “Olovdan xavfli!”, “Zaharli moddalar!”, “O‘tish va yurish man etiladi!”, “Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi!” degan ogohlantiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi zarur.
197. Burg‘quqduqni ta’mirlashda ajralib chiqayotgan vodorod sulfidi shamollatish agregati yordamida so‘rib olinadi.
198. Rezervuarlar atrofidagi marzalar va to‘siqlar doimo soz va QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq bo‘lishi zarur. Rezervuarlar parki hududiga mexanizatsiyalashgan o‘t o‘chirish vositalarining kirishi uchun maxsus o‘tish joylari qurilishi kerak.
200. Rezervuarlar umumiy hajmining 95 foizigacha neft yoki neft mahsulotlari bilan to‘ldirilishi lozim.
201. Suyultirilgan gazlarga mo‘ljallangan o‘tkazgich quvurlardagi berkituvchi va tartiblovchi uskunalar po‘latdan yasalishi kerak.
202. Rezervuarlar parkidagi barcha o‘tkazgich quvurlar va ularga o‘rnatiladigan gidravlik zatvorlar, marzaning tashqarisidan o‘tishi lozim.
203. Hajmi 50 m3 dan ortiq bo‘lgan rezervuarlarni diametral qarama-qarshi tomonidan kamida ikkita joyini ertutashtirish zarur.
204. Rezervuarlarni ko‘rikdan o‘tkazishda, namuna olishda yoki suyuqlik sathini o‘lchashda uchqun chiqarmaydigan moslamalardan foydalanish kerak.
205. Rezervuarlarga o‘rnatilgan nafas olish armaturalari to‘g‘ri sozlangan va doimo soz holda bo‘lishi kerak. Nafas olish (saqlagich) klapanlarini bahorgi-yozgi mavsumda kamida ikki marta, havo harorati noldan past bo‘lganda — har o‘n kunda bir marta tekshirib turish va ularning natijalarini jurnalda qayd etib borish lozim.
206. Nafas olish armaturalari muzlab qolmasligi uchun rezervuarlardagi klapanlarning membranalari ftorplastik qoplamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
207. Neft va neft mahsulotlarini isitish jarayonini suyuqlik sathi isitgichdan kamida 50 sm yuqorida bo‘lgandagina amalga oshirish mumkin.
208. Rezervuarlardagi qovushqoq neft va neft mahsulotlarini isitishda faqat bug‘li yoki suvli zmeyeviklardan foydalanib, doimiy nazorat qilib turish lozim.
209. Rezervuarlar parki va uning yaqin atrofidagi hududlarda yashinqaytargich, statik elektr hodisasidan va yashinning ikkilamchi namoyon bo‘lishidan saqlovchi qurilmalar o‘rnatilishi lozim.
210. Rezervuarlar parki hududida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi kerak.
211. Rezervuarlar parkiga transport vositalarini faqat rezervuarlar ta’mirlanayotganda korxonaning bosh muhandisining ruxsati bilan kiritish mumkin.
214. Nasos stansiyasining eshik va derazalari tashqariga ochiladigan hamda eshiklari ostonasiz (bo‘sag‘asiz) bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushadigan tirqishlar to‘silmagan bo‘lishi, deraza oynalari va fonarlar tozalab turilishi zarur.
215. Ayvonlarga joylashtirilgan ochiq nasos stansiyalaridagi yon to‘siqlarining yuzasi uning o‘sha yon tomoni poldan tomning yoki nasosxona ayvonining eng yuqori nuqtasigacha hisoblaganda umumiy yuzasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Nasos stansiyalarining yon tomonidagi himoya to‘siqlari yonmaydigan materialdan yasalib, tabiiy shamollatish shartlariga ko‘ra poldan (erdan) kamida 30 sm ko‘tarilib turgan bo‘lishi kerak.
216. Tez alangalanadigan suyuqliklarni haydash (damlash) uchun ikki yonlama, zarur hollarda esa, bir yonlama va qo‘shimcha zichlagichli salniksiz markazdan qochma nasoslar ishlatilishi lozim.
