Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.04.1994 yildagi 184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

1994-yilda eksport qilinadigan resurslarni taqsimlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ehtiyojlari uchun import mahsulotlarni yetkazib berishni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy kreditlarni toʻlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilda import mahsulotlarni markazlashtirilgan tartibda yetkazib berishni bajarish, kreditlarni toʻlash, transportga sarflangan kira haqlarini toʻlash uchun eksport, resurslari kvotalarning taqsimlanishi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslarining balanslari 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilari boʻyicha paxta tolasi limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yilda MDH mamlakatlariga va boltiqboʻyi respublikalariga paxta tolasi yetkazib berish limitlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda tasdiqlangan eksport resurslari kvotalarining taqsimlanishini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish hajmlarining prognozi va 1994-yilda chet el valyutasidagi mablagʻlarning xarajatlari prognozi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi birlashmalar korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini sinchiklab tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga eksport qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar hajmini koʻpaytirish va ularning nomenklaturasini kengaytirishga oid takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, boshqa vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi birlashmalar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari importini taʼminlash maqsadida eksportga tovar yetkazib berishni bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi umuman jahon bozori, shu jumladan, MDH mamlakatlari bozorlaridagi konyunkturaning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda paxta tolasining belgilangan limitlarga muvofiq oʻz vaqtida yuklab joʻnatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-aprel,

184-son