Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2013 13.02.2003 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2013
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA UNING MABLAGʻLARINI JAMGʻARISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TASDIQLASH HAQIDA” 1997-YIL 25-OKTABRDAGI 486-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini toʻlaroq shakllantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish Tartibi 5-bandining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Soliq toʻlovchi fermer xoʻjaliklari Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlarni yagona yer soligʻi toʻlash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlaydilar. Ular davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadigan yagona yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarda Jamgʻarmaga badal sifatida toʻlanishi kerak boʻlgan 2,5 foiz miqdoridagi mablagʻlar alohida satrda aks ettiriladi. Fermer xoʻjaliklari yagona yer soligʻi jami summasini bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs hisoblanadigan soliq toʻlovchi dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini fermer xoʻjaliklari kabi, mablagʻlarni bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga oʻtkazgan holda toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan soliq toʻlovchi dehqon xoʻjaliklari oʻzlari egallab turgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini va Jamgʻarmaga ajratmalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan, maxsus tranzit hisob raqami koʻrsatilgan holda yoziladigan toʻlov bildirishnomalari asosida toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushgan yer soligʻi va yagona yer soligʻi summasining bir qismi (yer soligʻining 5 foizi va yagona yer soligʻining 2,5 foizi) belgilangan normalarga muvofiq Jamgʻarmaning tegishli hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi hamda fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi tushumlaridan Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tegishli ravishda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan yer va yagona yer soliqlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibiga taalluqli normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 13-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
13-fevraldagi 76-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi hamda fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi tushumlaridan Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularning mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlashdagi rolini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmoni 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va dehqon xoʻjaliklaridan (yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs boʻlmagan) undiriladigan yer soligʻi tushumlaridan hamda fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi tushumlaridan Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ajratmalarni amalga oshirish tartibini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yer va yagona yer soligʻini (toʻlovchilar tomonidan) hisoblab chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan yer soligʻini oʻtkazish va taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dehqon xoʻjaliklari (yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs boʻlmagan) tomonidan toʻlangan yer soligʻi hisoblab chiqarilgan summada (100%) “Yer va yagona yer soliqlari boʻyicha respublika budjeti daromadlari”ning 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga ushbu soliqlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslardan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun (yuridik shaxs boʻlgan dehqon xoʻjaliklari uchun) va jismoniy shaxslardan (yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaliklari uchun) yer soligʻi toʻlash uchun Davlat budjeti daromadlari budjet klassifikatsiyasiga muvofiq alohida belgilanadigan tegishli boʻlimlar va paragraflarga muvofiq boʻlgan shartli hisob raqamlari bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dehqon xoʻjaliklari (yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs boʻlmagan) tomonidan yer soligʻi toʻlovidan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga (tegishli shartli hisob raqamlari bilan) tushgan mablagʻning 5% miqdoridagi qismi dasturli yoʻl bilan avtomatik ravishda Jamgʻarmaning 20205-son maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Summaning ajratilgandan keyin qolgan qismi (95 foizi — hisoblashda 100 foiz deb qabul qilinadi) dasturli yoʻl bilan avtomatik rejimda boʻlinadi va 23402-son balans hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar uchun undirilgan yer soligʻi tushumlarini hisoblash uchun joriy etilgan boʻlim va paragrafga muvofiq boʻlgan shartli hisob raqami bilan yozib qoʻyish va keyinchalik har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar normativlariga binoan tegishli budjetlar hisob raqamlariga ajratish uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻini oʻtkazish va taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlangan yagona yer soligʻi hisoblab chiqarilgan summada (100%) “Yer va yagona yer soliqlari boʻyicha respublika budjeti daromadlari”ning 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yagona yer soligʻi tushumlarini hisobga olish uchun joriy etilgan Davlat budjeti daromadlari budjet klassifikatsiyasi boʻlimi va paragrafiga muvofiq boʻlgan shartli hisob raqami bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yagona yer soligʻi toʻlovidan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga (tegishli shartli hisob raqamlari bilan) tushgan mablagʻning 2,5% miqdoridagi qismi dasturli yoʻl bilan avtomatik rejimda Jamgʻarmaning 20205-son maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklariga ularning yagona yer soligʻini transhlar boʻyicha toʻlashi uchun mablagʻlar summasini yoʻnaltirish ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Summaning ajratilgandan keyin qolgan qismi (97,5 foizi — hisoblashda 100 foiz deb qabul qilinadi) dasturli yoʻl bilan avtomatik rejimda boʻlinadi va 23402-son balans hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar uchun undirilgan yagona yer soligʻi tushumlarini hisoblash uchun joriy etilgan boʻlim va paragrafga muvofiq boʻlgan shartli hisob raqami bilan, yozib qoʻyish va keyinchalik har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar normativlariga binoan tegishli budjetlar hisob raqamlariga ajratish uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Hisobga olish va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Respublika budjeti daromadiga toʻlangan yer va yagona yer soliqlari summasining toʻgʻri taqsimlanishi va Jamgʻarmaga ajratmalarning toʻgʻriligini nazorat qilish joylardagi tijorat banklarining tegishli muassasalariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Joylardagi soliq organlari dehqon xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan yer soligʻidan Jamgʻarmaga mablagʻni toʻgʻri ajratish maqsadida yer soligʻi toʻlovi boʻyicha toʻlov bildirishnomalari va kvitansiyalariga “dehqon xoʻjaligi” deb yozib qoʻyishadi. Yer soligʻi summasi uchastka inspektorlari tomonidan olingan taqdirda dehqon xoʻjaliklari tomonidan toʻlangan yer soligʻi summasi bank muassasasiga alohida vedomost boʻyicha topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Soliq organlarining “1-N” shakli boʻyicha har oydagi hisobotlarida faqat yer va yagona yer soliqlarining boʻlinish natijasida 23402-son balans hisob raqamiga haqiqiy tushgan summasi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Joylardagi moliya organlari buxgalteriyalari oylik (shifrli), choraklik va yillik hisobotlarda faqat mahalliy budjetlar hisob raqamlariga 23402-son balans hisob raqamlari orqali haqiqiy tushgan summani aks ettirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jamgʻarmaning 20205-son maxsus hisob raqamiga tushgan yer va yagona yer soligʻi summasi Jamgʻarmaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma tegishli ravishda dehqon va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan (5% va 2,5%) yer soligʻi va yagona yer soligʻi tushumlarini, keyinchalik hisob-kitob raqamiga oʻtkazish uchun, avtonom rejimda boʻlish imkonini beradigan tijorat banklari uchun maxsus dastur xarajatlarini qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan yer va yagona yer soliqlari belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda soliq organlari tomonidan inkassa topshiriqnomalari yuboriladi. Bunda undiriladigan soliqlar (dehqon xoʻjaliklaridan 5 foizni va fermer xoʻjaliklaridan 2,5 foizni qoʻshgan holda) jami summasiga yozilgan penya hisobga olinadi, ushbu summalar dasturli yoʻl bilan avtomatik rejimda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun, soʻngra esa tegishli shartli hisob raqamlari bilan dasturli yoʻl bilan avtomatik rejimda 23402-son hisob raqamiga boʻlish uchun tegishli shartli hisob raqamlari bilan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 28-modda)