Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.07.2018 04.03.2014 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.07.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 497-sonli “Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fuqarolar va ularning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faolligini, aholining oʻzaro hamjihatligini oshirish, ularning jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi ishtiroki hamda ushbu sohada huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining lavozim maoshlariga teng miqdorda lavozim maoshlari belgilanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki ishlar vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda bir oy muddatda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbariga beriladigan guvohnoma va koʻkrak nishonining namunaviy shakllari hamda ularni berish tartibi toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik tuzilmasi deb ataladi) asosiy vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, Jamoatchilik tuzilmasi rahbari va aʼzolarining vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamoatchilik tuzilmasi mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarda ogohlik va faollikni oshirish, huquq-tartibotni mustahkamlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan davlat organlari oʻrtasidagi hamkorlikdagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida barcha fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamoatchilik tuzilmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga, fuqarolar yigʻini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamoatchilik tuzilmasi faoliyati ixtiyoriylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, qonuniylik, jamoatchilik yoʻli bilan oʻzaro yordam koʻrsatish tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamoatchilik tuzilmasi rahbariga tegishli fuqarolar yigʻini raisining lavozim maoshiga teng miqdorda maosh belgilanadi hamda ularning taʼminoti uchun zarur boʻlgan mablagʻlar mahalliy budjet hisobidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fuqarolar yigʻini raisi va ichki ishlar organlarining hududiy profilaktika inspektori Jamoatchilik tuzilmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Jamoatchilik tuzilmasining asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Jamoatchilik tuzilmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining quyi tizimlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolar faolligini oshirish ishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholida, birinchi navbatda, yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolar yigʻinlarida huquqiy tarbiya va huquqiy targʻibot ishlarini tizimli amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqimiz maʼnaviyatiga zid boʻlgan turli salbiy taʼsirlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda qaror topgan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik natijasida aholi farovonligi taʼminlanayotganligi, bu borada oʻzining faol ishtiroki bilan munosib hissa qoʻshish har bir fuqaroning vatanparvarlik va fuqarolik burchi ekanligini tushuntirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini hududidagi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlari talablari, umumdavlat hamda hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash va ushbu jarayonda keng jamoatchilik koʻmagini shakllantirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamoatchilik tuzilmasi huquqni muhofaza qilish organlarining quyidagi yoʻnalishlardagi faoliyatida bevosita ishtirok etadi va yordam koʻrsatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bu borada aholi bilan turli profilaktika tadbirlari oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan pasport tizimi, sanitariya, ekologiya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tegishli hududda tushuntirish ishlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qoʻyganlarni, oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarliklar sodir etuvchilarni, oʻzlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan farzandlari tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan ota-onalarni, notinch oilalarni, voyaga yetmaganlarni turli huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslarni, yoshlar ongini zaharlab, ularni turli diniy ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga olish maqsadida bunday tashkilotlarga aʼzo boʻlishga daʼvat etuvchi, turli noqonuniy targʻibot va tashviqot ishlari olib boruvchi shaxslarni, oʻsmirlarga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim beruvchilarni, konstitutsiyaviy tizimga qarshi turli axborotlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqaddam sudlangan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-oktabrdagi 805-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/805/0073-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamoatchilik tuzilmasi oʻz vazifalarini amalga oshirishda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamoatchilik tuzilmasi tabiiy ofatlar, ommaviy tartibbuzarliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlashda, favqulodda vaziyat xavfi tugʻilganda aholini oʻz vaqtida xabardor etishda, aholi oʻrtasida bunday vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishni targʻib qilishda va ushbu holatlarni bartaraf etishda tegishli davlat organlariga yaqindan yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Jamoatchilik tuzilmasini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamoatchilik tuzilmasi fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan fuqarolar yigʻini raisining taqdimnomasiga asosan hududiy ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori bilan kelishgan holda hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatlarining oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlariga ixtiyoriy ravishda yordam berish istagini bildirgan fuqarolardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari soni tegishli hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, kriminogen xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori bilan kelishgan holda, fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga muvofiq belgilanadi va oʻzgartiriladi. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari soni 6 — 16 nafar boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Jamoatchilik tuzilmasining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamoatchilik tuzilmasi uchun fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari joylashgan binolarda alohida xonalar ajratiladi. Ajratilgan xonalarning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilashda mahalliy hokimliklar tomonidan yordam koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzoligiga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzoligiga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga doir profilaktika tadbirlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qiladigan, yuksak insoniy va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamoatchilik tuzilmasiga oʻz turmush tarzi bilan fuqarolar yigʻini aʼzolari oʻrtasida salbiy tavsiflanganlar, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turganlar, ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qoʻyganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turganlar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzoligiga nomzodning ushbu Nizomning 15 va 16-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqish uchun fuqarolar yigʻini raisi va tegishli hududdagi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori shaxsan masʼuldirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Fuqarolar yigʻini raisi va hududdagi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori tomonidan fuqarolarni Jamoatchilik tuzilmasi aʼzoligiga qabul qilish va aʼzolikdan chiqarishni qayd etish boʻyicha maxsus daftar yuritiladi hamda aʼzolar faoliyati monitoringi olib boriladi. Ushbu daftar tegishli hududdagi ichki ishlar organlari tayanch punktida saqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻz vazifasini bajarmagan, faoliyati salbiy baholangan, qonunga zid xatti-harakatlar qilgan shaxslarni Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari safidan chiqarish fuqarolar yigʻini raisi hamda hududiy ichki ishlar organining profilaktika inspektori tavsiyasiga asosan fuqarolar yigʻini kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-oktabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/805/0073-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Jamoatchilik tuzilmasi rahbarini tayinlash tartibi, uning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli, bevosita tayinlangungacha kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida, taʼlim muassasalarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimiga fuqarolar yigʻini raisi va hududiy ichki ishlar organining profilaktika inspektori tavsiyanomasi asosida 3 nafardan kam boʻlmagan nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashi va hududiy ichki ishlar organi rahbari bilan kelishish uchun taqdim etiladi. Kelishilgan nomzodlar orasidan fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan Jamoatchilik tuzilmasi rahbari tanlanadi va kengash qaroriga asosan lavozimga tayinlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-oktabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/805/0073-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Fuqarolar yigʻini raisi fuqarolar yigʻini kengashi qarori bilan tayinlangan jamoatchilik tuzilmasi rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jamoatchilik tuzilmasi rahbariga, belgilangan tartibda guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Jamoatchilik tuzilmasi rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolaridan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarmayotgan jamoatchilik tuzilmasi aʼzolarini aʼzolikdan chiqarish yuzasidan fuqarolar yigʻini raisiga taklif kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan hamda fuqarolar yigʻini raisidan Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolarini ushbu Nizomda koʻrsatilmagan vazifalar va topshiriqlarni bajarishga jalb etmaslikni talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Quyidagilar Jamoatchilik tuzilmasi rahbarining Jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tashkil etishdagi majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasining tegishli hujjatlarini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi ishini rejalashtirish, aʼzolarini tegishli hudud va yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning har choragida ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan fuqarolar yigʻiniga (vakillar yigʻilishiga) hisobot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari bilan ularning vazifalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning belgilangan tartibda bajarilishi holatini nazorat qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolariga vazifalarni bajarishga jalb etishdan oldin qonuniylikka va shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashish boʻyicha belgilangan vazifalarni Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolariga oʻz vaqtida yetkazish hamda ularning bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori va fuqarolar yigʻini raisi bilan birgalikda Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolarining vazifalari, huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari tegishli hududda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tegishli hududda qonun ustuvorligini va osoyishtalikni taʼminlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya qilinishini, hududda tartib oʻrnatishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari hisobida turuvchi, tarbiyasi ogʻir voyaga yetmagan shaxslar bilan aniq maqsadli profilaktika tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan pasport tizimi, sanitariya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tegishli hududda tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, jinoyat sodir boʻlganda aybdor shaxslarni aniqlash tadbirlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konstitutsiyaviy tizimga qarshi turli axborotlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda noqonuniy istiqomat qilayotgan, uzoq muddatdan buyon uyiga kelmayotgan shaxslar hamda oʻzlariga maʼlum boʻlgan, sodir etish uchun tayyorgarlik koʻrilayotgan jinoyatlar toʻgʻrisida tuzilma rahbarini va ichki ishlar organlarining hududiy profilaktika inspektorini yoki tegishli huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va axloq-odob hamda pasport tizimi, sanitariya va ekologiya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar tomonidan rioya qilinmagan hollarda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarliklarni toʻxtatishni fuqarolardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasidagi turli nizolarni hal etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni muhokama qilishda, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga moyil shaxslar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa profilaktika chora-tadbirlarida bevosita ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir takliflarni huquqni muhofaza qilish organlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik tuzilmasi rahbari, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori va fuqarolar yigʻini raisidan oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratishni hamda amaliy yordam koʻrsatishni talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Quyidagilar Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishdagi majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar bilan munosabatda ogʻir, vazmin va xushmuomala boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining umumiy dunyoqarashini, xususan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar yoki baxtsiz hodisalar sodir etilganda bu haqda zudlik bilan Jamoatchilik tuzilmasi rahbariga, ichki ishlar organlariga va boshqa tegishli tashkilotlarga xabar berish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kelgunga qadar jinoyat sodir etilgan joylarga boshqa shaxslarning kirmasligi, jinoyat izlari va jinoyatga aloqador boʻlgan barcha ashyoviy dalillarning yoʻqolmasligi choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi rahbariga va huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga ushbu Nizomda koʻrsatilgan vazifalarni bajarishda koʻmaklashish va ularning qonuniy talablarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati haqida Jamoatchilik tuzilmasi rahbariga, fuqarolar yigʻini raisiga va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektoriga hisobot berish hamda axborot taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolariga oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish vaqtida spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar isteʼmol qilish, qurol va huquq-tartibot organlari xodimlari xizmat faoliyati davomida foydalaniladigan boshqa maxsus vositalarni ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Jamoatchilik tuzilmasi rahbarini va aʼzolarini ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz tizimidagi organlarda xizmat qilishga nomzodlarni Jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari hamda rahbarlari orasidan tanlashga va qabul qilishga alohida eʼtibor qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jinoyatchilikning oldini olishda, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda, shuningdek jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlashda hamda oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni bajarishda oʻrnak koʻrsatgan Jamoatchilik tuzilmasi rahbari va aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalar faoliyatida namuna va ibrat koʻrsatayotgan Jamoatchilik tuzilmasi rahbari va aʼzolarini, homiylarni jalb qilgan holda, moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirib borishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII1. Jamoatchilik tuzilmasi rahbarlarini ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321. Jamoatchilik tuzilmasi rahbari fuqarolar yigʻini raisi va hududiy ichki ishlar organining profilaktika inspektori tavsiyanomasiga asosan ichki ishlar organlari tomonidan kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
322. Ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasi safida kamida bir yil mobaynida rahbarlik qilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 yoshdan oshmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan Jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari lavozimida faoliyat olib borayotgan shaxslar kiritiladi.
(VII1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-oktabrdagi 805-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/805/0073-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Jamoatchilik tuzilmasi bilan ishlash va uning faoliyatini muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tegishli hududda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va ushbu hududda huquq-tartibotni mustahkamlashga doir vazifalarni amalga oshirish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan va boshqa masalalar yuzasidan har bir ichki ishlar organining profilaktika inspektori Jamoatchilik tuzilmasi bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori Jamoatchilik tuzilmasi bilan birgalikda tegishli hududda huquq-tartibotni mustahkamlash bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunchilikka, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya etish zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tegishli hududda joylashgan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda va jamoat tartibini saqlashda Jamoatchilik tuzilmasiga yordam berishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori fuqarolar yigʻini raisi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasiga yuklangan vazifalarni bajarish tartibi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalar beradi, oʻzaro aloqa va hamkorlik qilish yoʻllarini belgilab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasining olib borayotgan ishlarini, berilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi xatti-harakatlarini muntazam nazorat qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasidan olingan maʼlumotlar asosida qaror qabul qilishda ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, uning faoliyatini takomillashtirish va uni ragʻbatlantirish haqidagi masalalar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hududiy kengashlari tomonidan har yili kamida bir marta muhokama etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Jamoatchilik tuzilmasi yordamidan faqat ushbu Nizomda belgilangan vazifalar doirasida, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori, fuqarolar yigʻini raisi, Jamoatchilik tuzilmasi rahbari bilan kelishgan holda foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik tuzilmasini ushbu Nizomda koʻrsatilmagan vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Jamoatchilik tuzilmasiga qonunga xilof topshiriqlarni berish, tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan yoki jinoyatga aloqador maʼlumotlar boʻlgan hamda bevosita ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi ishlarni koʻrib chiqish va hal etishni topshirish, ularni davlat va xizmat siriga ega boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 106-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 09/17/805/0073-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)