Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 27.03.2014 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalarni tiklash, modernizatsiyalash va faoliyatini rivojlantirish hamda ularni potensial investorlarga sotish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, tiklangan korxonalarni belgilangan tartibda bir necha marta kim oshdi savdolariga va tanlovlarga qoʻyish, shu jumladan ularni yangi investorlarga sotish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish kutilgan natijalarni bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini kengaytirishni yanada ragʻbatlantirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash hamda iqtisodiyot tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek tijorat banklari balanslariga qabul qilingan korxonalarni kelgusida sotish uchun investorlarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tijorat banklarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarni yoki tijorat banklarining ularning ustav fondlaridagi ulushlarini, shuningdek qarzdorlarning majburiyatlari boʻyicha tijorat banklari tomonidan ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha undirilgan mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) kimoshdi savdosiga qoʻyish va kimoshdi savdosi boʻlmagan deb eʼlon qilingan taqdirda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan bozor qiymati boʻyicha sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi boʻlmagan deb eʼlon qilingan va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish natijalari boʻyicha investorlar tomonidan qiziqish boʻlmagan taqdirda — obyektlarni ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda bozor qiymatini bosqichma-bosqich 10 foizga pasaytirish (biroq ular bozor qiymatining 50 foizidan ortiq emas) mexanizmini qoʻllagan holda aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki tijorat banki kengashining qarorlari boʻyicha keyinchalik sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan sotiladigan barcha korxonalar, shu jumladan toʻqimachilik korxonalari, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, qarzdorlarning majburiyatlari boʻyicha undirib olingan mol-mulk boʻyicha sotib olish toʻlovlarini bir yoʻla yoki sotib olish summasining qoldigʻiga foizlar hisoblamasdan boʻlib-boʻlib toʻlashni, shuningdek sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangunga qadar obyektni oʻzgaga berish va uchinchi shaxslarga garovga (ipotekaga) qoʻyish huquqisiz (sotuvchi — tijorat banki bundan mustasno) amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlariga yoki tijorat banklari kengashlariga obyektlar sotilgandan keyin obyektlarning balans qiymati va olingan sotib olish toʻlovlari summasi, shuningdek tijorat banklarining talablari oʻrtasidagi salbiy tafovutni balansdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda obyektlarni ushbu qarorning 1-bandi shartlariga muvofiq ilovaga binoan sotishni nazarda tutuvchi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 27-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 152-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/104/0787-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)