217. Transportirovka qilinayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotini orqaga qarab harakatlanishining oldini olish uchun o‘tkazgich quvurining damlash tarmog‘iga teskari klapan o‘rnatish lozim.
218. Nasoslarning xavfsiz ishlatilishini ta’minlash maqsadida ularni signalizatsiya va blokirovka tizimi bilan jihozlash lozim.
219. Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar qayerga o‘rnatilishidan qat’i nazar, mahalliy va masofadan turib boshqaruvga ega bo‘lishi zarur.
220. Nasoslarning so‘ruvchi va haydovchi tarmoqlarida masofadan turib boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qo‘yuvchi qurilma ko‘zda tutilishi lozim. Masofadan uzib qo‘yadigan moslama har bir muayyan holat uchun o‘tkazgich quvurning diametri va uzunligiga qarab loyihalovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
221. Nasos stansiyasining pollari yonmaydigan va neft mahsulotlari ta’siriga dosh beradigan materiallardan yasalishi lozim. Polda drenaj lotoklari bo‘lib, ular yaxshi yopiladigan lotokning tagi va devorlarini suv va neft mahsuloti o‘tkazmaydigan qilib yasalishi kerak. Lotoklar oqova tizim tomonga gidrozatvor orqali qiyalatib o‘rnatilishi zarur.
222. Nasos stansiyasidagi o‘tkazgich quvurlar lotoklarga joylashtirilishi va devorlar (teshiklari) orqali o‘tgan joylarining zichlagich moslamalarini qo‘llab berkitish lozim.
223. Nasos yoki kompressorning so‘ruvchi va haydovchi o‘tkazgich quvurlardagi berkitish, ajratish va saqlagich qurilmalarini qoida tariqasida, nasos yoki kompressorga yaqinroq, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joyga o‘rnatish kerak.
224. Yonma-yon joylashgan nasoslarning qismlari o‘rtasidagi hamda nasoslar bilan bino devorlari o‘rtasidagi masofa kamida 1 m, ikki qator qilib o‘rnatilganda esa, qatorlar orasi kamida 2 m bo‘lishi lozim.
Nasoslarning qismlari, o‘tkazgich quvurlari va boshqa uskunalar eshikdan kamida 1 m masofada o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
225. Uskunalar va o‘tkazgich quvurlarning 45 °C gacha qiziydigan yuzalari to‘silgan yoki xodimlar tekkanda kuyib qolishining oldini oluvchi izolatsiyalovchi material bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
226. Nasos stansiyasida joylashgan asosiy va yordamchi uskunalar texnologik sxema asosida tartib raqamlar bilan belgilanishi kerak. Tartib raqamlarni ko‘rinarli joyga oq bo‘yoq bilan yozish zarur. Dvigatel bilan nasos o‘rtasida devor bo‘lsa, tartib raqam ham nasosga, ham dvigatelga yoziladi. Nasos agregati bir xonada joylashgan bo‘lsa, raqam faqat dvigatelga yoziladi.
227. Nasos stansiyasidagi asosiy va yordamchi qurilmalar hamda suv ta’minoti, shamollatish, oqova, havo ta’minoti va yong‘in o‘chirish tizimlari bir-biridan farqlanadigan ranglarga bo‘yalishi kerak. O‘tkazgich quvurlarining sirtlarida ularning vazifalari hamda haydalayotgan neft mahsulotining yo‘nalishi ko‘rsatilishi lozim.
228. Dvigatel va nasoslarda, ulardagi aylanma harakatning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi stryelkalar, ishga tushirish qurilmasida esa “Ishga tushirish” va “STOP” yozuvlari bo‘lishi lozim.
229. Nasos stansiyasidagi knopkalar (tugmachalar) va qayta ulagichlar yong‘in va portlashdan himoyalanib hamda nam o‘tkazmaydigan qilib yasalgan bo‘lishi zarur. “Ishga tushirish” knopkasi (tugmachasi) pult yuzasidan 3 — 5 mm pastroq qilib, “STOP” knopka (tugmacha)si esa, qo‘ziqorin shaklida biroz kattalashtirilgan bo‘lib, pult yuzasidan (paneldan) bo‘rtib chiqib turgan bo‘lishi kerak.
