11.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2253
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 11.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2253
Дата вступления в силу
21.08.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AVTOMOBIL YOʻLLARINI QURISH, TAʼMIRLASH VA SAQLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2253]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 14-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 14-iyuldagi 42-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalar avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalar bino va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan meʼyorlarga muvofiq bepul taʼminlanishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Kasbiy tanlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yoritqichlarning konstruksiyasi va tuzilishi elektr tarmoqning nominal kuchlanishi va tashqi muhitga mos xolda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Binodan tashqarida oʻrnatilgan, nam, oʻta nam, chang muhitli xonalardagi yoritqichlarning ishga tushirish apparatlari tashqi muhitdan himoyalangan usulda bajarilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oʻta xavfli boʻlmagan xonalarda barcha statsionar yoritqichlarga 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Choʻgʻlanma lampali mahalliy statsionar yoritqichlar uchun quyidagi kuchlanish qoʻllanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori xavfli boʻlmagan xonalarda — 220 V dan yuqori boʻlmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori xavfli va oʻta xavfli xonalarda — 42 V dan yuqori boʻlmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda koʻchma elektr yoritqichlardan foydalanilganda kuchlanish 36 V dan yuqori boʻlmasligi kerak. Oʻta xavfli xonalarda (ishlab chiqarish uskunalari, bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalarni ichki sirtini) yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlar uchun tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, oʻrtacha ogʻir ishda 17 °C va ogʻir ishda 16 °C dan past boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °Cdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Texnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalarga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlovchilarga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qoʻllash (ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda texnologik jarayonning xavfsizligini va xodimlarning himoyasini taʼminlovchi choralar koʻrish orqali);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalarni toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Texnologik jarayonlar atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Texnologik jarayonlar soz uskunalarda, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Texnologik jarayon qatʼiy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Yongʻin va portlash boʻyicha xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Texnologik jarayonlar yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yongʻin xavfsizligi. Atamalar va taʼriflar”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Ishlash jarayonida sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Ishlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Binolar va xonalar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Binolar va xonalar uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Elektr qurilmalari va ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Tashkilotda rahbarning buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs tayinlangan boʻlishi va bu shaxs elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlish talab etiladi. Masʼul shaxs hamda tashkilotdagi elektr uskunalarga xizmat koʻrsatuvchi elektrotexnik xodimlar davriy ravishda oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha bilim sinovidan oʻtishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Tashkilotning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari va profilaktik sinovlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi barcha elektrotexnik xodimlar kerakli himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Energotaʼminot korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar talablariga zid boʻlgan elektr qurilma va jihozlaridan hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Yoritqichlar, elektr qurilmalar hamda elektr tarmoqlari xonalarning muhit sharoitlariga va u yerdagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos holda tanlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Elektr qurilmalarda izolyatsiyaning ishdan chiqishi natijasida xodimlarning elektr tokidan jarohatlanishini oldini olish maqsadida barcha elektr qurilmalar zaminlangan yoki nollangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash quyidagi holatlarda amalga oshirilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuchlanish 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda barcha elektr qurilmalarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nominal kuchlanish 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda — faqat yuqori xavfli, oʻta xavfli xonalardagi va tashqi qurilmalarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash talab etilmaydi. Umumiy metall konstruksiyaga oʻrnatilgan, kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan kontrol kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Yerga tok oʻtkazuvchi konstruksiyalar konturga payvandlangan, elektr uskuna, mashina va apparatlarning korpuslari koʻp tolali egiluvchan sim orqali zanglamaydigan bolt bilan konturga biriktirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Elektr