18.06.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan keyin — Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga asoslanib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash boʻlgan xohish-istaklarga, 1996-yil 27-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida Shartnomaga amal qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I-boʻlim
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I-qism
Huquqiy muhofaza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Huquqiy muhofaza hajmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar. Ushbu maqsadlarda ular boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar, notarial idoralar (keyingi oʻrinlarda — “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalarga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, uning fuqarolaridek sharoitlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Shartnomaning qoidalari, tegishlicha Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga binoan tuzilgan yuridik shaxslarga ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II-qism
Huquqiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Adliya muassasalari ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar vakolatiga kiradigan boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqa muassasalar ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha huquqiy yordam haqida iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Huquqiy yordam hajmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual va boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan, shu jumladan hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tintuv oʻtkazish, ashyoviy dalillarni olib qoʻyish, joʻnatish va berish, ekspertiza oʻtkazish, tomonlarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish, jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish, jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish va berish, sud koʻrigini oʻtkazish, fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik daʼvosi qismi boʻyicha hukmlarni, ijro yozuvlarini eʼtirof etish va ijro etish, shuningdek hujjatlarni topshirish yoʻli bilan bir-birlariga yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Munosabatlar tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh Prokuraturasi orqali munosabatga boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Tillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda oʻzbek, ozarbayjon va rus tillaridan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur boʻlgan hollarda, oʻzbek va ozarbayjon tillariga yozma va ogʻzaki tarjimani ham taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Hujjatlarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya muassasalari va boshqa muassasalar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish tartibida joʻnatiladigan hujjatlar gerbli muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriq shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soʻrayotgan adliya muassasasining va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tomonlarning, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki hukm qilingan, shuningdek topshiriqqa munosabati boʻlgan boshqa shaxslarning ismlari va familiyalari, ularning fuqaroligi, mashgʻuloti, doimiy yashash joyi yoki turar joyi; yuridik shaxslar uchun — ularning nomi va joylashgan joyi; ularning vakillarining ismlari, familiyalari va manzillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jinoiy ishlar boʻyicha sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holati, shuningdek yuridik kvalifikatsiyasi hamda bu qilmish oqibatida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan topshiriq mazmuni va maʼlumotlar, shuningdek ahamiyatga ega boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni ijro etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni ijro etishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydi. Soʻrayotgan muassasaning iltimosiga koʻra soʻralayotgan muassasa oʻz davlati qonunchiligiga zid kelmasa, qonunchilik protsessual normalarni ijro etish usuli va shakliga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini qoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar soʻralayotgan adliya muassasasi topshiriqni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u topshiriqni vakolatli adliya muassasasiga joʻnatadi va topshiriq chiqqan muassasani bu haqda xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga koʻra soʻralayotgan adliya muassasasi topshiriq chiqqan muassasani va manfaatdor tomonlarni topshiriqning bajarilish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriq unda koʻrsatilgan manzilda ijro etilishi mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq manzilni belgilash uchun zarur choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Topshiriq ijro etilganidan soʻng topshiriq qaratilgan adliya muassasasi hujjatlarni u chiqarilgan muassasaga joʻnatadi; agar huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan holda soʻralayotgan adliya muassasasi topshiriqni qaytaradi va uni ijro etishga toʻsiq boʻlayotgan holatlar haqida xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining vakillari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bajarilayotgan chogʻda qatnashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Guvohlar, jabrlanuvchilar, daʼvogar shaxslar, ularning vakillari, javobgarlar, ekspertning daxlsizligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon hududida dastlabki tergov yoki sud koʻrib chiqishida boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspertning shaxsan qatnashish zarurati tugʻilsa, bu Ahdlashuvchi Tomonning tegishli adliya organiga chaqiruv qogʻozini berish haqidagi topshiriq bilan murojaat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasiga chaqirishda kelmagan taqdirda majburiy choralar qoʻllash tahdidi boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqaroligidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tegishli adliya organi chaqiruviga binoan kelgan guvoh, jabrlanuvchi daʼvogar fuqaro. javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspert bu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasiga kirguniga qadar sodir etgan qilmishlari uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Bunday shaxslar, shuningdek, ularning koʻrsatmalari yoki ekspert sifatidagi xulosalari yoxud tekshirilayotgan jinoiy ish munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun boshqa imkoniyatga ega boʻlishsa-da, bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilingan kundan boshlab 15 kun muddat oʻtgungacha ketishmasa ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert kafolatlarni yoʻqotadilar. Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan hollarga koʻra chiqib ketolmagan vaqt ushbu muddatga qoʻshilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu shaxslar chet elga borish va kelish va unda boʻlish, shuningdek ishdan chalgʻigan kunlari uchun olinmagan ish haqini qoplatish huquqiga ega boʻladi; ekspertlar bundan tashqari ekspertiza oʻtkazganligi uchun taqdirlanish huquqiga ham ega. Chaqiruv qogʻozida chaqiriluvchi shaxslar toʻlovlarning qanday turlariga huquqli boʻlishlari koʻrsatilishi lozim. Ularning iltimoslariga koʻra chaqiruv joʻnatayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ahdlashuvchi Tomon hududida qamoqda boʻlgan shaxs guvoh sifatida chaqirilgan taqdirda u vaqtincha, qamoqda saqlash va soʻroqlar tugagach zudlik bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Hujjatlarni topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili hamda topshiriladigan hujjatning nomi koʻrsatilishi lozim. Topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada koʻrsatilgan manzil toʻliq boʻlmasa yoki noaniq boʻlsa soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq aniq manzilni aniqlash uchun choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hujjatlarni topshirish soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar topshiriladigan hujjat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida tuzilmagan va unga tasdiqlangan tarjima ilova qilingan boʻlsada, soʻralayotgan adliya muassasasi oluvchiga hujjatni agar u qabul qilishga rozi boʻlsagina, topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish usuli, joyi va vaqti, shuningdek hujjatlar topshirilgan shaxs koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari orqali hujjatlarni topshirish va fuqarolarni soʻroq qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlarida yordam koʻrsatishdan kelib chiqadigan barcha xarajatlarni oʻzlari qoplaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini sarflangan xarajatlar haqida xabardor etadi. Agar soʻrayotgan muassasa bu xarajatlarni toʻlashga masʼul boʻlgan shaxslardan undirsa, undirilgan summalar adliya muassasasi ularni undirgan Ahdlashuvchi Tomon foydasiga kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Bepul huquqiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga yoki uning hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga boshqa Ahdlashuvchi Tomon sudlari va boshqa muassasalarida bepul yuridik yordam koʻrsatiladi va oʻz fuqarolariga boʻlgan shartlarda va imtiyozlarda bepul sudlov ishlarini yurgizish taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Huquqiy yordam koʻrsatish inson huquqlarining buzilishiga olib kelsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon suvereniteti va xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud qonunchiligiga zid kelsa huquqiy yordam koʻrsatilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Iltimosni qondirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan holda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II-boʻlim
Maxsus qoidalar
Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I-qism
Shaxsiy maqom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Huquqiy layoqatlilik va yuridik muomalaga layoqatlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shaxsning yuridik muomalaga layoqatliligi shu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning muomalaga layoqatliligi u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan davlat qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqatliligi u taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Bedaraklikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bedaraklikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish (vafot etgan deb tan olish) yoki oʻlim faktini belgilash (oʻlim vaqtini aniqlash) haqidagi ishlar boʻyicha oxirgi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari, boshqa shaxslarga nisbatan esa shaxs oxirgi paytda yashab turgan joydagi adliya muassasalari vakolatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosini yoxud boshqa shaxsni shu mamlakat hududida yashovchi shaxslarning iltimoslariga binoan, agar ularning huquq va manfaatlari shu mamlakat qonunchiligi bilan asoslangan boʻlsa, bedarak yoki vafot etgan deb eʼlon qilishi (vafot etgan deb tan olishi), shuningdek uning oʻlimi faktini (oʻlim vaqtini) belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II-qism
Mulkiy munosabatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Mulkchilik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Koʻchmas mulkka egalik huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat reyestriga kiritiladigan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mol-mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki mulkka boshqa ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan paytda hududida mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi. Bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki mulkka boshqa ashyoviy huquq Tomonlar bitimlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, hududida bitishuv imzolangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Bitishuv shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bitishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻchmas mulkka nisbatan bitishuvlar shakli hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III-qism
