Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2020 04.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2465-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2465-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/11-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2465-8, 13.04.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 23-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/5-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlmagan taqdirda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) muvofiq amalga oshiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“38. Mablagʻlarni oluvchi bank tomonidan toʻlov tizimi orqali olingan elektron toʻlov topshiriqnomalari roʻyxat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. Elektron toʻlov topshiriqnomasining bir nusxasi mablagʻlarni oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda unga taqdim qilinadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“42. Tovarlarni yetkazib beruvchi toʻlov talabnomasining “Toʻlov maqsadi” grafasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni joʻnatish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali joʻnatilganda esa, pochta kvitansiyalarining raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda “___-sonli ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan” degan yozuv koʻrsatilishi shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“savdo tashkilotlarini istisno qilganda, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan tegishli foizini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga undirish uchun;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v) sud ijrochilari va undiruvchilar — ijro hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisida;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“61. Mablagʻlarni ijro hujjatlari asosida undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari ijro hujjatining asl nusxasi taqdim qilingan taqdirda, bank tomonidan qabul qilinadi. Ijro hujjatining asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi. Mablagʻlarni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ijrochilari tomonidan qoʻyiladigan inkasso topshiriqnomalari sud ijrochisining qaroriga ilova qilingan holda taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablagʻlarni ijro hujjatlari asosida undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari “Toʻlov maqsadi” grafasida ijro hujjatining tartib raqami va sanasi, shuningdek davlat boji xarajatlari va qarz summalari alohida ajratib koʻrsatilishi kerak.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 640-modda)