230. Har bir nasos agregatiga manometr o‘rnatilishi lozim. Manometrsiz yoki nosoz manometrli nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
231. Nasos agregatida uni erga tutashtiruvchi tizimga ulashga xizmat qiluvchi moslama bo‘lishi, uning ustiga ertutashtirgich belgisi qo‘yilishi lozim.
232. Berk binodagi nasos stansiyalarida majburiy oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bo‘lishi lozim.
233. Nasos stansiyalaridagi moylash vositalarining miqdori sutka ehtiyoji darajasida berkitiladigan metall idishlarda saqlanishi kerak.
234. Artish materiallarini qopqoqli metall qutilarga yig‘ib, keyinchalik qayta ishlatishga tayyorlash yoki yo‘q qilib yuborish mumkin. Moylash vositalarini uzoq muddat saqlashga ruxsat etilmaydi.
235. Nasoslarni ishlatishda podshipniklar va salniklar holatiga alohida e’tibor berish zarur. Podshipniklar yetarli darajada moylangan bo‘lishi lozim va ular 600 S dan ortiq qizib ketmasligi kerak. Podshipniklar haroratini har soatda kamida bir marta tekshirib turish kerak.
236. Nasoslar va o‘tkazgich quvurlarning issiq yuzasiga artish materiallari yoki neft mahsulotlari shimilgan buyumlarni qo‘yish taqiqlanadi.
237. Nasoslarni ishlatishda nasoslar va o‘tkazgich quvurlari germetik bo‘lishi hamda salnikli zichlagichlar va boshqa joylarida neft mahsulotlarini me’yordan ortiq miqdorda sizib chiqish holatlari darhol bartaraf etilishi zarur.
238. Nasos stansiyasidagi barcha uskunalarning ishqalanuvchi detallari o‘z vaqtida moylanishi kerak. Moylash paytida neft mahsulotining sachrab, oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
239. Ishlab turgan nasoslar ish rejimida biror nosozliklar (shovqin, haddan tashqari kuchli tebranish, podshipniklar qizishi, salniklardan neft mahsuloti sizib chiqishi va darzliklar) aniqlanganda, nasoslarning ishlashini darhol to‘xtatish zarur. Nosozlik sabablari aniqlanib, ular bartaraf etilmaguncha nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
240. Nasoslar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish vositalari bo‘lmasa, asbob-uskunalarning ishlashini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur.
241. Nasos stansiyasiga elektr energiyasi to‘satdan kelmay qolganda, dvigatellarni elektr tarmog‘idan tezda uzib qo‘yish kerak.
242. Har bir nasos stansiyasida avariya holati uchun asbob-uskunalar komplekti va akkumulyatorli fonarlar zaxirasi bo‘lishi hamda ular maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
243. Issiqlik almashtirgich o‘rnatilgan maydoncha gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasi tizimiga neftni tushiruvchi ariqchaga ega bo‘lishi lozim. Maydoncha neftni yuvib yuborishga moslashgan va balandligi 0,15 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
244. Haroratning keskin o‘zgarishidan sodir bo‘ladigan zo‘riqish ta’sirida shikastlanishlarning oldini olish maqsadida issiqlik almashtirgichni bir maromda qizdirish va sovutish lozim.
245. Issiqlik almashtirgichning quvurlaridagi va quvurlari orasidagi yonuvchi suyuqliklarni apparat to‘liq sovugandan keyingina chiqarish kerak.
246. Yong‘in sodir bo‘lganda havo bilan sovutish apparatlariga texnologik reglamentlarga mos ravishda operator xonasiga masofadan boshqarish moslamasini o‘rnatish zarur.
247. Forsunka oldidagi maydoncha qattiq qoplamaga va gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasiga ulangan nishabli ariqchaga ega bo‘lishi kerak. To‘kilgan suyuq yonilg‘ini yuvishga mo‘ljallangan suvo‘tkazgich ustuni o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
248. Forsunkalarni yondirishda tez alangalanadigan suyuqliklar shimdirilgan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
goryelkalarning yonishi uchun zarur bo‘lgan bosimni tartibga soluvchi reduktor qurilmasi hamda nazorat-o‘lchov asboblarining avtomatik tizimiga va goryelkalarga kondensat tushishining oldini oluvchi kondensatto‘plagichlar. Reduktor qurilmasi bino tashqarisiga o‘rnatilishi zarur.