Shartnomada nazarda tutilmagan zarar yetkazish oqibatida kelib chiquvchi majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Zararni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shartnomalar va boshqa qonuniy harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqida talab qilishga asos boʻlgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar zarar yetkazuvchi va zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa yoki bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab turgan boʻlsa ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatib oʻtilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqida talab qilishga asos boʻlgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan, shuningdek hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish uchun qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV qism
Oila
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Nikohdan oʻtish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun esa ular doimiy yashab turgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari nikohdan oʻtishga toʻsiqlar munosabatida hududida nikoh tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nikohdan oʻtish shakllari hududida nikohdan oʻtilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agarda er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomon hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab va shu bilan birga er-xotinlarning har ikkisi bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa va ulardan biri bir Ahdlashuvchi Tomon, ikkinchisi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab turgan boʻlsa ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda oxirgi turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida birgalikda turar joyga ega boʻlmagan boʻlsalar sudiga daʼvo arizasi berilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
Nikohni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nikohni bekor qilish haqidagi ishlar boʻyicha ariza topshirgan vaqtida er-xotinlar fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi va uning muassasalari vakolatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning, ikkinchisi esa — boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa muassasasi nikohni bekor qilish haqidagi ishni olib borayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda
Nikohning haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi ishlar boʻyicha 22-moddaga muvofiq nikohni tuzish vaqtida qoʻllanilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi ishlar boʻyicha muassasaning vakolati tegishli ravishda ushbu Shartnomaning 23-moddasining 4-bandiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Otalikni belgilash va uni bekor qilish haqidagi hamda bolaning ushbu nikohdan tugʻilganligini belgilash haqidagi ishlar bola tugʻilganida fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Otalikni belgilash uchun hududida otalik tan olingan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga rioya qilinishi yetarlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar ota-onalar yoki ulardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, bola esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga ega boʻlsa ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha ishlarda ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-moddalari qoʻllaniladigan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Voyaga yetgan bolalardan aliment undirish haqidagi ishlari boʻyicha hududida aliment undirishga daʼvogar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda
Farzandlikka olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Farzandlikka olishda, uni bekor qilishda va haqiqiy emas deb eʼtirof etishda farzandlikka olinuvchi farzandlikka olish, uni bekor qilish va haqiqiy emas deb eʼtirof etishda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa farzandlikka olish yoki uni bekor qilishda, uning qonuniy vakilining va vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha talab etilsa, bolaning roziligi olinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar bolani farzandlikka oluvchi er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa farzandlikka olish yoki uni bekor qilish har ikki Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda
Vasiylik va homiylik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vasiylik yoki homiylikni belgilash yoki uni bekor qilish vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vasiy yoki homiy hamda vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar adliya muassasasi vasiylikni yoki homiylikni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vasiylikka yoki homiylikka olish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vasiylikni yoki homiylikni belgilash yoki uni bekor qilish haqidagi ishlar boʻyicha qaror, ushbu Shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmaganligi sababli, vasiylik yoki homiylik tayinlanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi tomonidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Doimiy yashash joyi, boʻlib turgan joyi yoki mol-mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi manfaatlari yoʻlida vasiylik yoki homiylik choralarini koʻrish lozim boʻlsa, bu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli muassasasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasini zudlik bilan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda vakolatli muassasa oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq vaqtinchalik zarur choralar koʻrishi mumkin, lekin ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq u zudlik bilan diplomatik yoki konsullik muassasasini xabardor qilishi lozim. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi boshqacha qaror chiqarmagunga qadar vaqtinchalik choralar oʻz kuchida qoladi. Vaqtinchalik choralar koʻrgan muassasa bu haqda xabardor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq vakolatli muassasa vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxsning uy-joyi yoki boʻlib turgan joyi yoki uning mol-mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, vasiylik yoki homiylikni shu Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik yoki homiylikni berish soʻralayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻziga qabul qilgandan va soʻrayotgan muassasani xabardor qilgandan amalga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. Lekin u vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxsning shaxsiy maqomiga tegishli masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi yoki homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi tayinlanishi mumkin, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Tomon hududida yashasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V-qism
