16.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2378
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011—2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq, mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.