250. Avtomatik qurilmalarning avariya signalizatsiya tizimi operator xonasiga ulangan bo‘lishi lozim.
251. Pechlarning bug‘o‘chirish tizimi doimo ishga yaroqli bo‘lishi kerak. Nosoz bug‘o‘chirish tizimini ishlatish taqiqlanadi.
253. Pech o‘chog‘ini bug‘ bilan shamollatmasdan goryelkalarni yondirish taqiqlanadi. O‘chib qolgan goryelkalarni yondirishda qizigan panellar yoki pech o‘chog‘idagi g‘ishtlardan foydalanish taqiqlanadi.
254. Forsunkalarga keladigan gaz quvurlari gazni mash’ala tizimiga chiqaruvchi puflagich tarmoq bilan jihozlanishi kerak.
255. Avariya yoki yong‘in vaziyatlarida neftni to‘kishga mo‘ljallangan qurilmalar soz holatda bo‘lishi lozim. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish tizimining zulfinlariga taniqlik belgilari o‘rnatilgan hamda zulfinlarga olib boradigan yo‘llar to‘silmagan bo‘lishi kerak.
256. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish ishlarini sex, qurilma boshlig‘i yoki avariyani bartaraf etishga javobgar shaxsning ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirish zarur. Mazkur ishlarni bajarish tartibi maxsus yo‘riqnomalarda nazarda tutilishi lozim.
257. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish sig‘imiga pechdagi issiq suyuqlikni to‘kishdan oldin, undagi suv va mahsulotlar qoldig‘ini chiqarib tashlash hamda kondensatdan tozalangan suv bug‘i bilan bug‘lash kerak. Bug‘o‘chirish qurilmasini masofadan turib ishga tushirish zarur.
258. Qo‘shaloq kameralardagi pech forsunkalari oldida yong‘in ro‘y berganda, o‘choqdagi va mo‘ridagi qurum yona boshlaganda bug‘o‘chirish tarmog‘i orqali bug‘ yuborish va yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirish kerak.
259. Quvursimon pechlarni ishlatganda uning quvurlari holatini nazorat qilish lozim. Quvurlarda bo‘rtib chiqish hamda yemirilish chegarasi ruxsat etilgan me’yordan oshgan holatlarda pechni ishlatish taqiqlanadi.
260. Pech zmeyeviklariga va boshqa qurilmalarga bug‘ uzatuvchi quvurlarda kondensatni to‘kib olish qurilmasi bo‘lmasa, ularni ishlatish taqiqlanadi.
261. Pechlarni isitish tizimi goryelkalarga suyuq yoki gazsimon yonilg‘ining kelishi to‘xtaganda yoki tarmoqdagi bosim belgilangan me’yordan pasayganda signal beruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
262. Pechlarda alanga o‘chib qolganda forsunkalarga yonilg‘i kelishini avtomatik tarzda to‘xtatuvchi hamda pechdagi harorat o‘zgarganda signal beruvchi moslamalar o‘rnatilishi zarur.
263. O‘tkazgich quvurlardagi mahsulot turiga ko‘ra GOST 12.4.026-76 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq ravishda taniqli bo‘yoq va raqamli belgilariga ega bo‘lishi kerak.
264. Rezervuarlarni apparaturalar, qurilmalar va boshqa inshootlar bilan bog‘lovchi barcha o‘tkazgich quvurlar uchun texnologik sxema tuzilgan bo‘lishi lozim. Mazkur sxemaga ko‘ra, har bir o‘tkazgich quvurda muayyan belgi, berkitish armaturalari esa raqamlangan bo‘lishi zarur.
265. Neft o‘tkazgichlarni puflash va mustahkamlikka sinash, germetikligini tekshirish ishlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, texnika va yong‘in xavfsizligiga doir tadbirlar nazarda tutilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshirish lozim.
