Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISTEʼMOL TOVARLARINING AYRIM GURUHLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA ChETDAN KELTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatishi va ular oʻrtasidagi sogʻlom raqobat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish asosida kontrabanda tovarlarini chetdan keltirish va sotishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2012-yil 1-yanvardan boshlab chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarining ayrim guruhlari bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar erkin muomala (keyingi oʻrinlarda import deb ataladi) uchun chiqarish rejimida maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilishning majburiy joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilish tizimini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan chetdan keltiriladigan zarur texnologik asbob-uskunalar, sarflash materiallari hamda “Markirovka qilish va audit” idoralararo axborot tizimining dasturiy taʼminoti roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarini markalanmagan shaklda sotish va saqlash taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarini markalanmagan shaklda sotish va saqlash holatlariga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllagan holda, savdo (hujjatlari mavjud boʻlmagan tovarlarni sotish) qoidalarini buzish sifatida qaralsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-fevraldagi 47-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini savdo tarmogʻida 2012-yil 1-iyulgacha maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markalamasdan sotish mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar 2012-yil 1-yanvargacha import qilingan isteʼmol tovarlarini markirovka qilish uchun tovarlar importning bojxona rejimida rasmiylashtirilganini tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda oʻzlaridagi mavjud isteʼmol tovarlarini markirovka qilish uchun buyurtmanomalarni xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy boʻyicha DBQning hududiy boshqarmalariga berishlari mumkin. Bunda isteʼmol tovarlarini identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tovarlar sotiladigan yoki saqlanadigan joylarda DBQning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatiga yangidan kiritiladigan isteʼmol tovarlarini bunday isteʼmol tovarlari roʻyxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida ushbu belgilar bilan markirovka qilmagan holda sotishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi maxsus nazorat identifikatsiya belgilarini muomalaga kiritish maqsadida maxsus jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga zarur texnologik asbob-uskunalar, sarflash materiallari hamda “Markirovka qilish va audit” idoralararo axborot tizimining dasturiy taʼminoti sotib olinishini oʻn kun muddatda taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga muvofiq miqdorda himoya elementlari bor boʻlgan qogʻoz olinishi va ishlab chiqarilishini, yelim asosini tushirish uchun joʻnatishni va import boʻyicha himoya elementlari bor boʻlgan oʻzi yelimlanadigan qogʻoz olinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqarilgan himoya elementlari bor boʻlgan qogʻoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilishini va himoya elementlari bor boʻlgan oʻzi yelimlanadigan qogʻoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, Davlat soliq qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga isteʼmol tovarlarining ayrim guruhlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilish tizimini joriy etish doirasida texnologik asbob-uskunalar va sarflash materiallarini kontraktlarni sifati, bozor konyunkturasi narxlari darajasiga muvofiqlik yuzasidan mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan konsalting firmalarining xulosalari asosida, istisno tariqasida, tender savdolari oʻtkazmasdan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ishlab chiqaruvchi korxonalarning bevosita rasmiy vakillaridan sotib olishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarining chetdan keltirilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlari sotilishi va saqlanishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda, import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim guruhlari maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilinishi tizimi joriy etilishi toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda import qilishda maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan chetdan keltirilayotgan isteʼmol tovarlari ayrim guruhlarini markirovka qilish natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy axborotni 2012-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin hamda, zarurat boʻlganda,tegishli qonunchilik normalarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
324-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom erkin muomala (keyingi oʻrinlarda import deb ataladi) uchun chiqarish bojxona rejimiga chiqarishda maxsus nazorat identifikatsiya belgilari (keyingi oʻrinlarda identifikatsiya belgilari deb ataladi) bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlari ayrim guruhlarini markirovka qilishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari rasmiy foydalanishi, shu jumladan ularning ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanilishi uchun moʻljallangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma namunalari, sinash, tadqiq etish uchun namunalar sifatida chet eldan olib kelinadigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tranzit maqsadlari uchun moʻljallangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan bojxona toʻlovlari solinmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 235-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojsiz savdo doʻkonlarida sotiladigan isteʼmol tovarlariga identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilishga joriy etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Identifikatsiya belgilariga buyurtma berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib keluvchi shaxs ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan paytdan boshlab 1—15 kun mobaynida 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tovarlarni identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish yuzasidan buyurtmanoma taqdim etadi. Buyurtmanoma tovarlar tushgan joy boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda DBQ deb ataladi)ning bojxona postiga beriladi.
LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona posti xodimi buyurtmanomalarni qabul qilishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq bojxona postida identifikatsiya belgilarini tayyorlashga buyurtmanomalarni hisobga olish daftarini toʻldiradi. Buyurtmanomalar daftarga qayd etilgandan keyin bojxona posti xodimi bir ish kuni mobaynida identifikatsiya belgilarining zarur sonini tayyorlash uchun DBQning hududiy boshqarmasiga murojaat qiladi.
LexUZ sharhi
5-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. DBQ hududiy boshqarmasining identifikatsiya belgilarini tayyorlash uchun masʼul boʻlgan xodimi ikki ish kuni mobaynida maxsus printyerlarda termotrans bosma usulida (shtrix kod tarzida) identifikatsiya belgilarini tayyorlaydi, buyurtmanomalarni hisobga olish daftarida qayd etadi va ularni tashkiliy-inspektorlik boʻlimi orqali bojxona postiga yuboradi.
LexUZ sharhi
7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Isteʼmol tovarlarining identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish buyurtmanomalar asosida, bojxona posti xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Identifikatsiya belgilarini tayyorlash va berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Identifikatsiya belgilari DBQning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli shartnoma asosida ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan namuna boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasidan (keyingi oʻrinlarda “Davlat belgisi” DIB deb ataladi) DBQ tomonidan sotib olinadigan himoya elementlari bor boʻlgan, oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozda tayyorlanadi. Identifikatsiya belgilarining dizayni va himoya qilish darajasi DBQ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda “Davlat belgisi” DIB tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoya elementlari bor boʻlgan oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz qiymati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
LexUZ sharhi
9-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni olish uchun DBQ ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha haqi toʻlanishi toʻgʻrisidagi ikki nusxada kafolat xati bilan oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni sotib olishga buyurtmanoma shaklidagi buyurtmani “Davlat belgisi” DIBga rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Davlat belgisi” DIB oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni olish uchun buyurtmanomalarni qabul qilishda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni tayyorlash yuzasidan buyurtmanomalarni hisobga olish daftarida qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Raqamlanishi ortib boradigan oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz tayyorlangandan keyin “Davlat belgisi” DIB bu haqda DBQni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. DBQ oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz uchun haq toʻlangandan keyin oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni olish uchun toʻlov topshiriqnomasi bilan “Davlat belgisi” DIBga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmanomada koʻrsatilgan oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz uchun haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgandan keyin “Davlat belgisi” DIBning masʼul shaxsi ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni berish yuzasidan 2 nusxada kvitansiya toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Davlat belgisi” DIBning masʼul shaxsi DBQning vakolatli xodimiga ortib boradigan raqamlash boʻyicha oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozning buyurtmanomada koʻrsatilgan sonini beradi va bu haqda oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni olish uchun kvitansiyaga belgi qoʻyadi. Kvitansiyaning bir nusxasi “Davlat belgisi” DIBning masʼul shaxsida qoladi, ikkinchi nusxasi DBQning vakolatli xodimiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Davlat belgisi” DIB oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz DBQning vakolatli xodimiga berilgunga qadar shikastlanmasdan oʻramda saqlanishini taʼminlashga majbur. Buzilmagan oʻramdagi oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozning soni DBQning vakolatli xodimida shubha tugʻdirgan hollarda, ular “Davlat belgisi” DIBning vakillarining majburiy ishtirokida tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. DBQ tomonidan olingan oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz nominal qiymati boʻyicha 006 “Qatʼiy hisobot beriladigan blankalar” balansdan tashqari hisob raqamiga kirim qilinadi. Oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz kirimi va sarfi hisobi qatʼiy hisobot beriladigan blankalar