Meros ishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda
Tenglik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun yoki vasiyatnoma boʻyicha mol-mulkni yoki unga huquqni teng shartlarda va hajmlarda olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda
Meros olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mol-mulkni meros qilib olish huquqi meros qoldiruvchi hududida oxirgi doimiy turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish huquqi koʻchmas mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda
Merosning davlat ixtiyoriga oʻtishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Ahdlashuvchi Tomonning meros olishda qoʻllaniladigan qonunchiligiga muvofiq merosxoʻr davlat hisoblansa, meros qilib qoldiriladigan koʻchar mulk meros qoldiruvchi vafot etish paytida fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonga, koʻchmas mulk esa u hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda
Vasiyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vasiyatni tuzish yoki uni bekor qilish huquqi, shuningdek uni talashish, vasiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan turlari meros qoldiruvchi vasiyatni tuzish paytida fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vasiyatnomani tuzish yoki uni bekor qilish shakli meros qoldiruvchi vasiyatnomani tuzish yoki uni bekor qilish paytida fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon yoxud hududida vasiyatnoma tuzilgan yoki u bekor qilingan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda
Meros ishlarini olib borishga vakolatli organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Koʻchmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlarni hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻchar mulkni meros qilib olish haqidagi ishlarni hududida meros qoldiruvchi oxirgi marta doimiy yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandalari qoidalari tegishli ravishda meros olish haqidagi ishlar boʻyicha bahslarga ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda
Oʻlganlik haqida xabar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi vafot etsa, tegishli muassasalar bu haqda zudlik bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik yoki konsullik muassasasini xabardor etadi hamda unga merosxoʻrlar haqida, ularning yashash joyi yoki turar joyi haqida, merosning hajmi va qiymati toʻgʻrisida, shuningdek merosga vasiyatnoma bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan xabarlarni beradi. Bu qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tegishli muassasasi har ikki Ahdlashuvchi Tomonning hududlaridan tashqarida vafot etgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi ushbu davlat hududida mulkini qoldirgan taqdirda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar diplomatik yoki konsullik muassasasi oʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ilgari olgan boʻlsa u merosni muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻrishga vakolatli boʻlgan adliya muassasasini bu haqda xabardor etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda
Merosga oid ishlarni koʻrib chiqishda diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlarning birining hududida yuzaga keladigan meros toʻgʻrisidagi barcha ishlar boʻyicha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik yoki konsullik muassasalari xodimlari adliya muassasalari va boshqa muassasalarda, agar ular qatnashmayotgan yoki ishni olib borishni boshqa ishonchli shaxsga topshirgan boʻlsalar, oʻz fuqarolarini ifodalash huquqiga ega boʻladilar; bunday hollarda alohida ishonch qogʻozi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi doimiy yashash joyiga ega boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻtayotgan vaqtda vafot etgan taqdirda uning oʻzida boʻlgan ashyolar har qanday koʻrib chiqishsiz u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda
Merosni muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosining merosga oid mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan taqdirda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi oʻz qonunchiligiga asosan merosga oid mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun zarur choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi ushbu moddaning 1-bandiga asosan qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishida ishtirok etishi mumkin. Ularning iltimoslariga koʻra ushbu moddaning 1-bandiga asosan koʻrilgan chora-tadbirlar oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Merosga oid ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan adliya muassasasining iltimosiga koʻra ushbu moddaning 1-bandiga asosan koʻrilgan chora-tadbirlar oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda
Merosni berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Merosga oid ishni koʻrish tugaganidan soʻng koʻchar merosga oid mulk yoki koʻchar yoki koʻchmas mulkni sotishdan tushgan summa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga yoki turar joyiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga, va ularga yoki ularning vakillariga bevosita berilishi mumkin boʻlmagan taqdirda bu summa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan tartib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hududida merosga oid mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatlarda kreditorlarning vafot etgan shaxsga nisbatan qoʻyilgan barcha talablari toʻlangan va taʼminlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) meros bilan bogʻliq barcha soliq va yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar zarur boʻlsa vakolatli muassasalar merosga oid mulkni olib chiqib ketishga yoki pul summasini oʻtkazishga ruxsatnoma bergan boʻlsa qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI-qism
Sudlarning vakolati

38-modda

1. Agar ushbu Shartnomada boshqacha belgilanmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari agar javob beruvchi uning hududida yashash joyiga ega boʻlsa fuqarolik va oilaviy ishlarni koʻrib chiqishga vakolatlidir. Yuridik shaxslarning daʼvolari boʻyicha ular ushbu Tomon hududida shu shaxslarning boshqaruv organi, vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan taqdirda vakolatli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mulk huquqi va koʻchmas mulkka boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha faqat mulk joylashgan joydagi sudlar vakolatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishlarni, Tomonlarning nizolarni ushbu sudlarga berish toʻgʻrisida yozma bitimi mavjud boʻlgan hollarda ham koʻrib chiqishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday bitim mavjud boʻlgan taqdirda javobgarning arizasiga koʻra sud ishni koʻrib chiqishni toʻxtatadi, agar bunday ariza daʼvoga eʼtiroz taqdim etilguniga qadar berilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning mutlaq vakolati Tomonlarning bitimlari bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xuddi shu Tomonlar oʻrtasida, xuddi shu predmet toʻgʻrisida va xuddi shu asoslar boʻyicha har ikki Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaga oid vakolatli hisoblangan sudlarida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ishni keyinroq qoʻzgʻatgan sud koʻrib chiqishni toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III-boʻlim
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda
Eʼtirof etiladigan va bajariladigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining, davlat notariati hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlarining qarorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida eʼtirof etiladi, mol-mulkka nisbatan qarorlar esa ushbu Shartnomada belgilangan shartlarda eʼtirof etiladi va bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan qarorlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fuqarolik va oila ishlari boʻyicha qarorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudlarda tuzilgan dunyoviy bitimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hukmlarning jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplashga taalluqli qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) otalikni tan olish va aliment majburiyatlarini eʼtirof etish haqidagi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ijro etish yozuviga ega boʻlgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) sud xarajatlarini toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 39-moddada eslatib oʻtilgan qarorlar quyidagi shartlarga rioya etilgandagina eʼtirof etiladi va bajariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan uning hududida chiqarilgan qaror qonuniy kuchga kirgan va bajarilishi lozim boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) unga qarshi qaror chiqarilgan tomon tegishli tarzda hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan xabardor qilingan, protsessual layoqatsizligi holatida esa taqdim etilishi mumkin boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qaror eʼtirof etilishi va bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu huquqiy nizo boʻyicha, xuddi shu Tomonlar oʻrtasida ilgari qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilmagan yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sudi tomonidan ushbu ish boʻyicha ilgari ish qoʻzgʻatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda esa, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ishlar hududida qaror eʼtirof etilishi va bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining mutlaq vakolatiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 39-moddada eslatilgan nomulkiy tusdagi ishlar boʻyicha qarorlar Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida qoʻshimcha tekshiruvlarsiz eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 39-moddada eslatib oʻtilgan mulkiy tusdagi ishlar boʻyicha qarorlarni bajarish uchun hududida qaror bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudlari bajarish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soʻrayotgan muassasa xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bajarishga ruxsatnoma berishda sud ushbu Shartnomaning 40-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilishini belgilash bilan chegaralanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bajarishga ruxsatnoma berish tartibi hududida bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qarorni bajarishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida hamda uni bajartirish haqida iltimosnoma qaror chiqqan joydagi adliya muassasasiga beriladi. Bu muassasa iltimosnomani boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar bajarishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida iltimos qilgan shaxs qaror bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyi yoki turar joyiga ega boʻlsa, iltimosnoma ushbu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga bevosita berilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar bu qarorning oʻzidan kelib chiqmasa, qarorning qonuniy kuchga kirganligi va bajarilishi lozimligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan asl nusxasi yoki tasdiqlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) unga qarshi qaror qabul qilingan tomonga oʻz vaqtida va tegishli shaklda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi bildirish topshirilganligi, protsessual layoqatsizlik holatida esa u taqdim etilishi mumkinligi hususidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu modda 7-bandining 1 va 2-kichik bandlarida eslatib oʻtilgan hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sud xarajatlarini toʻlash haqidagi qarorga va iltimosnomaga uning qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan xarajatlarni belgilash haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda
Qarzdorning eʼtirozi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor qarorni bajarishga ruxsatnoma berish va uni bajartirish uchun vakolatli boʻlgan sudga bunday eʼtirozlar bildirish muassasasi qarorni chiqargan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga binoan yoʻl qoʻyilishi mumkinligi munosabati bilan qarorda bayon etilgan shartni bajarishga qarshi eʼtiroz bildirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda
Qarorlarni bajarishga xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni ajratish va undirish oʻz davlati qonunchiligiga asosan qarorni bajarish toʻgʻrisidagi masalani hal etishga vakolatli boʻlgan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda
Buyumlarni olib chiqib ketish va pul summalarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan buyumlarni olib chiqib ketish va pul summalarini oʻtkazishda hududidan buyumlar olib chiqib ketiladigan hamda pul summalari oʻtkaziladigan davlat qonunchiligi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV-boʻlim
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga binoan oʻz qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan oʻz fuqarolariga va uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan jinoiy taʼqib qoʻzgʻatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jabrlanuvchi tomonidan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligiga muvofiq uning vakolatli adliya muassasalariga jinoiy taʼqib boʻyicha tegishli muddatlarda berilgan ariza boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ham haqiqiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqida iltimosnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soʻrayotgan muassasaning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqidagi iltimosnoma joʻnatilishi bilan bogʻliq boʻlgan qilmishning bayon-tasviri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qilmish sodir etilgan vaqt va joyning imkon qadar aniq koʻrsatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qilmishni jinoyat deb eʼtirof etishga asos boʻlgan qonun matni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) gumon qilinayotgan shaxsning familiyasi va ismi, uning fuqaroligi, yashash yoki turar joyi haqidagi maʼlumotlar va uning shaxsiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi koʻrinishi tasvir bayoni, uning fotosurati hamda barmoq izlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) jabrlanuvchining arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha va agar moddiy zarar yetkazilgan boʻlsa, moddiy zararni qoplash haqida jabrlanuvchining arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yetkazilgan moddiy zarar miqdori xususida mavjud boʻlgan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnomaga soʻrayotgan Tomon tasarrufida boʻlgan dastlabki tergov materiallari va dalillar ilova qilinadi. Jinoyat quroli boʻlgan yoki bunday jinoyat natijasida jinoyatchiga tushgan ashyolarni berishda ushbu Shartnomaning 58-moddasi 3-bandi qoidalarini hisobga olish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda
Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq ular hududida joylashgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki hukmni ijro qilish uchun iltimosnomaga koʻra bir-birlariga jinoyatchilarni berish majburiyatini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jinoyatchilarni berish har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq ularni sodir etganlik uchun bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish jazosi yoki boshqa yanada ogʻir jazo koʻzda tutilgan jinoyatlar hisoblangan qilmishlar uchun amalga oshiriladi. Hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish olti oydan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa yanada ogʻir jazo qoʻllaniladigan jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda
Jinoyatchilarni berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatchilarni berishga oʻrin boʻlmaydi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) berilishi soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki bu davlatda boshpana huquqi berilgan shaxs hisoblansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoiy taʼqib har ikki Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga binoan jabrlanuvchining xususiy shikoyati boʻyichagina qoʻzgʻatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jinoiy taʼqib qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma olingan vaqtda belgilangan muddat oʻtib ketganligi sababli yoki boshqa qonuniy asosga binoan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq uni qoʻzgʻatish yoki hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) berilishi soʻralayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun hukm qilingan yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bilan bogʻlik boʻlgan jinoyat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan boʻlsa jinoyatchini berish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatchini berish rad etilganda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etishning asoslari haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda
Jinoyatchini berishni kechiktirish yoki vaqtincha berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar berilishi haqida iltimosnoma joʻnatilgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy ish olib borilayotgan yoki ushbu shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boshqa jinoyat uchun hukm qilingan boʻlsa uni berish jinoiy ishni koʻrib chiqish tamom boʻlgungacha yoki jazoni oʻtab boʻlishgacha kechiktirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar jinoyatchini berishni kechiktirish oqibatida jinoiy taʼqib qilish muddati oʻtib ketishi yoki jinoyatni tergab-tekshirishda qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlsa asoslangan iltimosnomaga binoan shaxsni jinoiy ishni yuritish uchun vaqtincha berishga yoʻl qoʻyiladi, bunda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan shaxsni berilgan kundan boshlab kamida 3 oyda qaytarishga majburdir. Asoslangan hollarda muddat uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda
Bir necha davlatlarning iltimosiga koʻra jinoyatchini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxsni berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bir necha davlatlardan olinsa, ulardan qay biri qondirilishi toʻgʻrisidagi masalani soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda
Berilgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish meʼyorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz berish uchun asos boʻlganidan boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. U shuningdek soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz uchinchi davlatga ham berilishi mumkin boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar berilgan shaxs jinoiy taʼqib tugagach, jazoni oʻtab boʻlgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra ozod etilganidan soʻng 15 kun mobaynida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududini tark etmasa yoki uni tark etgach oʻz xohishi bilan shu yerga qaytib kelgan boʻlsa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi talab etilmaydi. Berilgan shaxsning unga bogʻliq boʻlmagan holatlar bilan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etolmagan vaqti bu muddat hisobiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soʻrayotgan adliya muassasasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning bu qilmishni jinoyat sifatida eʼtirof etishga asos boʻluvchi qonun matni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) berilishi haqida iltimosnoma joʻnatilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi uning fuqaroligi, yashash joyi yoki turar joyi haqidagi maʼlumotlar hamda uning shaxsiyati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi koʻrinishi bayon-tasviri, uning fotosurati va barmoq izlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yetkazilgan moddiy zarar miqdori haqidagi koʻrsatma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ishning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni ijro etishni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga uning qonuniy kuchga kirganligi haqidagi maʼlumotnoma qoʻshilgan holda hukmning tasdiqlangan nusxasi va shaxs asoslanilib hukm qilingan jinoyat qonuni matni ilova qilinishi lozim. Agar hukm qilingan jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, bu haqdagi maʼlumotlar maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda
Jinoyatchini berish uchun qamoqqa olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq berishga yoʻl qoʻyilmaydigan hollarni istisno qilganda jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berilishi soʻralgan shaxsni qamoqqa olish yuzasidan zudlik bilan choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 52-moddasida koʻzda tugʻilgan zarur maʼlumotnomalarni oʻz ichiga olmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon maʼlumotlarni qushimcha ravishda talab qilishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bu soʻrovga bir oydan oshmagan muddatda javob berishi lozim. Uzrli sabablar boʻlsa ushbu muddat 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddatda qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etmasa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomaning 53-moddasiga muvofiq qamoqqa olingan shaxsni ozod qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kechiktirib boʻlmaydigan holda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra shaxsni ushbu Shartnomaning 52-moddasida koʻrsatilgan berish toʻgʻrisidagi iltimos olingunga qadar ham ushlab turishi mumkin. Iltimosnomada ushbu shaxsga nisbatan ushlash haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga tayanilishi va jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma zudlik bilan joʻnatilishi haqidagi koʻrsatma boʻlishi lozim. Iltimosnoma yozma ravishda pochta, telegraf yoki boshqa har qanday usul bilan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaxs boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uni berishga sabab boʻladigan jinoyatni sodir etgan deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan iltimosnomasiz ham ushlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga asosan ushlab turilganligi haqida yoki ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan iltimosnoma qondirilmaganligi sabablari toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga asosan ushlab turilgan K shaxs hududida ushlangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida K belgilangan muddat tugagach ozod etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda
Jinoyatchini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoyatchini berish borasidagi qarori haqida uni berishning joyi va vaqtini maʼlum qilgan holda xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon berishga daxldor boʻlgan shaxsni uni berish belgilangan sanadan soʻng 15 kun davomida qabul qilmasa bu shaxs qamoqdan ozod etilishi lozim. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosi boʻyicha bu muddat 15 kundan ortiq boʻlmagan vaqtga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar berilgan shaxs jinoiy taʼqibdan yoki jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga qaytib kelsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimosi bilan yana berilishi mumkin. Bu holda iltimosga Ushbu Shartnomaning 52-moddada koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-modda