266. Zulfinlar, jo‘mraklar va o‘tkazgich quvurlardagi boshqa berkitish qurilmalari doimo ishga yaroqli, qulay ishlatiladigan, o‘tkazgich quvurning ayrim uchastkalariga neftning borishini kafolatli to‘xtatib oladigan bo‘lishi kerak.
267. Neft o‘tkazgichlarda hosil bo‘lgan tiqinlarni bartaraf etishda uchqun chiqaruvchi po‘lat tayoqchalar yoki boshqa moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
268. Zulfinlar va jo‘mraklar oson va ravon ochilishi va yopilishi kerak. Ularni ochish yoki yopishda lom, quvurlar va boshqa asboblarni qo‘llash taqiqlanadi.
269. Flanetsli ulanmalardagi qistirmalar yuqori haroratda buzilmaydigan va shaklini o‘zgartirmaydigan materialdan yasalishi lozim.
271. Avariya vaziyatlarida mahsulotni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan quvurlarni ishga tushirishdan oldin hamda ishlatganda vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim.
272. Texnologik o‘tkazgich quvurlarda hosil bo‘lgan teshikchalarni darhol bartaraf etish zarur. Ularni xomutlar bilan berkitish taqiqlanadi.
273. O‘tkazgich quvurlar va zulfin uzellarini qizdirishda faqat bug‘, issiq suv yoki qizdirilgan qum, shuningdek portlashga xavfsiz qilib ishlangan elektr qizdirish uskunalaridan foydalanish lozim.
274. Temir yo‘lning quyish-to‘kish estakadalari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq joylashishi, temir yo‘l relsidan estakadagacha bo‘lgan oraliq masofa GOST 9238-83 “Inshootlar va temir yo‘l harakatlanuvi tarkib izlarining yaqinlashish gabaritlari 1520 (1524) mm” talablariga mos holda bo‘lishi lozim.
275. Neft mahsulotlarini ortish yoki tushirish uchun keltirilayotgan temir yo‘l vagon-tsisternalar maxsus kompozitsion tormoz kolodkalari bilan jihozlanishi kerak. Neft mahsulotini quyish paytida temir yo‘l vagon-tsisternalarining toshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
276. Neft mahsulotlarini temir yo‘l vagon-tsisternalariga quyish-to‘kishda ularni temir yo‘l omborlari, turg‘un inshootlar, asosiy (magistral) yo‘llar, yuk ortish-tushirish umumiy joylari hamda turar joylardan kamida 100 m masofada joylashtirish zarurligini inobatga olish shart.
Temir yo‘l vagon-tsisternalariga tez alangalanadigan suyuqliklarni quyishda uni bir maromdagi oqim bilan tsisterna ichidagi suyuqlikning sathidan pastga quyish zarur.
Neft va neft mahsulotlarini erkin tushirib (oqizib) quyish mumkin emas. Quyish moslamasining uchi vagon-tsisternaning tubidan 20 sm balandlikda o‘rnatilishi kerak.
277. Avariya vaziyatlarida nosoz temir yo‘l vagon-tsisternalarni neft mahsulotlaridan bo‘shatish uchun maxsus jihozlangan joy ajratilishi lozim. Avariya sharoitlari asoslangan hamda quyish-to‘kish estakadasi maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lsa, nosoz temir yo‘l vagon-tsisternalardagi neft mahsulotlarini bevosita estakadaning o‘zida bo‘shatishga ruxsat etiladi.
278. Drenaj idishida to‘plangan iflos neft mahsulotlarini ajratuvchi idish-rezervuarlarga yoki ishlatilgan neft mahsulotlari saqlanadigan idish-rezervuarga yo‘naltirish kerak.
280. Temir yo‘l vagon-tsisternalariga neft mahsulotini quyish paytida temir yo‘l estakasi atrofidagi 100 m radiusli hududda barcha ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi zarur.
sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan (portlashdan himoyalanmagan) ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlarni va chiroqlarni ishlatish;
282. Temir yo‘l estakadasi bo‘ylab temir yo‘l vagon-tsisternalarining har qanday harakati neft mahsuloti quyish-to‘kish (sexi) uchastkasi operatori uning ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilishi kerak.
