Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2000 16.07.1991 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2000
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-noyabrdagi 438-sonli “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Oʻzselxozsnabremont”) toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-iyuldagi 188-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”) toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”) Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi Farmoniga va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-maydagi 119-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Uzselxozsnabremont” jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksiga kiruvchi davlat boshqaruvining jumhuriyat organi hisoblanadi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” oʻz faoliyatida SSJI qonunlariga, SSJI xalq deputatlari syezdining va SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston SSJ qonunlariga, Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ aktlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” tizimining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoa boʻlib aʼzo boʻlishi, kooperativ, davlat, qoʻshma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari, korxonalari hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksi sohasida yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asoslarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Uzselxozsnabremont” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida oʻzining mustaqil va yigʻma balanslariga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga ega boʻladi, qatnashuvchi korxonalarning, ijara va qonunda koʻzda tutilgan boshqa mulkchilik turlarining kollektiv mulkchiligi huquqida oʻz mulkiga, Oʻzbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, shtamplarga, xos ish qogʻozlariga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Uzselxozsnabremont”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ittifoq rejalashtiruvchi organlari, OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi markazlashgan tartibda taqsimlaydigan mahsulotga ehtiyojni aniqlash va resurslar olish, isteʼmolchilarning yetkazib beruvchilarga birkitib qoʻyilishini taʼminlash, dehqonchilik-sanoat kompleksining isteʼmolchilariga qaror topgan xoʻjalik aloqalari boʻyicha mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomalarni tuzishda yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlarni tuzishga materiallar tayyorlash va unda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish vositalari bozorining shakllanishiga, mollarning maqbul harakatiga, savdo-vositachilik va tijorat faoliyatini, marketingni rivojlantirishga, kichik korxonalar, tashqi savdo tashkilotlari va qoʻshma korxonalarning shoxobchalarini, kichik ulgurji, vositachilik va chakana savdo magazinlarini, tijorat banklarini, tovar birjalarini, aksionerlik va sugʻurta jamiyatlarini tashkil etishga har tomonlama yordam berish, dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatish uchun ulgurji yarmarkalar va auksionlar tashkil etish, qishloq xoʻjaligi korxonalari va yetkazib beruvchi korxonalar oʻrtasida vositachilik barter operatsiyalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kolxozlarga, sovxozlarga hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga, yordamchi xoʻjaliklarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xoʻjaliklariga traktorlarni, avtomobillarni, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalarini, asbob-uskunalarni, materiallarni, maxsus kiyim-kechak va poyafzallarni, yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qurilish va boshqa maqsadlar uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalarini oʻz vaqtida va toʻla yetkazib berishni tashkil etish, xoʻjaliklarni koʻrsatilgan moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlashning ilgʻor shakllari va usullarini tashkil etish hamda joriy qilishni takomillashtirish, oʻz moddiy-texnika bazasini va tovar yetkazib berish shoxobchalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlarida koʻrilayotgan va qayta barpo etilayotgan obyektlarini shartnoma asosida buyumlar va asbob-uskunalar bilan butlashni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining resurs potensialidan va rezervidan foydalangan holda moddiy-texnika vositalarining almashlash fondini shakllantirish, bozorni barqarorlashtirish fondini barpo etishda qatnashish, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida qaror topgan ishlab chiqarish va xoʻjalik aloqalarini saqlab qolish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asoslarida kolxozlarga, sovxozlarga hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan traktorlarni, avtomobillarni, kombaynlarni, boshqa murakkab qishloq xoʻjaligi mashinalarini, ularning dvigatellari, uzellari va agregatlarini, sugʻorish texnikasini, asbob-uskunalarni, chorvachilik fermalari va komplekslarini, metall qirqish dastgohlarini, elektr dvigatellarini, nazorat-oʻlchov asboblarini, avtomatlashtirish vositalarini, energetika qurilmalarini tuzatishni va ularga texnika xizmati koʻrsatishni tashkil etish, kafolat muddati davrida ishdan chiqqan sotilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi va chorvachilik asbob-uskunalarini tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichlarini bajarish, davlat intizomiga qattiq rioya qilinishini taʼminlash, asosiy fondlardan, mehnat, yoqilgʻi-energetika, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan, kapital mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanish, qurilish qiymatini pasaytirish va muddatlarini qisqartirish, asosiy fondlarni oʻz vaqtida ishga tushirish, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarini normativ muddatlarda oʻzlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻmita tashkilotlari va korxonalarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, baxtsiz hodisalar, yoʻl-transport hodisalarining va yoʻl harakati qoidalari buzilishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillar, qishloq xoʻjaligi mashinalarining yaroqsiz holga kelgan detallari, uzellari va