02.05.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UShLAB BERISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy huquqbuzarlikni amalga oshirgan shaxslarni oʻzaro ushlab berish toʻgʻrisida quyidagi qoidalarni qabul qilish orqali har ikkala Tomonning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlik samaradorligini oshirish niyatida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilikning oldini olish va terrorizmga qarshi kurashda konkret tadbirlarni amalga oshirish zarurligini eʼtirof etib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda.
Ushlab berish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan holat va shartlarga muvofiq huquqbuzarlikda ayblanayotgan yoki hukm qilingan, soʻrayotgan Tomon hududida ushbu Shartnomaning 2-moddasida berilgan taʼrifga muvofiq, ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikni amalga oshirgan hamda soʻralayotgan Tomon hududida boʻlib turgan shaxsni, uning ushbu huquqbuzarligi Shartnoma kuchga kirganidan avval yoki keyin amalga oshirilganidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushlab berish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushlab berish, agar shunday holatlarda soʻralayotgan Tomon ham yurisdiksiyaga ega boʻladigan huquqbuzarlik yuzasidan, soʻrayotgan Tomon hududidan tashqarida amalga oshirilgan, ushbu Shartnomaning 2-moddasida berilgan taʼrifga muvofiq keladigan va uning yurisdiksiyasiga kiradigan huquqbuzarlik tufayli ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda soʻralayotgan Tomon huquqbuzarlikning qay darajada ogʻir ekanligini hisobga olgan holda, ishning barcha jihatlariga eʼtibor qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushlab berish, shuningdek ushbu Shartnomaning 2-moddasi taʼriflariga muvofiq keladigan, soʻrayotgan Tomonining fuqarosi uchinchi davlatda sodir etgan va soʻrayotgan Tomon oʻz yurisdiksiyasini huquqbuzarning fuqaroligi bilan dalillayotgan huquqbuzarlikka nisbatan, yoki soʻralayotgan Tomon hududida sodir etilgan hamda shu Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikka nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda.
Ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadigan huquqbuzarliklar ushbu Shartnomaga muvofiq ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soliq toʻlash va daromad borasidagi, shuningdek fiskal tarzdagi huquqbuzarliklar ham ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda.
Tarkibli jinoyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaga muvofiq, ushlab berish talab etilayotgan shaxsning qilmishi, u soʻralayotgan Tomon hududida toʻla yoki qisman amalga oshirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, bu qilmish va uning oqibati yoxud kutilayotgan oqibati, birgalikda olib qaralganida, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklarga nisbatan ham ushlab berish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda.
Fitna, gijgijlash, suiqasd. Gʻayrihududiy yurisdiksiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra har qanday uchinchi shaxsning fitna, gijgijlash, suiqasdga urinish kabi qilmishlari, ushlab berishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlikni boshlashi yoki unda ishtirok etishi huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan birining istalgan fuqarosi uning hududidan tashqarida amalga oshirgan har qanday huquqbuzarlik ham huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda.
Ushlab berishni rad etish uchun asos
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi hollarda ushlab berishni rad etish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1 huquqbuzarlik sodir etilgan paytda shaxs soʻralayotgan Tomonning fuqarosi boʻlgan boʻlsa; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2 soʻrayotgan Tomonga bergan taqdirda u irqiy, diniy, milliy mansubiyati yoxud siyosiy qarashlari tufayli sudga tortilishi yoki jazolanishi mumkinligini isbot qilishi; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3 u soʻrayotgan Tomonga barcha holatlarni hisobga olgan holda uni ushlab berish quyidagi sabablarga koʻra nohaq va shafqatsiz boʻlishini isbotlay olsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3.1 soʻralayotgan Tomonning qonunlariga koʻra, jinoiy taʼqibni qoʻzgʻash yoki hukmni ijro etish uchun belgilangan muddatning oʻtib ketganligi yoxud boshqa qonuniy asos bunga yoʻl bermasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3.2 unga qoʻyilgan aybning sudga tortishga olib kelmasligi, yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4 soʻralayotgan Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishga yoʻl qoʻyilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5 shaxs ayblanayotgan yoki shu asosda hukm qilingan huquqbuzarlik harbiy jinoyat boʻlib, umumiy jinoyat huquqida huquqbuzarlik sanalmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar shaxs soʻrovda koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun soʻralayotgan Tomonda jinoiy taʼqib etilgan hamda hukm qilingan yoki oqlangan hollarda ham uni ushlab berish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻrovni taqozo etgan qilmishi uchun shaxs bu Tomonning sudi tarafidan sudlanishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻtalayotgan jazo muddatining tutashiga olti oydan oz muddat qolgan ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda.
