Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026 19.03.2013 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda — oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda — tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan uning talablariga izchil rioya etilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanilishi va uning muhofaza qilinishi, shuningdek barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv olishning belgilangan limitlariga rioya etilishi, hisobga olish va hisobotlarning belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 19-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmoli (suvni isteʼmol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxs boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim boʻlgan suv obyektlari suvlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari — suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan holda faoliyat yuritadigan hamda suv xoʻjaligi tashkilotlari va suv isteʼmolchilari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida suv yetkazib berish va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan xizmat.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (yer usti suvlari), Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (yer osti suvlari) oʻz vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, suv xoʻjaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish hisoblanadi. Suvdan maxsus foydalanishga, ayrim hollarda, maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maqsadli foydalanilishiga koʻra suv isteʼmoli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi suv isteʼmoliga va boshqa turlarga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv isteʼmoli umumiy va maxsus suv isteʼmoliga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sugʻorish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv isteʼmoli umumiy suv isteʼmolidir. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir sutkada 5 kub metrgacha hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish umumiy suv isteʼmoliga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suv isteʼmoli maxsus suv isteʼmolidir. Maxsus suv isteʼmoliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suv isteʼmoli ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Suv resurslari qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda isteʼmol uchun beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Suvdan foydalanish obyektlari va suv isteʼmoli manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli manbalari boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish yoki suv isteʼmoliga berilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb eʼtirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati: qisqa — uch yilgacha va uzoq — yigirma yilgacha boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosiga binoan, shu suv obyektini tanho foydalanish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqargan yoki suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va oʻzga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xoʻjaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv isteʼmoliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga koʻra yoʻl qoʻyiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish qonunchilikka muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olinadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv isteʼmol qilishga “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan belgilangan shartlarda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishuv boʻyicha ruxsat etiladi, zarurat boʻlganda esa — qonunchilikka muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Suv olish limitlari va ularni belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Suv olish limitlarini belgilash uchun suv resurslari hajmlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasi (DMSK) yigʻilishi protokollari, shuningdek Hukumatlararo qarorlar bilan (kichik transchegaraviy daryolardan) belgilangan limitlar boʻyicha transchegaraviy suv obyektlarining (bir necha respublikalar hududidan oʻtuvchi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, ularning irmoqlari) suv resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston hududidagi haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi va bir oʻzandan ikkinchi oʻzanga tashlanganligidan kelib chiqib kiritilgan tuzatishlar hisobiga olingan yer usti suv manbalari hajmidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti suvlarining foydalanilayotgan zaxirasidan olingan suv hajmidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqova suvlardan, shuningdek qulay kollektor-drenaj suvlaridan qayta foydalanish hajmidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Suv olish limitlari quyidagi tartibdagi ustuvorligi bilan belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik, davolanish va kommunal-maishiy xoʻjalik uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv chiqarish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Koʻkalamzorlashtirish, sport va sogʻlomlashtirish obyektlari ehtiyojlari uchun belgilanadigan suv olish limitlari ustuvorligiga koʻra kommunal ehtiyojlarga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli boʻlgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suv olish limitlari suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanadi, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat koʻrsatadigan boshqa suv isteʼmolchilari, shuningdek tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan kommunal hamda maishiy xoʻjalik korxona va tashkilotlari bundan mustasno.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Suv olish limitlari suv xoʻjaligi organlari tomonidan suv manbalari (daryolar, kollektor-drenaj suvlari, shuningdek boshqa yer usti suvlari) boʻyicha, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti suvlaridan suv olish limitlari geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Suv olish limitlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, yirik va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga — manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) yoki tumanlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilanadi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligidan tashqari ehtiyojlar uchun yer osti suvlaridan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda ruxsatnoma amal qiladigan muddat davri uchun belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kommunal suv taʼminoti tizimidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarga suv olish limiti Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun - bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun - bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash, birinchi navbatda, aholining ichimlik suvga boʻlgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilish shartlarini va suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olishni taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat suv kadastridagi maʼlumotlar, suv xoʻjaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish sxemalari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun suv olish limitlari ular tomonidan quyidagilar belgilangan tartibda taqdim etilgan taqdirda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining belgilangan tartibda tasdiqlangan rejalari (suv quvuri – kommunal suv taʼminoti tizimining suvdan foydalanuvchilari va suv isteʼmolchilari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylari pasportga ega boʻlishi, xizmat koʻrsatadigan foydalanish tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi, ular belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek aholi tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun suvni isteʼmol qilishga olinadigan suvni hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangungacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sugʻoriladigan maydonlarni, sugʻorishlar sonini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylarining pasportlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek suvni hisobga olish vositalarini (gidropostlarni) attestatsiyadan oʻtkazish tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan:
(29-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari balansidagi va boshqa tashkilotlar hisobida boʻlgan sunʼiy suv obyektlarida;
(29-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (yer osti suvlari boʻyicha) bilan kelishgan holda — tabiiy suv obyektlarida belgilanadi;
(29-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan – kommunal suv taʼminoti tizimida belgilanadi.