agregatlarini yigʻishni va tiklashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha koʻrilayotgan, qayta barpo etilayotgan chorvachilik, parrandachilik, teplitsa komplekslarida va dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun texnologiya, yordamchi, energetika va ventilyatsiya asbob-uskunalarini, nazorat-oʻlchov asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini, ishga tushirish-sozlash ishlarini, shuningdek ichki va yoritish elektr priborlari va ishga tushirish-boshqarish apparatlarini montaj qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Uzselxozsnabremont” oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik va chorvachilik uchun yangi texnikani ishlab chiqarish va yaratish boʻyicha ehtiyojni oʻrganadi, takliflarni umumlashtiradi, ularga buyurtmalarni tuzadi, shuningdek qishloqda fan va texnika yutuqlarini joriy qilish, oʻz tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, tarmoq fanining samaradorligini oshirish, uning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz transport korxonalarining kuchlari bilan kolxozlarga, sovxozlarga hamda dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy firmalar bilan tashqi-iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, barter ayirboshlash funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikasini tuzatish, ularga texnika xizmati koʻrsatish va saqlashni, shuningdek neft-ombor xoʻjaliklarini tashkil etish, neft mahsulotlaridan tejam bilan foydalanish boʻyicha normativ-texnik va metodik hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
traktorlar, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda asbob-uskunalarini loyihalashtirish uchun texnik topshiriqlarni, bunday texnikani tayyorlash uchun texnik shartlarni (GOSTlarni) koʻrib chiqadi va kelishib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashni va malakasini oshirishni, demokratik asoslardan keng foydalangan holda boshqaruv apparati, jumhuriyat, viloyat, nohiyalararo hamda nohiya korxonalari va tashkilotlari rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil qiladi. Ehtiyojga va tizimning istiqboldagi rivojlanishiga muvofiq ravishda kadrlar taʼminotini oldindan aniqlashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Uzselxozsnabremont”ga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda OʻzSSJ Davlat statistika qoʻmitasidan, vazirliklar hamda tayyorlov idoralaridan, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan qishloq xoʻjaligiga moddiy-texnika vositalarining qanday yetkazib berilayotganligi, shuningdek qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida, Qoʻmita tizimidagi korxonalar va tashkilotlarning faoliyati haqida hisobot maʼlumotlarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik-sanoat kompleksining barcha resurslaridan sugʻurta fondini barpo qilish uchun ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarning besh foizgacha taqsimlanmaydigan rezervini qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda va zaruratga qarab mashinalar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika vositalarini dehqonchilik-sanoat kompleksi vazirliklari va idoralari, “Karakalpakselxozsnabremont” va “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari oʻrtasida taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsischilar bilan kelishuvga muvofiq maxsus va boshqa fondlarni tuzish, oʻz oborot mablagʻlariga va oʻz asosiy fondlariga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida toʻla mustaqillikni va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan holda ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ hamda aralash birlashmalar va uyushmalarga kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining olishdan voz kechishi munosabati bilan boʻsh qolgan mahsulotni, normativdan tashqari, ortiqcha va foydalanilmagan moddiy resurslarni oborotga jalb qilish, shuningdek normativdan ortiqcha zaxiralarga ega boʻlgan isteʼmolchilarga yetkazib berishni tartibga solib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni, transport vositalarini sotib olish, korxonalarga, tashkilotlarga va yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga sotish va berish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanishga berish, shuningdek yaroqsiz boʻlib qolganligi va maʼnaviy eskirganligi sababli asosiy fondlarni balansdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asoslarida oʻz moddiy va pul resurslarini mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlarga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vazifalarini yaxshiroq bajarish maqsadida oʻz mablagʻlarining bir qismini shartnoma asoslarida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari bilan birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar chiqarish va sotib olish, xorijiy firmalar bilan birga qoʻshma korxonalar, brokerlik va lizing kompaniyalari barpo etish, taqchil mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan bitimlar tuzish, birgalikda koʻrgazma-yarmarkalar, auksionlar oʻtkazish, birja operatsiyalarini amalga oshirish va tashqi iqtisodiyot bankida valyuta schyotlariga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi, moddiy yordam, isteʼmolchilarni taʼminlashda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan tarmoq xodimlarini mukofotlash va taqdirlash fondlarini tuzish, lavozimlar roʻyxatini, xodimlarning maoshlari va stavkalarini, tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tuzilmasini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqning moddiy-texnika negizini va ijtimoiy sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini joriy qilish, past rentabelli korxonalar va tashkilotlarga moliyaviy yordam berish, oʻz shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini barpo etayotgan, oʻziga uy qurayotgan tarmoq xodimlariga va boshqa ehtiyojlar uchun kredit berish maqsadida isteʼmol va jamgʻarma fondlarini, sugʻurta fondlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy rivojlanish, markaziy apparat, tizimning korxonalari va tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita belgilangan tartibda jumhuriyatdan tashqarida, shuningdek xorijiy