Siyosiy mulohazalarga koʻra rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar huquqbuzarlik siyosiy xususiyatga ega boʻlsa, ushlab berish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Shartnomaga koʻra, quyidagi huquqbuzarliklar siyosiy xususiyatga ega huquqbuzarlik hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Havo kemalarini noqonuniy egallashning oldini olish toʻgʻrisida imzolash uchun Gaaga shahrida 1970-yil 16-dekabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish toʻgʻrisida imzolash uchun Monreal shahrida 1971-yil 21-sentabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(c) Xalqaro muhofazaga ega boʻlgan shaxslarga, bunga diplomatik agentlar ham kiradi, qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va barham berish toʻgʻrisida imzolash uchun Nyu-York shahrida 1973-yil 14-dekabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Odamlarni garovga ushlab turishga qarshi Nyu- York shahrida 1979-yil 17-dekabrda ochilgan Xalqaro konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) qotillik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(f) qasddan boʻlmagan va yengillashtiruvchi hollardagi qotillik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) jarohatlash yoki ziyon yetkazganlik, qurol-yarogʻ, xavfli moddalar ishlatgan holda yoinki boshqa biron tarzda ataylabdan yaralash va ogʻir tan jarohati yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(h) kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida portlashlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) qasddan oʻzi yoki boshqalar vositasida kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida portlovchi moddalarni ishlab chiqarish yoki sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) qasddan oʻzi yoki boshqalar vositasida kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida oʻq otar qurollar va boshqa narsalarni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) oʻzi va boshqa kishilarni hibsga olish yoki tutishga shaxsning qarshilik qilishi va daf etish niyatida qurol ishlatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(l) kishilar hayotiga tajovuz qilish yoki ularning hayotiga xavf solib turgan falokatdan qutulish imkoniyatini yoʻqqa chiqarish niyatida jamoatchilik ishlatadigan yoki boshqa maqsadda qoʻllanadigan mol-mulkka ziyon yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(m) toʻlov undirish niyatida kishilarni oʻgʻirlash, ayollar va bolalarni oʻgʻirlash, noqonuniy hibsga olish, noqonuniy ushlab turish, bunga garovga olish ham kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(n) qotillikka gijgijlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(o) soʻralayotgan Tomonning qonunlariga muvofiq terrorizmga aloqador deb hisoblanadigan boshqa huquqbuzarliklar, siyosiy tarzdagi bundan huquqbuzarliklar mustasno, yoki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(p) mazkur huquqbuzarliklarni maxfiy ravishda amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinish yoxud shunday huquqbuzarliklarni amalga oshirgan yoki amalga oshirishga uringan shaxslarga sheriklik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda.
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar soʻralayotgan Tomon ushbu Shartnoma 5- moddasining 1.1 va 3-bandlarida koʻrsatilgan sabablarga koʻra ushlab berishni rad etsa, u bu ishni qabul qilib olib, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun oʻz vakolatli organlariga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar vakolatli organlar ushbu ish yuzasidan jinoiy taʼqibni amalga oshirmaslikka qaror qilgan boʻlsa, ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yana ushbu Shartnomaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda.
Ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon hududida boshqa jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, ushlab berish ish boʻyicha tadbirlar yakunlanishiga qadar, jazoni oʻtab boʻlish yoki muddatidan oldin ozod qilinishiga qadar kechiktirilishi mumkin, bu toʻgʻrida soʻrayotgan Tomonga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushlab berishning kechiktirilishi javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketishiga sabab boʻlsa yoki huquqbuzarlikni tekshirishni qiyinlashtiradigan boʻlsa, shaxs soʻrayotgan Tomonning maxsus soʻrovi boʻyicha vaqtincha ushlab berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs soʻralayotgan Tomonga ish boʻyicha tadbirlar tugashi bilanoq qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda.
Ushlab berish protsedurasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov diplomatik kanallar orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1 ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsning familiyasi va ismi (ota ismi), uning fuqaroligi, yashash yoki boʻlib turish joyi va boshqa zarur materiallar, shuningdek, iloji boʻlsa bu shaxsning ogʻzaki qiyofasi, fotorasmlari va barmoq izlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2 soʻrov ushlab berilishini taqozo etgan huquqbuzarlik tarkibining tavsifi; va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3 tegishli qonunning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3.1 shunday huquqbuzarlik baholangan matni; hamda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3.2 ushbu huquqbuzarlik amalga oshirilganligi uchun sanksiyasi matni ilova etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov matniga mazkur maʼlumotlardan tashqari, soʻrayotgan Tomonning sudi yoki vakolatli organining hibsga olish uchun qarori nusxasi ilova etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soʻrov hukm qilingan shaxsga oid boʻlsa, unga shuningdek hukmning tasdiqlangan nusxasi hamda ushbu shaxs hukmni inkor etolmasligi xususida bayonnoma ilova qilinishi, shuningdek ushbu shaxs jazo muddatining qancha qismini oʻtamaganligi koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soʻralayotgan Tomon ushbu Shartnoma boʻyicha unga taqdim etilgan axborot yetarli emas, deb hisoblasa, tez orada qoʻshimcha axborot etilishi darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda.
Vaqtincha hibsga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oshigʻich hollarda soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomon vakolatli organlarining diplomatik kanallar yoki Xalqaro Jinoiy Politsiya Tashkiloti INTERPOLning Milliy Markaziy Byurosi orqali bergan soʻroviga binoan oʻz qonunlariga muvofiq holda shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olingunicha ham hibsga olishi mumkin. Bu xildagi soʻrovda ushbu shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborish hamda unga tegishli hibsga olish toʻgʻrisida order yoki hukm mavjudligiga havola etilishi hamda agar mavjud boʻlsa, ushbu Shartnoma 9-moddasining 2.1 hamda 2.3 bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar, shuningdek soʻralayotgan Tomon hududida shaxs huquqbuzarlikni amalga oshirgan yoki taʼqib qilinayotgan holida hibsga olish uchun order berilishida asqotadigan boshqa axborot boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinmasa, soʻrov asosida hibsga olingan shaxs hibsga olinganidan keyin 60 kunlik muddat oʻtgunicha ozod qilinishi lozim. Bu qoida keyinchalik ushbu shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov olinganidan keyingi tadbirlarini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda.
Maxsus qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berilgan shaxs soʻralayotgan Tomonning roziligisiz soʻrayotgan Tomon hududida soʻrovda koʻrsatilganidan boʻlak huquqbuzarlikni amalga oshirganligi shuningdek uni ushlab berish toʻgʻrisidagi asoslovda etilgan, dalillar asosida fosh etilgan, biroq kamroq ahamiyatli boʻlgan huquqbuzarliklar uchun jazoga tortilmasligi hamda ushbu shaxs soʻralayotgan Tomonning oldindan roziligi olinmasdan turib hech qaysi uchinchi davlatga berib yuborilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi hollarda soʻralayotgan Tomonning roziligini soʻrash talab etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1 ushlab berilgan shaxs jinoiy taʼqib, jazoni oʻtash tugaganligi yoki istalgan qonuniy asosda ozod etilganidan keyin 30 kun ichida, imkoni boʻlgani holda soʻrayotgan Tomon hududini tark etmagan boʻlsa. Berilgan shaxs soʻrayotgan Tomon hududini oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga binoan tark etish imkoni boʻlmagan vaqt bunga qoʻshilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2 ushlab berilgan shaxs soʻrayotgan Tomon hududini tark etgach, oʻz ixtiyori bilan yana unga qaytib kelsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu modda 1-bandining qoidalari shaxs soʻrayotgan Tomonga qaytib kelganidan keyin amalga oshirgan huquqbuzarliklarga yoki bu huquqbuzarliklarga bogʻliq ravishda kelib chiqadigan masalalarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda.