283. Bevosita yashin urishidan va statik elektr hodisasi tufayli buzilish, alangalanish va portlashdan odamlarni, bino, inshoot va uskunalarni saqlash maqsadida yashin qaytargich o‘rnatilishi lozim.
284. Yashin hodisasining ikkilamchi namoyon bo‘lishi va statik elektr razryadlaridan himoyalash maqsadida barcha metall apparaturalar, rezervuarlar, gazgolderlar, neft o‘tkazgichlar, quyish-to‘kish qurilmalari, bino ichida yoki tashqarisida joylashgan qurilmalar, tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar ertutashtiruvchi qurilmaga yoki bino va inshootning temir-beton poydevoriga ulangan bo‘lishi kerak.
285. Yashinqaytargichning ertutashtirish qismi boshqa ertutashtirgichlardan alohida bo‘lishi kerak. Yashinqaytargichlarning ertutashtirish moslamalari sifatida ishlab chiqarishning o‘tkazgich quvurlaridan foydalanish taqiqlanadi.
286. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlar, tsisternalar va idishlarning to‘kish quvuri orqali quyish kerak. Bunda to‘kish quvuri rezervuardagi suyuqlikning o‘lik qoldiq sathidan pastroqda bo‘lishi lozim.
287. Avtotsisternalar va temir yo‘l tsisternalaridan tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni quyish-to‘kishda ular ertutashtirilishi zarur. Yertutashtiruvchi o‘tkazgich sifatida ko‘ndalang kesimi kamida 16 mm bo‘lgan, ko‘p tolali, egiluvchan mis tok o‘tkazgichlardan foydalanish lozim. Mazkur tok o‘tkazgichlarni avtotsisternalarga va temir yo‘l tsisternalariga yaxshi kontakt hosil qiluvchi boltlar yordamida ulash kerak. Yertutashtirgich nosoz bo‘lganda quyish-to‘kish ishlari to‘xtatilishi hamda nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
289. Yong‘in va portlashdan xavfli hududlar hosil qiluvchi hamda yonuvchi gazlar, suyuqliklar yoki qattiq moddalari mavjud bo‘lgan ShNQ 2.01.19-09 “Portlash-yong‘in va yong‘indan xavfli bino, inshootlar va tashqi qurilmalarning toifalarini aniqlash” talablariga mos ravishda mansub binolar va inshootlar hamda tashqi qurilmalar va estakadalardagi, shuningdek texnologik uskunalar, apparatlar, rezervuarlar, havo o‘tkazgichlar va o‘tkazgich quvurlarning ertutashtirish qurilmasi nosoz bo‘lganda ularni ishlatish taqiqlanadi.
290. Barcha olovli ishlar faqat ish joylari va apparatura (payvandlash agregatlari, shlanglar, kavsharlash lampalari va shunga o‘xshashlar) diqqat bilan tayyorlangandan keyin, shuningdek qurilmalar, rezervuarlar va quvurlar tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklardan, turli moddalarning bug‘i va changlaridan, shuningdek 5 m dan kam bo‘lmagan radiusda yonuvchi suyuqliklardan tozalangandan keyin o‘tkazilishi kerak.
291. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va gazlar solingan rezervuarlarning (tsisternalar, baklar, resiverlar va shunga o‘xshashlar) ustida yoki ularning ichida va quvurlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin, ular barcha kommunikatsiyalardan uzib (o‘chirib) qo‘yilishi va quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
eng yaqin joylashgan surilma qopqoqlar yoki shiberlarni yopish, qulflab berkitish va plakatlarni osish;
barcha lyuklar va tuynuklarni ochish. Zarur bo‘lgan hollarda vaqtinchalik mahalliy ventilatsiyani (ayniqsa rezervuarlarda) o‘rnatish nazarda tutilishi zarur.