uchun oʻxshash boʻlgan tartibda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Identifikatsiya belgilari termotransfer bosma usulida (shtrix kod tarzida) maxsus printyerlarda tayyorlanadi. Shtrix kodi oʻzida tegishli axborot — tovarning nomi, tovarning miqdori, olib kirayotgan shaxsning nomi, eksport qiluvchining nomi, yuk bojxona deklaratsiyasining roʻyxatdan oʻtkazish raqami va tayyorlovchi zavod tomonidan qoʻyiladigan tovarning seriyali raqami mavjud boʻlgan ular orasida qora kvadratlar va och rang oraliqlar boʻlgan kombinatsiyalardan iborat rasmni ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Identifikatsiya belgilarini markirovka qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini identifikatsiya raqamlari bilan markirovka qilish bojxona posti xodimlari tomonidan tovar tushgan joy boʻyicha importning bojxona rejimiga bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi. Identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini olib keluvchi shaxslar yuk bojxona deklaratsiyasining 31-ustunida tayyorlovchi zavod tomonidan yetkazib beriladigan chetdan keltirilayotgan isteʼmol tovarlarining seriya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Identifikatsiya belgisi bojxona posti xodimi tomonidan tovarning oʻramiga tushiriladi, u tovar sotilguniga qadar undan ajratilmaydi va tovar belgi bilan sotuvga qoʻyiladi, yoki bevosita tovarga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Identifikatsiya belgilari sotilmaydi, boshqa shaxslarga berilmaydi, DBQning hududiy boshqarmalari bojxona postlari tomonidan qaytarilgan holatlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
21-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Davlat bojxona xizmati organlarida identifikatsiya belgilari hisobini yuritish, hisobot berish va ular ustidan nazorat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Identifikatsiya belgilariga qatʼiy hisobot beriladigan blankalar sifatida buxgalteriya hisobi qoidalari tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Identifikatsiya belgilari hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobot berish ularning soni boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. DBQning hududiy boshqarmalari identifikatsiya belgilaridan foydalanishning toʻgʻriligi va hisobdan chiqarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 10-kunigacha har chorakda DBQning hududiy boshqarmalari joriy chorak birinchi oyining 1-kunidagi holati boʻyicha DBQga olib kirayotgan shaxslar, tovarlar boʻyicha identifikatsiya belgilarining harakati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Koʻrsatib oʻtilgan axborot ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bojxona postlari identifikatsiya belgilaridan foydalanish boʻyicha toʻgʻri hisob yuritilishini taʼminlashlari va shikastlangan belgilarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgunga qadar ularni yoʻqotmasdan saqlashlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Identifikatsiya belgilari saqlanishi va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi uchun javobgarlik DBQning tegishli xodimlariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Davlat bojxona xizmati organlarida identifikatsiya belgilarini hisobdan chiqarish va yoʻq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Identifikatsiya belgilari shikastlangan holatlarda bojxona postlari barcha shikastlangan identifikatsiya belgilarini shikastlangan identifikatsiya belgilarini yoʻq qilish uchun topshirish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma bilan birgalikda DBQning hududiy boshqarmalariga qaytarishi shart.
LexUZ sharhi
28-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Shikastlangan identifikatsiya belgilari quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda 10 donadan “A4” formatdagi qogʻozning alohida varaqlariga yelimlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya belgilari buklanmasdan va qiyshaytirilmasdan yelimlanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilar belgining markaziy qismi va matn aniq koʻrinadigan tarzda yopishtirilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilar uzilganda uning alohida qismlari birlashtirilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikastlangan identifikatsiya belgilari yopishtirilgan “A4” formatdagi qogʻozning har bir alohida varagʻi tegishli bojxona posti xodimining shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Identifikatsiya belgilari tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan DBQ hududiy boshqarmasi xodimi shikastlangan identifikatsiya belgilarini muntazam ravishda toʻplaydi va hisobot davridan keyingi yarim yillik birinchi oyining 10-kunigacha boʻlgan muddatda ularni DBQga yuboradi.
