12.06.2013 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni taʼminlash, ularning energiya samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb etishni kengaytirish, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlarini jalb etish hisobiga energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 26-aprelda Jahon bankining Direktorlar kengashi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan va yillik foiz stavkasi 1,25%, qaytarish muddati 25 yil boʻlgan qarz olishning maxsus huquqli 66,1 mln miqdoridagi (100,0 mln AQSH dollariga teng) qoʻshimcha kreditini berishni maʼqullaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish davri 5 yil etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qoʻshimcha krediti mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qoʻshimcha kreditini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihaning “A” — “Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni kuchaytirish va loyihani boshqarish” qismi amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirok etuvchi tijorat banklari — “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki koʻrsatib oʻtilgan loyihaning “V” qismini (“Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi”) amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi organlar hisoblanadilar hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining ular tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirok etuvchi tijorat banklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti mablagʻlari hisobiga qaytarish, toʻlov va muddatlilik shartlarida energiyadan samarali foydalanish investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun oʻz nomidan kreditlar beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qoʻshimcha kreditini qaytarish va kredit boʻyicha vositachilik haqi toʻlash kreditning ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismi boʻyicha ularning mablagʻlari hisobiga, shuningdek loyihaning “A” — “Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni kuchaytirish va loyihani boshqarish” qismi boʻyicha budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani amalga oshirish boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, shuningdek qarz oluvchi tashkilotlarga koʻmaklashish funksiyalari yuklansin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qoʻshimcha krediti mablagʻlari hisobiga sanoat tashkilotlariga beriladigan kreditning eng koʻp summasi bitta investitsiya loyihasi boʻyicha 10 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlmasligi, sanoatning bir tarmogʻida sanoat tashkilotlariga beriladigan kreditlarning eng koʻp summasi — 30 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyalashtirishni jalb etish toʻgʻrisida Jahon banki bilan bitimni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining jalb etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan bitimni imzolash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi bitim, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ishtirok etuvchi tijorat banklariga — “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan loyiha bitimlarini imzolash, loyiha bitimlari shartlariga muvofiq “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻz zimmalariga majburiyat qabul qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda qoʻshimcha moliyalashtirishni hisobga olgan holda, kreditlarni berish tartibini, moliyalashtirilgan loyihalarni tanlash va baholash mezonlarini, shuningdek moliyaviy boshqarish, xaridlar, monitoring va loyiha amalga oshirilishini baholash tartibotlarini belgilaydigan loyiha boʻyicha Operatsion qoʻllanma puxta ishlanishini va Jahon banki bilan kelishilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qoʻshimcha krediti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari energiya samaradorligi parametrlari boʻyicha, zaruriyat boʻlganda — manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etgan holda ekspertizadan oʻtkazilishi va xulosalar berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida energiya samaradorligi asbob-uskunalarini joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi qarz oluvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, hujjatlarni texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish bilan birgalikda bir bosqichli tartibda ishlab chiqish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 317-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)