yangi bo‘yalgan konstruksiyalarda va boshqa buyumlarda bo‘yoq butunlay qurigunga qadar ishlarni olib borish;
payvandlangan simlarni umumiy oqimlarda o‘tkazish yoki kabel trassalarini, shuningdek yonuvchi gaz va suyuqliklar mavjud bo‘lgan quvurlarni kesib o‘tish. Kabel trassalarini yoki ko‘rsatilgan quvurlarni kesib o‘tish zarur bo‘lganda, payvandlangan simlarning izolatsiyasi kuchaytirilishi va ular izolatsiya qilingan materialda o‘tkazilishi kerak;
yonuvchi hamda zaharli moddalar bilan, shuningdek bosim ostidagi yonmaydigan suyuqlik va gazlar, bug‘lar va havo bilan to‘ldirilgan apparatlarni va quvurlarni (gaz quvurlaridan tashqari), shu jumladan kuchlanish ostidagi elektr uskunalarni payvandlash, kesish, kavsharlash yoki qizdirish;
maxsus kiyim va poyabzalsiz, shuningdek himoya ko‘zoynaklarisiz (yoki himoya niqobisiz) elektr va gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishga kirishish.
293. Yonuvchi suyuqlikni to‘kish estakadalaridan 5 m dan yaqin masofada bajariladigan olovli ishlar, yong‘in-texnik mahsulotlarini tayyorlanishi, zarur bo‘lgan yong‘inga qarshi va texnik tadbirlarni bajarilishi hamda tegishli ruxsatnoma (naryad) rasmiylashtirilgandan keyin olib borilishi zarur. Ishlash zonasida to‘kish estakadasi suyuqlik, yonuvchi material qoldiqlaridan tozalangan va uchqun uchishiga qarshi choralar ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
294. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar (masalan, mazutli rezervuarlarda) saqlanadigan rezervuarlardan 10 m yaqinida yoki bevosita rezervuarlarni o‘zida payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarishga, ishlash uchun tegishli ruxsatnoma (naryad) rasmiylashtirilishi; yong‘inga qarshi tadbirlar bajarilishi; ishlash zonasida yo‘l qo‘yilishiga ruxsat etilgan konsentratsiyani aniqlash uchun havo muhiti tahlil qilinishi; texnologik qurilmalarning lyuklari va boshqa teshiklari uchqun tushishi va suyuqlik bug‘laridan (ko‘rsatilgan masofa chegarasida) himoyalangandan keyin ruxsat beriladi.
295. Neft sanoati korxonalarining yonilg‘i uzatish traktlarida ishlashga ruxsat berish va olovli ishlar, uskunalarning to‘xtatilishi, yong‘in-texnik mahsulotlarining tayyorlanishi, qurilish konstruksiyalari, uskunalar, pol yonilg‘i kukuni va changidan tozalangandan keyin amalga oshiriladi. Barcha teshik va tuynuklar berkitilgan bo‘lishi, shuningdek qiya galereya, konveyer tasmasi bo‘ylab va pastdagi belgilarda uchqunning har tomonga uchishiga qarshi choralar ko‘rilgan bo‘lishi shart.
Payvandlashdan oldin va keyin radius bo‘ylab 10 m dan kam bo‘lmagan ish zonasi (qurilish konstruksiyalari, pol va namdan himoyalangan uskunalar ham) katta miqdordagi suv bilan yuvilishi shart.
296. Elektr payvandlash simlarining (kabellari) kesimlari va izolatsiyasi tok va kuchlanishning maksimal kattaligiga mos ravishda qo‘llanishi kerak.
297. Kesimi maksimal payvandlash tokiga to‘g‘ri kelishi sharti bilan, po‘lat tasmalar, payvandlash plitalari, payvandlash konstruksiyasining o‘zi qaytuvchi sim sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bu shartni bajarish mumkin bo‘lmaganda – payvandlash bir xil kesimli va izolatsiyali ikkita simlarni (keluvchi va qaytuvchi) qo‘llab amalga oshirilishi zarur.
Qaytuvchi sim sifatida ichki temir yo‘llari, nollash tarmog‘i, texnologik qurilmalar va quvurlardan foydalanish taqiqlanadi.
298. Payvandlash agregatlarining alohida qismlarining (transformatorlar, podshipniklar, chyotkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va shunga o‘xshashlar) qizish harorati 75 °C dan oshmasligi shart. Yuqori harorat aniqlanganda, agregat darhol to‘xtatilishi (o‘chirilishi) shart va qizish sabablari aniqlanadi. Payvandlash agregatlari (transformatorlar) noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinganda, ularning o‘zlari yong‘inga sabab bo‘lishlari mumkin.
