Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 27.09.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1318-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1318-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 332-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 26-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-22-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 224-modda) muvofiq, tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda, bojxona omborida saqlashda va chiqarishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibini belgilaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq deklaratsiyalanishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Quyidagi hujjatlar bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladigan bojxona postiga taqdim etilgan taqdirda, oʻz tashqi oʻlchamlari (gabaritlari) va xususiyatlaridan kelib chiqib, bojxona omboriga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan tovarlar bojxona ombori rejimida bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning nomi va miqdori, ularni saqlash uchun moʻljallangan joy (aniq manzili) va saqlash uchun javobgar shaxslar (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan xat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning yuk va tovar kuzatuv hujjatlari (yuk xati, konosament, spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys va hokazo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat (harbiy yuklar, insonparvarlik yordami, texnikaviy koʻmak sifatida va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro, chet el hukumati moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, shuningdek grantlar hisobiga olib kelinayotgan tovarlar va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi, xorijiy valyuta, qimmatbaho qogʻozlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar saqlanadigan joyning chizmasi va fotosuratlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar saqlanishi moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, tovarlar va transport vositalari saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilgan boʻlishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar saqlanayotgan hududga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlmagan shaxslarning) yaqinlashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qoʻyilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona rejimidagi tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga, ushbu Nizom bilan bojxona omborlariga qoʻyilgan talab va qoidalar tatbiq etiladi, mazkur Nizomning V va VIII boblari talab va qoidalari bundan mustasno.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. 12-bandda koʻrsatilgan operatsiyalar bojxona organini xabardor qilgan holda bojxona ombori egasi ishtirokida oʻtkaziladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 18-bandning birinchi xatboshisidagi “bojxona organining ruxsatisiz” degan soʻzlar “tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlar doirasida bojxona omboriga tovar joylashtirgan shaxsning yozma soʻrovnomasi boʻyicha bojxona posti tomonidan uzaytiriladi. Soʻrovnoma belgilangan muddat oʻtishidan oʻn kun oldin berilishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“34. Tovarlarni bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib oʻtish yuklarni bojxona nazorati ostida tashishga oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 36-banddan “bojxona organi bilan kelishib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 1-ilova ushbu oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bojxona ombori” bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasining ayrim ustunlarini toʻldirishning xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona ombori bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda deklarant bojxona yuk deklaratsiyasining quyidagi ustunlarini toʻldiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1, 2, 3, 5, 6, 8, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 53, 54, V va S.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan 7 va D ustunlari toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqib ketish uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirishda koʻrsatib oʻtilgan ustunlardan 15 va 15a toʻldirilmasdan, 17 va 17a ustunlar toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1, 44, 49 va S — ustunlarni toʻldirish quyidagi xususiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ustun. “Deklaratsiya turi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustunning birinchi boʻlinmasida bojxona omboriga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlarni joylashtirishda “IM” koʻrsatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish uchun moʻljallangan tovarlarni joylashtirishda esa “EK” koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib oʻtish jarayoni klassifikatoriga binoan ustunning ikkinchi boʻlinmasida bojxona ombori rejimining belgisi — “74” koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustunning uchinchi boʻlinmasi toʻldirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustunda rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldida tartib raqami koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-tovar-transport hujjatlari, schyot-faktura, invoys, Xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) kitobchasining raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombor egasi oʻrtasidagi shartnomaning raqami va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjat va maʼlumotlar (bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash, garov shartnomasi, bojxona qonunchiligini buzish bayonnomasi, bojxona koʻrigi dalolatnomasi va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-ustun. “Ombor nomi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustunda bojxona omborini taʼsis etish uchun litsenziyaning raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega boʻlmagan joyga joylashtirilsa, mazkur ustun toʻldirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S-ustun. “Joʻnatuvchi/eksport qiluvchi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustunning 2-tartib raqamida tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana koʻrsatiladi. Olib kirish sanasi Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtishdagi chegara bojxona posti tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga qoʻyilgan shtampda koʻrsatilgan sana orqali yoki Yukni yetkazib berish kitobchasi yoxud Xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) kitobchasi rasmiylashtirilgan sana orqali aniqlanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 524-modda)