OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2181-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 22-iyundagi 01/16-1-10/29, 319-V-03, 22-sonli “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2181-3, 11.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-sonli “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2181, 2011-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 1-2-son, 18-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-aprel,
01/22-26/14-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-aprel,
7/8-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 10-aprel,
63-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 10-apreldagi 01/22-26/14, 7/8, 63-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasidagi “Respublikasi Monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Respublikasi Monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xaridor — auksion va tanlov savdolari natijalariga koʻra investitsiya majburiyatlari evaziga iqtisodiy nochor korxonani (bundan buyon matnda bankrot-korxona deb yuritiladi) sotib olish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzgan tijorat banki;”;
oltinchi xatboshidagi “Sotib oluvchiga” degan soʻzlar “xaridorga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiyalash obyekti — bankrot-korxona yoki uning mol-mulki negizida tijorat banklari (ishlab chiqarishni tashkil qilish va yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan) tomonidan yangi tashkil qilinayotgan yuridik shaxs.”;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sotib oluvchilar” degan soʻzlar “Xaridorlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “grafigiga” va “Sotib oluvchi” degan soʻzlar tegishincha “jadvaliga” va “xaridor” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Sotib oluvchilar” degan soʻzlar “xaridorlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Xaridor shartnomaga asosan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan maʼlumotni har oyda mazkur Nizomning 1-ilovasiga, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan choraklik hisobotni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq, agar shartnomada boshqacha qoida koʻzda tutilmagan boʻlsa, hisobot va maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmasdan Komissiyaning Ishchi organiga taqdim etadi.
Shartnomada investitsiyalash obyektida yangi ish oʻrinlari yaratish nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi choraklik hisobot, agar shartnomada boshqacha qoida koʻzda tutilmagan boʻlsa, hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmasdan taqdim etib boriladi. Investitsiyalash obyektidagi mavjud ish oʻrinlari soni shartnomani tuzish vaqtida davlat soliq xizmati organlariga oxirgi hisobot davrida taqdim etilgan hisobotlar asosida Komissiyaning Ishchi organi tomonidan tasdiqlanadi.”;
g) 4-banddagi “Sotib oluvchi” degan soʻzlar “xaridor” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sotib oluvchi” degan soʻzlar “Xaridor” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “investitsiyalash obyektiga investitsiyalar kelib tushgan” degan soʻzlar “investitsiyalar investitsiyalash obyektining hisobiga (balansiga) olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “investitsiyalarning kelib tushishi” degan soʻzlar “investitsiyalar investitsiyalash obyektining hisobiga (balansiga) olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “yuqorida” degan soʻz “shartnomada (investitsiya majburiyatlarini bajarish jadvalida)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Sotib oluvchi” va “bajarilganligini” degan soʻzlar tegishincha “Xaridor” va “shartnoma shartlariga muvofiq bajarilganligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ishchi guruh majlisida xaridorning vakili ishtirok etishga haqlidir.”;
z) 9-bandda:
“investitsiya obyektiga” degan soʻzlar “investitsiyalash obyektiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiyaning Ishchi organi Ishchi guruh bilan kelishgan holda, xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholash, auditor, moliya, konsalting tashkilotini va shu kabilarni) jalb etishi mumkin.”;
i) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Agarda Komissiya tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda bajarilgan deb eʼtirof etilsa, Komissiya investitsiyalash obyektiga bankrot-korxona yoki uning mulkiga nisbatan mulk huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Komissiyaning Ishchi organiga xaridorning investitsiyalash obyektiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.”;
k) 12-banddagi “uch” va “Sotib oluvchi, investitsiya obyekti” degan soʻzlar tegishincha “besh” va “xaridor, investitsiyalash obyekti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 13-banddagi “Sotib oluvchi shartnoma” va “Sotib oluvchi javobgar” degan soʻzlar tegishincha “Xaridor shartnoma” va “xaridor javobgar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 14-bandda:
birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Sotib oluvchi” va “Sotib oluvchiga” degan soʻzlar tegishincha “xaridor” va “xaridorga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shartnomada nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin uch oy mobaynida xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarining navbatdagi qismi shartnomada nazarda tutilgan hajmda kiritilmagan hollarda, belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.”;
n) quyidagi mazmundagi 15 va 16-bandlar bilan toʻldirilsin:
“15. Shartnomada koʻrsatilgan investitsiya majburiyatlarining bajarilish muddati tugagandan keyin uch oy davomida xaridorning shartnoma muddatini uzaytirish boʻyicha asoslangan yozma murojaati kelib tushgan taqdirda, ushbu yozma murojaat Ishchi guruh tomonidan bir hafta muddat ichida koʻrib chiqiladi va xulosa tayyorlanadi va Komissiyaga tegishli qaror qabul qilishi uchun taqdim etiladi. Komissiya tomonidan shartnoma muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik toʻgʻrisidagi qaror bir oydan ortiq boʻlmagan muddat ichida qabul qilinadi.
16. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.”;
o) 1-ilovaning 4-ustunidagi “Sotib oluvchi” degan soʻzlar “Xaridor” degan soʻz bilan almashtirilsin;
p) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 3-ilova bilan toʻldirilsin.
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bankrot-korxonada yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisida
HISOBOT
| | | | | |
___________ holatiga | ||
| T/r | Obyekt nomi | Bank nomi | Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati | Joriy yilning boshidan yaratilgan ish oʻrinlari | Yaratilgan yangi ish oʻrinlarining ___ dagi choraklik holati | ||
| jadval boʻyicha | haqiqatda | jadval boʻyicha | haqiqatda | ||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| |
Tijorat banki rahbari |
_____________ |
________________ | ||||
| | | | | (imzo) | (F.I.O.)”. | ||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 230-modda)