Hujjatlar va isbotlarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq ravishda nashr etilgan yoki tasdiqlangan, shuningdek vakolatli sudlar va boʻlak organlar tarafidan belgilangan tartibda olingan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida legalizatsiya qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Tomon hududida rasmiy hisoblangan hujjatlar ikkinchi Tomon hududida ham rasmiy kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda.
Soʻrovlar ustuvorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir huquqbuzarlik yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlardan bir miqdordagi soʻrovlar tushgan boʻlsa, ustuvorlik avval huquqbuzarlik qaysi Tomonning hududida amalga oshirilib, uning xavfsizligi va manfaatlariga, yoki fuqarolarining xavfsizligi hamda manfaatlariga daxl qilgan boʻlsa, oʻshanga va oxirgi navbatda ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs qaysi Tomonning fuqarosi boʻlsa, oʻshanga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar shart-sharoit bir xil boʻlsa, soʻrovni birinchi boʻlib bergan Ahdlashuvchi Tomonga imtiyoz beriladi. Agar ushlab berish bir necha huquqbuzarlik yuzasidan talab etilayotgan boʻlsa, imtiyoz jinoyat tarkibi va uning jiddiyligiga qarab belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda.
Oʻlim jazosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrayotgan Tomonning qonunlariga muvofiq, ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsga amalga oshirgan huquqbuzarligi uchun oʻlim jazosi berilishi mumkin boʻlsa, ammo soʻralayotgan Tomonning qonunlarida bunday huquqbuzarlik uchun oʻlim jazosini belgilash koʻzda tutilmagan boʻlsa, bunday hollarda soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning fikricha oʻlim jazosi amalga oshirilmasligiga yetarli darajada inontirmagunicha ushlab berish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda.
Oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berishga ruxsat olinganligi toʻgʻrisida xabarni olgach, Tomonlar asossiz kechiktirishsiz talab etilayotgan shaxsni oʻtkazish yuzasidan kelishib oladilar va soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonga talab etilayotgan shaxs qaysi muddat davomida berish uchun ushlanganini xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaxs soʻralayotgan Tomon hududidan shu soʻralayotgan Tomon belgilagan maqbul vaqt ichida qabul qilib olib ketilishi kerak, basharti, shaxs bu davr ichida olib ketilmasa, soʻralayotgan Tomon ushbu shaxsni ozod qilishi va uni ayni jinoyati tufayli ushlab berishni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tomonlardan birontasi uzrli sabablarga binoan ushlab berilishi kerak boʻlgan shaxsni berish yoki qabul qilish imkonini topolmasa, u bu toʻgʻrisida boshqa Tomonni xabardor qiladi. Bu holda har ikkala Tomon ushlab berishning yangi muddatini tayinlaydilar, bunda ushbu moddaning 2-bandi qoidalari qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda.