LexUZ sharhi
30-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Hisobot davridan keyingi yil birinchi oyining 30-kunigacha boʻlgan muddatda DBQ, “Davlat belgisi” DIB va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillaridan kamida 3 kishidan iborat tarkibda komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari buzilgan identifikatsiya belgilarining haqiqiyligini oʻrganadilar va imzo bilan tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Shikastlangan identifikatsiya belgilarining haqiqiyligini oʻrganish va yoʻq qilish jarayonlari videotasvirga tushirilishi va keyinchalik shikastlangan identifikatsiya belgilarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi tegishli dalolatnomaga ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yoʻq qilish yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bu haqda shikastlangan identifikatsiya belgilarini yoʻq qilish dalolatnomasida tegishli yozuv qayd etiladi, dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Nostandart hamda buyurtma qilingan sondan ortiqcha yuklangan identifikatsiya belgilari ushbu Nizomning 28—33-bandlariga muvofiq belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini nazorat qilishda davlat bojxona va soliq xizmati organlarining oʻzaro hamkorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlari chetdan keltirilishini nazorat qilish DBQ xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini sotish va saqlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xodimlari tomonidan nazorat qilish identifikatorlar (skanyerlar) yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini importning bojxona rejimida bojxonada rasmiylashtirishda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan “Markirovka qilish va audit” idoralararo axborot tizimining maʼlumotlar bazasi, shu jumladan yoʻq qilingan identifikatsiya belgilari boʻyicha alohida reyestr shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar bazasida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyalari va identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan tovarlarning tayyorlovchi zavod tomonidan taqdim etiladigan seriya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. “Markirovka qilish va audit” idoralararo axborot tizimidan foydalanish hamda davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari oʻrtasida axborot ayirboshlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan isteʼmol tovarlarini markirovka qilish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ushbu Nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
1-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy boshqarmada identifikatsiya belgilarini tayyorlash yuzasidan buyurtmanomalarni bojxona postida hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAFTARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Import qiluvchining nomi
Identifikatsiya belgilarini tayyorlash yuzasidan buyurtmanomalarning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami va sanasi
Identifikatsiya belgilari soni
Vaqtinchalik saqlash yoki bojxona ombori rejimidagi yuk bojxona deklaratsiyasi tartib raqami
1
2
3
4
5
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat belgisi” DIB bosh direktori _________________________________________________ga
(F.I.O.)
20___ yil “____” __________________da roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami _______________________
Oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz sotib olish yuzasidan BUYuRTMANOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ______ oʻram/ta oʻzi yopishadigan maxsus qogʻoz tayyorlab berishingizni soʻraydi.
DBQ raisi oʻrinbosari ________________________________________________________________
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz tayyorlash yuzasidan buyurtmanomalarni hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAFTARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Buyurtmanomaning tartib raqami
Oʻzi yelimlanadigan qogʻozlar soni (oʻram/ta)
1
2
3
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan markirovka qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi
Oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻozni berish KVITANSIYASI
20___ yil “____” _________________da roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami __________________
(“Davlat belgisi” DIB xodimi tomonidan toʻldiriladi)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan _________ soʻmga ______________ miqdorida oʻzi yelimlanadigan maxsus qogʻoz olish uchun berilgan.
Harorat va havo namligini oʻzgartirish uchun dvigateli va priborlari boʻlgan, ventilyator bilan uskunalangan havoni konditsiyalash uchun qurilma, shu jumladan, havoni alohida tartibga solish mumkin boʻlmagan konditsionyerlar
Plastina, silindrlar va 8442 tovar pozitsiyasi boshqa bosma shakllari bilan bosishda foydalaniladigan bosma mashinalar; boshqa printyerlar, nusxa koʻchirish apparatlari va faksimil apparatlari, birlashtirilgan yoki birlashtirilmaganlari
Ovoz yozgichi yoki ovoz kuchaytirish apparatlari yoki soatlari boʻlgan qoʻshma yoki bitta korpusga birlashtirilmagan radioeshittirish uchun qabul qiluvchi apparatlar
Tarkibiga qabul qiluvchi televizion apparat kirmaydigan monitorlar va proyektorlar; tarkibiga keng qamrovli radiopriyomnik yoki apparatura, yozib oluvchi yoki ovozni aks ettiruvchi yoki tasvirlovchilar kiradigan yoki kirmaydigan televizion aloqa uchun qabul qiluvchi apparatlar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-fevraldagi 47-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 103-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan keltiriladigan isteʼmol tovarlarini maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilish tizimini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan chetdan keltiriladigan zarur texnologik asbob-uskunalar, sarflash materiallari hamda “Markirovka qilish va audit” idoralararo axborot tizimining dasturiy taʼminoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-sentabrdagi 271-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Sarflash materiallarini keltirish har yilgi isteʼmoldan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 514-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 8-son, 103-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son)