(29-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun suv olish limitlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan — har yili 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda – kuz-qish davri uchun (1-oktabrdan 31-martgacha) hamda 15-martgacha — vegetatsiya davri uchun (1-apreldan 30-sentabrgacha);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — har yili 20-sentabrgacha boʻlgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 20-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 1-aprelgacha — vegetatsiya davri uchun belgilanadi.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga suv olish limitlari yiliga bir marta – har yili 1-oktabrgacha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga yer osti suvlaridan suv olish limitlari bir marta – maxsus ruxsatnoma amal qiladigan muddatga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Suv olish limitlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari buyruqlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kommunal-maishiy xoʻjalik ehtiyojlari uchun suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga suv olish limitlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ular xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv limitlari olish uchun suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari kuz-qish va vegetatsiya davri boshlanishidan bir oy oldin, qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun esa — har yili 1-sentabrgacha — ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlariga yozma ravishda murojaat qilishlari va ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq roʻyxat boʻyicha zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Suv olish limitlari ruxsat etilgan jami suv olish miqdorini suv manbalari (daryo, soy, buloq suv havzasi, irrigatsiya tizimi, magistral kanal (tizim) sugʻorish va kollektor tarmogʻi, yer osti suvlari va boshqa suv manbai) boʻyicha aks ettirib, ular har oʻn kunliklar kesimida aniq suv olish joylariga taqsimlangan boʻlishi kerak.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Suv olish limitlarini belgilashda tarmoqning ustuvorligiga hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining alohida manbalar va irrigatsiya tizimlari boʻyicha kutilayotgan suvlilikni hisobga olib suv bilan teng foizda taʼminlanishiga rioya etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki koʻpaygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori vakolatli tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmol qilish rejasi parametrlari oʻzgartirilmasdan, darhol tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdori hisobga olingan holda, oʻtgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolini rejalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, har yilgi suv bilan haqiqiy taʼminlanganlik hisobga olingan holda, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollektor-drenaj tarmoqlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmolini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatini hamda kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa suv isteʼmolchilarining suv isteʼmoli rejalari ularga xizmat koʻrsatadigan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv taʼminoti rejalarini umumlashtiradilar va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadilar.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolining tuzilgan va umumlashtirilgan rejalari:
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizim) boshqarmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(40-bandning toʻtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Kommunal-maishiy xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tuziladi va tasdiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, boshqa suv xoʻjaligi organlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlari, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash shartlari va holatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan (kommunal suv taʼminoti tizimida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli holatlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan (yer osti suvlarini olishda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal suv taʼminoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tasdiqlanadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Yuridik va jismoniy shaxslar suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarni ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Quyidagilarning mavjud boʻlishi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda majburiy talab hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqarolar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan, shuningdek, yirik va alohida muhim obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ular xizmat koʻrsatadigan zonadagi boshqa suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida hisobga olinadi.
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimlarida hisobga olinadigan shartnomalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar reyestri belgilangan tartibda nazoratni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga (sunʼiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida), shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tegishli organlariga (tabiiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida) beriladi.