Ashyolarni berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jinoyatchini berish haqida soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon 47-moddaga koʻra berishga sabab boʻluvchi jinoyat quroli hisoblangan ashyolarni, shuningdek, jinoyat izlari mavjud boʻlgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonga beradi. Uning oʻlimi oqibatida yoki boshqa sabablar bilan shaxsni berish mumkin boʻlmagan hollarda ham bu ashyolar iltimosnomaga binoan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar ashyolar unga jinoiy ish boʻyicha koʻrib chiqish uchun zarur boʻlsa, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan ashyolarni berishni vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan ashyolarga uchinchi shaxs huquqi oʻz kuchida qoladi. Ish boʻyicha koʻrib chiqish tamomlangandan soʻng bu ashyolar uni bergan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda
Tranzit tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomonga berilgan shaxslarni oʻz hududi orqali tashishga ruxsat etadi. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq berishga yoʻl qoʻyilmaydigan shaxslarni tashish uchun ruxsat berishga majbur emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashishga ruxsat etish haqidagi iltimosnoma jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kabi tartibda rasmiylashtiriladi va joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har bir alohida holatda tranzitning usullari, yoʻnalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tranzit qilayotgan davlat tranzit orqali olib oʻtish davrida qoʻriqchi ostida olib oʻtilayotgan shaxsni saqlashning huquqiy imkoniyatini taʼminlaydi va olib oʻtilayotgan shaxsni kuzatib borayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Havo kemasining rejalashtirilmagan qoʻnishi chogʻida parvoz hududi ustida amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillari iltimosnomasiga binoan ushbu moddaning 1-moddasiga muvofiq tranzitda olib oʻtish haqidagi iltimosnomani olgunga qadar 72 soat mobaynida bu shaxsni qamoqda saqlab turishi mumkin. Bunday iltimosnoma matnlarni uzatish texnika vositalari, jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordami bilan uzatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tranzit orqali tashish bilan bogʻliq xarajatlarni soʻrayotgan Ahdlashayotgan Tomon toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda
Hukm qilinganlik haqidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar, iltimosnomaga koʻra, bir-birlariga, agar bu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida jinoiy javobgarlikka tortiladigan boʻlsalar, oʻz sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarning hukm qilinganlik haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-modda
Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar ushbu Shartnomaning 53- va 55-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan yoki qamoqqa olgan berilishi talab etilayotgan shaxsni berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonun hujjatlarida va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-modda
Jinoiy taʼqib natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga unga nisbatan jinoiy taʼqib qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma joʻnatilgan, shuningdek berilgan shaxsni jinoiy taʼqib etish natijalari haqidagi maʼlumotlarni beradilar. Iltimosnomaga koʻra qonuniy kuchga kirgan hukmning yoki boshqa oxirgi qarorning nusxasi joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-modda
Hukmlar haqidagi maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar har yili bir-birlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga nisbatan bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari tomonidan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar haqidagi maʼlumotlarni beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-modda
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga koʻra, bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishga kirishadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 5- va 7-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi va qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday axborot bilan bir qatorda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha toʻlaroq boʻlgan tavsifidan iborat boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud boʻlganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish pardasi, qoʻl barmoqlari izlari, shuningdek talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65-modda
Ushbu shartnomani qoʻllash masalalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani qoʻllash chogʻida paydo boʻladigan masalalar oʻzaro kelishuviga koʻra vakolatli adliya muassasalari tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga koʻra munosabat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaning qoidalari ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Ahdlashuvchi Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-modda
Qoʻshimchalar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaga ikkala Ahdlashuvchi Tomonning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Shartnomaning 68-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kuchga kiruvchi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V-boʻlim
Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-modda
Kuchga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va u ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangandan soʻng 30 kun oʻtishi bilan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-modda
Amalda boʻlish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida amalda boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shartnoma, agar .Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri uni bekor qilish haqida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Shartnomaning amalda boʻlish muddati sanasigacha olti oy oldin yozma holda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davrga uzaytirilaveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida 1997-yil 18-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)