mamlakatlar va oʻz vakolatxonalarini ochishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Uzselxozsnabremont” tizimida moliyaviy taʼminlash asoslari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻmitaning markaziy apparati “Karakalpakselxozsnabremont”, “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari hamda qoʻmita tasarrufidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar shartnoma asosida ajratadigan mablagʻlar hisobiga saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik-jamoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va muhandislik xizmati koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va joriy qilish uchun qoʻmita huzurida 30 foizgacha amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonalar va tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida beriladigan mablagʻlar evaziga renovatsiya fondi tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondi, renovatsiya fondi, valyuta fondi, budjet va boshqa ajratmalar, shuningdek qoʻmita tomonidan hosil qilinadigan boshqa pul va moddiy mablagʻlar “Uzselxozsnabremont”ning mol-mulkini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻmitaning ustav fondi qatnashuvchi korxonalarning kirish badallaridan tashkil topadi. Ustav fondi va kirish badallarining miqdori har bir qatnashuvchi uchun Qoʻmita Kengashi qarori bilan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta, markazlashgan va boshqa fondlarni barpo etish uchun yillik maqsadli ajratmalar va ulardan foydalanish tartibini Qoʻmita Kengashi belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻmitaning mol-mulkidan foydalanish va uning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish Qoʻmita Kengashi tuzadigan taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Uzselxozsnabremont”ni boshqarish oʻz-oʻzini boshqarish, keng demokratiya, oshkoralik, faoliyatga taalluqli barcha masalalarni hal qilish Qoʻmita boʻlinmalari vakillarining faol qatnashuvi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimning paychi korxonalari va tashkilotlari vakillarining konferensiyasi (yigʻilishi) Qoʻmitani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiya Qoʻmitaning rahbar organlarini, shu jumladan, “Uzselxozsnabremont” Kengashini va “Uzselxozsnabremont” raisini hamda taftish komissiyasini saylaydi, rahbariyat va taftish komissiyasining oʻz ishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish faoliyati dasturini ishlab chiqadi, Qoʻmitani qayta tashkil etish va faoliyatini toʻxtatish hamda uning tarkibidan chiqish masalalarini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdagi konferensiyalar Qoʻmita Kengashi tomonidan ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyaga delegatlar tizimning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarida, Qoʻmita markaziy apparatining boʻlinmalarida saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiyada koʻrib chiqiladigan masalalar Kengash va taftish komissiyasi tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiya delegatlarning kamida 2/3 qismi qatnashganda masalalarni hal qilishga haqlidir. Delegatlikka saylanmagan Kengash va taftish komissiyasi aʼzolari uning ishida maslahat ovozi berish huquqi bilan qatnashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiyalar oʻrtasidagi davrlarda tizimni boshqarish vazifasini konferensiyaga hisob beruvchi Kengash amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita Kengashi Qoʻmita hayʼati tarkibini tuzadi, Qoʻmita faoliyati masalalarini hal qiladi, konferensiya vakolatiga kiruvchi masalalar bundan mustasnodir. Qoʻmita Kengashi majlislari hayʼat tomonidan, zaruratga qarab, ammo yiliga kamida ikki marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat Qoʻmita Kengashining ijro qiluvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi, joriy tashkiliy, moliya-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatni yoʻnaltirib boradi, uning majlislari zaruratga qarab, ammo oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi. Hayʼat oʻz tarkibidagilarning yarmidan koʻpi majlisda qatnashgandagina masalalarni hal qilishga haqlidir, u yiliga kamida bir marta Kengash oldida hisob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish komissiyasi oʻz aʼzolari orasidan komissiya raisini, uning oʻrinbosarini saylaydi, bir shaxsning ayni bir vaqtda hayʼat tarkibiga va taftish komissiyasiga saylanishiga yoʻl qoʻymaydi hamda oʻz ishida Qoʻmita toʻgʻrisidagi Nizomga va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont”ga konferensiyada saylanadigan va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” Raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash, Qoʻmita hayʼati va unga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Qoʻmitaga yuklatilgan vazifalar va burchlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻmita vakolatlari doirasida SSJI va Oʻzbekiston SSJ qonunlarini bajarish uchun buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar chiqaradi, qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) hamda Kengash (hayʼat)ning Qoʻmitaga qarashli boʻlinmalarni tuzishda qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda, belgilangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq, Qoʻmita apparati va unga boʻysunuvchi boʻlinmalar xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” nomidan ishonchnomalar beradi, banklarda schyotlar ochadi, amaldagi qonunchilikka muvofiq qoʻmitaning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” Raisi tasdiqlangan xodimlar soni doirasida, “Uzselxozsnabremont” Kengashi tasdiqlagan xarajatlar smetasiga muvofiq, Qoʻmita Markaziy apparati tuzilishini va lavozimlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 29-sentabrdagi 803-son va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qarorlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash va mukofotlash shartlari “Uzselxozsnabremont” markaziy apparati xodimlariga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzselxozsnabremont” toʻgʻrisidagi Nizom taʼsischilarning konferensiyasida qabul qilinadi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar esa Qoʻmita Raisi tomonidan tasdiqlanadi.