(48-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal suv taʼminoti tizimining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(48-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma bilan belgilanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Suv resurslarini olish, suvdan foydalanish va suv isteʼmolida hisobga olishni va hisobotni, shuningdek ularning monitoringini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli uchun suv resurslarini olish faqat xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotlari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalari boʻyicha (kommunal suv taʼminoti tizimidagi, shuningdek yer osti suv havzalaridan suv olish holatlaridan tashqari), ularning suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga tayyorligiga koʻra, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan xizmat koʻrsatadigan foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga suv olish boshlanishidan oʻn kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni isteʼmol qilishning maqsadi koʻrsatilgan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv manbaidan suv olish uchun buyurtmanomada koʻrsatilgan suv resurslari miqdori tasdiqlangan suv olish limitidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslarini olish hajmini kamaytirish yoki toʻxtatish zarur boʻlgan taqdirda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bu toʻgʻrida tegishli xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabar qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Suv resurslarini olish joylari ularni boshqarish va hisobga olishning tegishli vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari doimo soz ish holatida boʻlishi zarur. Suv olish joylarini suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash mansubligiga koʻra suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari ajratilgan suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishga, shuningdek suvni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal suv taʼminoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarini olish, hisobini va hisobotini yuritish tartibi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 174-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/174/0279-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli huquqini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanishga, suv isteʼmoliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xoʻjaligi tugatilganda, dehqon xoʻjaligi tugatilganda (faoliyati toʻxtatilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tugʻilganda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli huquqi (ichish yoki maishiy isteʼmoldan foydalanish huquqidan tashqari) quyidagi holatlarda ham bekor qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilganda (tegishli shartnoma tuzmasdan suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish, suv olishga buyurtmanoma va ruxsatnoma boʻlmasdan turib suv resurslarini olish, roʻyxatdan oʻtkazilmagan joylardan suv olish, suvni boshqarish va hisobga olishning texnik jihatdan yaroqsiz vositalaridan foydalanish, suv xoʻjaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlash, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha suv olish hisobini va hisobotini muntazam ravishda yuritmaslik, belgilangan normadan ortiqcha va past sifatli oqindi suvlarni suv obyektlariga tashlash va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan maqsaddan tashqari suvdan foydalanganda yoki suvni isteʼmol qilganda (suvdan foydalanish va suv isteʼmoli yuzasidan shartnomalarda koʻrsatilmagan maqsadlarda suvdan foydalanish, sugʻorish suvini kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning agrotexnika usullariga rioya etmaslik va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvni limitdan ortiqcha olganda (suv isteʼmoli boʻyicha shartnomada belgilangan suv olish limitidan ortiqcha suv olish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv yetkazib berish va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan haqni toʻlamaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi quyidagi yoʻllar bilan toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish, shuningdek suvdan foydalanish va suv isteʼmoli yuzasidan shartnomani bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish unga ruxsatnoma bergan organning qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(57-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilgan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy suv obyektlari suvidan foydalanish va isteʼmol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sunʼiy suv obyektlari suvidan foydalanish va suvini isteʼmol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan ular tomonidan qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun — limitdan ortiqcha olingan har ming kub metr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan suv olish suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida;
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasisiz suv olganlik yoki suvdan foydalanganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida;
(60-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suvni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.
(60-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yil mobaynida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi takroran buzilgan taqdirda, ushbu bandda koʻrsatilgan jarima sanksiyalari oʻn baravar miqdorida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilariga nisbatan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun jarima sanksiyalari bir yilda ikki marta (kuz-qish va vegetatsiya davrlari yakunlari boʻyicha), qolgan suv isteʼmolchilari uchun esa — kalendar yil yakunlari boʻyicha bir marta qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarda ushbu bandda koʻrsatilgan jarima sanksiyalaridan tashqari boshqa qoʻshimcha javobgarlik choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalari, belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan — sunʼiy suv obyektlaridan suv olishda;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organlari tomonidan – tabiiy suv obyektlaridan suv olishda qoʻllaniladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Kommunal-maishiy xoʻjalikda suvdan foydalanish va suv isteʼmolining belgilangan tartibi buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga – tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalari sud tomonidan qoʻllaniladi, ular aybiga iqror boʻlgan va jarima sanksiyalarini ixtiyoriy ravishda toʻlagan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan holatlarda jarima sanksiyalarini qoʻllanish ushbu Nizomning 61-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda oʻrnatilgan suv olish qurilmalarini (nasos stansiyasi, sifon va boshqalar) tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining oʻzi tomonidan yoki uning mablagʻi hisobiga amalga oshiriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Tashkilotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashlari shart.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushgan pul mablagʻlari Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima solishdan tushadigan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 foizi — respublika budjetiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(67-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(67-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi.
(67-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 155-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son), 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 03.04.2021-y., 09/21/174/0279-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)