Tranzit oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar shaxs biron-bir Tomonga boshqa Tomonning hududi orqali uchinchi davlatdan olib kelinadigan boʻlsa, ushbu shaxs. beriladigan Tomon boshqa Tomondan ushbu shaxsni uning hududi orqali tranzit oʻtkazish uchun ruxsat berishni soʻraydi. Bu qoida havo transportidan foydalanilayotgan va boshqa Tomonning hududida qoʻnib oʻtish moʻljallanmagan hollarda qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tegishli axborot darj etilgan bunday soʻrov olingach, soʻralayotgan Tomon ushbu soʻrovni oʻz qonunlarida koʻzda tutilgan tartiblarga muvofiq koʻrib chiqadi. Agar bu soʻrovni bajarish uning tub maqsadlariga ziyon yetkazmasa, soʻralayotgan Tomon uni tezda qondirish chorasini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tranzit tashish chogʻida tranzit davlati shaxsni hibsda saqlashning yuridik imkoniyatlarini etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moʻljallanmagan qoʻnish hollarida tranzit olib oʻtilishi toʻgʻrisida soʻrov berilishi kerak boʻlgan Tomon kuzatuvchi xodimning iltimosiga koʻra, tranzit tashish toʻgʻrisida ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq soʻrov olingunicha 48 soatlik vaqt mobaynida shaxsni hibsda ushlab turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda.
Jinoyatga aloqador narsalarni berib yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soʻralayotgan Tomon oʻz qonunlarida belgilangan tartiblar doirasida, soʻrayotgan Tomonning soʻroviga koʻra, ushlab berilayotgan shaxs amalga oshirgan jinoyat quroli boʻlib xizmat qilgan, shuningdek jinoyat izlari qolgan yoki jinoyat orqasida topilgan narsalarni berib yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur narsalar ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsning oʻlimi, qochib ketganligi yoki boshqa sabablar bilan amalga oshmay qolgan hollarda ham berib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻralayotgan Tomon ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan narsalarni berib yuborishni, agar ular soʻralayotgan Tomonda boshqa jinoiy ish koʻrib chiqilishi uchun lozim boʻlsa, bu ish yakunlanguniga qadar orqaga surishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Uchinchi shaxslarning soʻrayotgan Tomonga berib yuborilgan narsalariga boʻlgan huquqlariga qayta ziyon yetkazilmaydi. Ishni koʻrib chiqish yakunlanganidan keyin soʻrayotgan Tomon bu narsalarni oʻz hududida yashaydigan egalariga qaytarib beradi. Agar ularning egalari soʻralayotgan Tomon hududida boʻlsa, bu narsalar ularga topshirish uchun berib yuboriladi. Agar narsalarning egalari uchinchi davlat hududida boʻlsalar, narsalarni ularga qaytarish xarajatlari soʻrayotgan Tomon hisobidan boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Narsalar va pul mablagʻlarini oʻtkazish soʻralayotgan Tomon qonunlarida koʻzda tutilgan doirada boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda.
Ushlab berishda oʻzaro huquqiy yordam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar oʻz qonunlariga muvofiq, ushlab berishni taqozo etadigan jinoiy ishlar yuzasidan bir-biriga imkoni boricha huquqiy yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda.
Ushlab berish yuzasidan xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab berishga aloqador barcha xarajatlarni hududida ushlab berish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon koʻtaradi. Ushlab berilgan shaxsni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali uchinchi davlatdan tranzit tashish xarajatlari tranzitni amalga oshirayotgan Tomon zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda.
Tillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlat tillaridan foydalanadilar va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat tilidagi yoki inglizcha tarjimasini ilova etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda.
Xalqaro konvensiyalar/shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro konvensiyalar shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda.
Maslahatlashuvlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan ushbu Shartnomani yaxlit yoinki undagi biron-bir konkret jihatni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan darhol maslahatlashuv oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda.
Ratifikatsiya va faoliyatini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali istalgan vaqtda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga uning faoliyatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida bildirishnoma yuborib, uning faoliyatini toʻxtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma shunday bildirishnoma olganidan keyin olti oy oʻtgach oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehli shahrida, 2000-yil 2-mayda ikki nusxada, oʻzbek, hind va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqinda har xilliklar kelib chiqqan hollarda ingliz tilidagi matn qoʻllanadi.

(imzolar)