299. Neft sanoati korxonalarining yonilg‘i uzatish traktlarida payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) ochiq holda o‘rnatish taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlari olib borilayotganda payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) yonmaydigan, zich berkitiladigan shkaflarda o‘rnatish mumkin. Mo‘ljallangan ishlar tugagandan keyin payvandlash apparatlari doimiy saqlash joylariga olib chiqilishi zarur.
300. Yonuvchi suyuqlikni qo‘llab kavsharlash va boshqa olovli ishlar olib borilganda, yonilg‘ining faqat sutkalik zaxirasini yopiq va sinmaydigan idishlarda, ish joyidan 10 m dan kam bo‘lmagan masofada saqlashga ruxsat beriladi. Kavsharlash lampalariga, yonuvchi materiallar va qurilish konstruksiyalaridan 3 m dan kam bo‘lmagan masofada, yonuvchi suyuqlikni quyishda xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, shuningdek ishchi bochkalarning nominal bosimida yonilg‘i quyish va olov yoqish mumkin. 3 litr dan ortiq bo‘lgan rezervuarlar (kichkina baklar) manometrga ega bo‘lishi kerak.
301. Har bir kavsharlash lampasi va suyuq yonilg‘i bilan olovli ishlar olib boriladigan boshqa apparatlar tartib raqamiga va pasportga ega bo‘lishi, har yili texnik shartlarga muvofiq bosim ostida sinovlardan o‘tkazilishi zarur.
302. Suyuq yonilg‘ida ishlaydigan apparatlar portlab ketishining oldini olish uchun quyidagilar taqiqlanadi:
kichkina baklarda va keltiruvchi shlanglarda bosimni ko‘paytirish va ruxsat etilgan qiymatdan yuqori bosimda ishlash;
apparatlar ishlab turganda yoki sovumagan goryelkada yonilg‘i to‘ldirish yoki mayda ta’mirlash ishlarini bajarish;
304. Gaz ballonlari, shuningdek yonuvchi suyuqlik solingan apparatlar isitish asboblaridan hamda issiqlikni tarqatish manbai va ochiq olovli o‘choqlardan 5 m dan yaqin bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi shart.
305. Gaz ballonlarini uzoq masofaga tashish va saqlash uchun faqat ularning bo‘yniga saqlash qopqoqlari burab kirgizilishi sharti bilan ruxsat beriladi. Ballonlar payvandlash joylariga maxsus aravachalar, zambillar, chanalar va boshqa qurilmalarda olib kelinadi. Ballonlarni yelkada va qo‘llarda tashish taqiqlanadi.
306. Ballonlarga, ularni shikastlanishga olib keladigan zarbalar berish va mexanik ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.
307. Bitumni isitish uchun qurilma (qozonlar) maxsus jihozlangan maydonchalarda, yonuvchi materiallar, binolar va inshootlardan kamida 50 m masofada o‘rnatilishi kerak.
309. Bitumli qozonlar ishlaganda uning atrofida kamida 2 m masofada yonuvchi chiqindilar va quruq bitum bo‘lmasligi kerak.
310. Bitumni isitish uchun gazsimon yonilg‘idan foydalanilganda, yonilg‘ili ballonlarni shamollatiladigan metall shkaflarda ikkitadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak.
311. Ishlayotgan bitumli qozonlarni nazoratsiz qoldirish, shuningdek issiq bitum massasiga suvning tushishi taqiqlanadi. Ish smenasi tugagach, qozonning o‘choqlari o‘chirilishi va unga suv sepilishi lozim.
312. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
313. Belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
314. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan ShNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
315. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
316. Ishlab chiqarish binolari va xonalari yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
317. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
318. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
319. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
320. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
321. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
322. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
323. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
324. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi zarur.
325. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi lozim.
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
327. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
328. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
330. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
331. Kabellar va elektr simlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari yordamida tekshirib turilishi kerak.
332. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va erga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
334. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki erga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno.
336. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim.
337. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi shart.
338. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
339. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
340. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(340-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
341. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.