dvigatellarning aylanadigan qismlari va elektr dvigatelni mexanizmlar bilan bogʻlovchi qismlari (mufta, shkiv) toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Koʻpriklar va binolar qurilishida xavfsizlik texnikasi boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va grafik tuzilishi kerak. Grafiksiz ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Yoʻl-qurilish ishlari chuqurligi 1,5 m dan ortiq boʻlgan suv ustida bajarilayotganda ish joyi yaqinida qutqaruv jihozlari bilan jihozlangan navbatchi qayiq turishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Yoʻl-qurilish ishlari boshlangunga qadar transport vositalarini qurilayotgan obyektlarga bemalol borishini taʼminlovchi kirish yoʻllari va ichki qurilish yoʻllari boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115. Harakatni tashkil etishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan har qanday tasdiqlangan sxemalardan chetga chiqish, shuningdek nosoz texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116. Yoʻl-qurilish ishlarini boshlashdan oldin xodimlar va yoʻl-qurilishi mashinalari mashinistlari bilan turli ishoralar va bayroqchalar yordamida beriladigan shartli signallar, yoʻl-qurilishi mashinalari va transport vositalarining harakatlanishi, burilish, kirish, materiallar va jihozlar saqlanadigan joylarda manyovrlash tartibi boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117. Yoʻl-qurilish ishlarini bajarish chogʻida ishlatiladigan vaqtinchalik yoʻl belgilari, toʻsiqlar va boshqa texnik vositalarni oʻrnatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118. Ish hududidagi xavfli joylar (xandaklar, kotlovanlar, oʻralar) toʻsiqlar (devorlar) hamda qorongʻi va tuman paytida yoqiladigan signal fonarlari bilan toʻsilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119. Qurilish hududi transport vositalari va marshrutlar harakat xavfsizligini taʼminlovchi yoʻl belgilari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Balandlikda ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120. 5 m dan ortiq balandlikda bajariladigan ishlarga yoshi 18 dan kichik boʻlmagan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, ishlarni xavfsiz bajarish talablarini biladigan va balandlikda ishlarni bajarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega shaxslar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. Tirkama narvonlarda turib bajariladigan ishlar kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122. Silliq yuzaga oʻrnatiladigan koʻchma narvonlarga rezina qoplangan boʻlishi kerak. Yerga oʻrnatiladigan tirkama narvonlarga metall uchlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123. Bogʻlangan narvonlardan, shuningdek elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatayotganda va ularni taʼmirlayotganda metall narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124. Yogʻoch tirkama narvonlarning pogʻonalari har 2 m dan tortqi boltlar bilan tortilgan tarang ip bilan mahkamlangan boʻlishi kerak. Mix bilan qotirilgan yoki pogʻonalari tarang ipsiz mahkamlangan narvonlardan foydalanish taqiqlanadi. Yogʻoch narvonning uzunligi 5 m dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125. Tirkama narvonning umumiy uzunligi xodimga narvonning yuqori uchidan kamida 1 m masofadagi pogʻonada turib ishlarni bajarish imkonini berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126. Chaqmoq paytida va shamolning kuchi 6 balldan yuqori boʻlganda havoza va koʻprikchalarda turib ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127. 1,5 m dan ortiq balandlikda ishlarni bajarishda himoya kamarlaridan foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128. Himoya kamarlarida pasport boʻlishi va u har 6 oyda 225 kg statik yuk ostida 5 minut davomida sinalishi kerak. Himoya kamarida raqam va sinovdan oʻtkazilgan sana boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Yoʻl-qurilishi mashinalarida ishlashda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Yoʻl-qurilishi mashinalarida ishlashda xavfsizlikning umumiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129. Yoʻl-qurilishi mashinalari, shu jumladan osma va tirkama uskunalar montaj qilinadigan bazaviy mashinalarni boshqarishga tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan va bunday mashinalarni boshqarish va ularga texnik xizmat koʻrsatish huquqini beradigan guvohnomaga ega shaxslar qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130. Yoʻl-qurilishi mashinalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar quyidagi asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mashinalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani bilishlari va unga amal qilishlari kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinaning vazifasi va uning qoʻllanish sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashina va uning asosiy elementlarining qisqacha tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kinematik sxema va uning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinani boshqarish tizimi sxemasi va uning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moy quyish joylari, moylash materiallarining markalari, ularni quyish usullari va almashtirish davriyligi koʻrsatilgan moylash sxemasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng muhim mexanizmlarni rostlashga doir asosiy maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rostlanadigan uzellar va yigʻuv birliklari chizmalari yoki sxemalari, rostlash tartibi tavsifi, ularni bajarish davriyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashina va uning dvigatelidan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegaraviy yuk va tezliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinada ishlayotganda va unga texnik xizmat koʻrsatayotganda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poʻlat arqonlar, zanjirlar, tasmalar, podshipniklar, tormoz tasmalari, kolodkalar, zichlagichlar va ayniqsa tez yediriladigan detallar spetsifikatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pnevmogʻildirakli mashinalar uchun — burilish radiuslari va boʻylama oʻtuvchanlik miqdori, shina oʻlchamlari va ularda yoʻl qoʻyiladigan bosim toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Ish boshlangunga qadar har bir mashina sinchkovlik bilan koʻzdan kechirilishi, tekshirilishi va unda aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi, shuningdek mashinaning smena jurnali tekshirilishi, smenada texnik xizmat oʻtkazilganligi qayd qilib borilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132. Yoʻl-qurilishi ishlarida gʻildirak yoki gusenitsa tormozlari, shuningdek qoʻl tormozlari boʻlgan mashinalarda ishlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133. Bir joydan boshqa joyga harakatlanganda atrofdagilar uchun xavfni yuzaga keltiradigan mashinalar tovush va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Mashina ishlayotganda har gal uni ishga tushirish, toʻxtatish, shuningdek harakat tezligini oʻzgartirishdan oldin mashinist tirkama mashinadagi operator va xodimlarni bu haqida ogohlantirish uchun signal berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134. Sutkaning qorongʻi paytida ishlash uchun mashinalar yetarli miqdorda ichki va tashqi yoritish asboblari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Sutkaning qorongʻi paytida tashqi yoritish asboblarini qoʻshmasdan biror ishni bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135. Arqon-blok boshqaruv tizimli mashinada ishlaganda kamida bir haftada 1-marta arqonlar koʻzdan kechirilishi lozim. Agar arqonning 1 m da 10 foizgacha tola uzilishi aniqlansa, u almashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136. Gidravlik boshqaruv tizimli mashinalar ishlayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv richaglarini keskin qoʻshish va uzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimning saqlovchi klapanini mustaqil rostlash (klapanni mexanik rostlashi kerak);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shlanglar uzilgandan keyin ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidravlik tizimdagi ishchi suyuqlikni 60oS dan ortiq qizishiga yoʻl qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137. Kabinalar yoki boshqaruv maydonchalari hamda barcha richag va pedallar toza va quruq boʻlishi kerak. Richag va pedallarning belgilangan vazifasiga qarab ularni qoʻshish yoki uzish uchun taʼsir kuchi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doim ishlatiladigan richaglar uchun 2—30 N;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tez-tez ishlatiladigan richaglar uchun 30—60 N;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam ishlatiladigan richaglar uchun 120—200 N;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organlarni boshqarish pedallari uchun 40—80 N;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akselerator pedallari uchun 20—35 N.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138. Mashinist maxsus kostum, qoʻlqop va koʻzoynakda ishlashi kerak. Ish paytida mashinistga mashinani dvigateli ishlagan holda qoldirish taqiqlanadi, shuningdek u mashina konstruksiyalarida, ayniqsa, bazaviy mashina yoki tyagach va osma yoki tirkama uskuna oʻrtasida hech kim boʻlmasligini kuzatib turishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139. Sunʼiy inshootlar ustidan faqat ularning holati tekshirilgandan keyingina kesib oʻtish lozim. Bunda mashinaning, shuningdek bazaviy traktor yoki tyagachning massasi hisobga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140. Bazaviy mashinalarning kabinalarida begona shaxslarning boʻlishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Bazaviy mashinalarning kabinalarida tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Buldozerda ishlashda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142. Koʻtarilishda 20o va tushishda 30o dan ortiq boʻlgan nishabliklarda, shuningdek koʻndalang nishablik 25o dan ortiq boʻlganda buldozerning ishlashi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143. Yangi toʻkilgan koʻtarma boʻylab tuproq surayotganda buldozerni u qiyalikdan tushib ketmasligi uchun koʻtarma chekkasiga traktor gʻildiragi yoki gusenitsasi chetidan 1 m dan kam masofaga yaqinlashtirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144. Otvalni cheklagichgacha koʻtarishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145. Ish paytida buldozer bexosdan toʻxtab qolganda, otval yerga tushirib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146. Otval yerga kiritilgan, shuningdek yuklangan holda buldozerni burish, yomgʻirli havoda va loyli yerda buldozer bilan ishlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147. Buldozer qisqa muddatga toʻxtaganda ulovchi mufta uzib qoʻyilishi, dvigatel kichik oborotga oʻtkazilishi, tezlikni almashtirish richagi neytral holatga keltirilishi va otval pastga tushirilgan holatda boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148. Buldozer nisbatan uzoq muddatga toʻxtaganda otval pastga tushirilishi, dvigatel oʻchirilishi va tormoz qoʻshilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Skreperda ishlashda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149. Skreperda ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreper bazaviy traktor yoki boshqa mashina bilan qattiq moslama yordamida ulanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreper koʻtarilishda ishlayotganda uning pichogʻini juda chuqur botirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreperlar yordamida gruntni qazishda chegaraviy boʻylama nishablik 12 — 15o, koʻndalang nishablik esa 15 — 20o boʻlishi va bunda grunt quruq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreper faqat uzatish lebyodkasi oʻchirilgan holatda tashilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreperni ish uchastkasidan tashqarida harakatlantirayotganda uning kovshi koʻtarilgan holda mahkamlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovshda turish va faqat arqon-blokli yoki gidravlik boshqaruv tizimi ushlab turadigan klapan koʻtarilgan holda biror ish bajarmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidravlik boshqaruvli skreper dishlosi va bazaviy mashina oʻrtasida uzunligi skreper va mashina oʻrtasidagi elastik shlanglar uzunligidan kam boʻlgan saqlovchi arqon mahkamlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pnevmatik skreper tebranganda qulf halqali disk oldida xodimlarning turmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150. Itaruvchi traktor, skreperda yoki itaruvchi sifatida buldozer ishlatilganda quyidagi ehtiyot choralar koʻrilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
skreper mashinistining oʻtirgʻichdan va bazaviy mashina kabinasidan tushib qolishiga, shuningdek skreperning buzilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun itaruvchi mashina bir tekis, siltovlarsiz harakatlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarbalarni yumshatish uchun itaruvchi mashina yogʻoch bufer bilan jihozlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
itaruvchi mashina va traktor yoki skreper ulangan boshqa bazaviy mashinaning harakat tezligi bir xil boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
itaruvchi mashina va skreper dvigatellari bir xil markali boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovsh bir xil tezlikda toʻldirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
itaruvchi mashina skreperga taqab harakatlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Greyderlarda ishlashda xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151. Greyderni tashishda u bazaviy traktor bilan qattiq moslama yordamida ulanishi lozim. Shatakka olish zanjir va arqonlari halqa va ilgaklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152. Ish uchastkasi oxirida greyderni burib olish, shuningdek sunʼiy inshootlar ustidan kesib oʻtish traktorning bir xil tezligida bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153. Nishabligi 12 — 15o dan ortiq boʻlgan grunt yoʻllardan oʻtayotganda greyder traktor bilan qattiq moslama yordamida ulangan boʻlishi kerak. Tormozlash uchun otvaldan foydalanishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154. Greyder pichogʻini oʻrnatish va qayta oʻrnatish ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155. Harakat chogʻida bazaviy traktor va greyder oʻrtasida turish va shatakka olish qurilmalari ustidan oʻtish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va taʼmirlash paytida ishlarning xavfsizligini taʼminlashi, yongʻin va portlash xavfidan xoli boʻlishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya meʼyorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning oʻzgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari toʻsilgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, toʻxtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr oʻtkazgichlari, oʻtkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160. Katta oʻlchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat koʻrsatish, tekshirish, taʼmirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan balandda joylashganda toʻsiqlari va zinalari bor maydonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi koʻrsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻchirib qoʻyilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qoʻyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf tugʻilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri tugagandan soʻnggina oʻzining himoya vazifasini tugatishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qoʻshimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat koʻrsatish va nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatilgan boʻlishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163. Ishlab chiqaruvchi uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, shuningdek toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda qulaylik va xavfsizlikni taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki toʻr parda bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
166. Tez-tez tekshirilib turiladigan toʻsiqlar tez yoki oson yechiladigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Foydalanishga kiritishdan oldin uskunalarning texnik holatiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167. Qismlarga ajratilgan uskunalarning ishlash qobiliyati ularni yigʻgandan keyin foydalanishga kiritishdan oldin tekshirilishi lozim. Agar tekshirish jarayonida nuqsonlar aniqlansa, ishlab chiqaruvchi tashkilotga ularni tayyorlash sifati boʻyicha reklamatsiyaga yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168. Uskunalarning texnik holati ularni tashqi koʻzdan kechirish, salt holatda yurgizib koʻrish, yuk bilan sinab koʻrish yoʻli bilan tekshirilishi lozim. Shundan keyin uskunani kuch agregatidan boshlab ishchi organlar tomonga muayyan ketma-ketlikda koʻzdan kechirish va koʻzga koʻrinadigan nuqsonlar bor-yoʻqligi aniqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169. Ayrim yoʻl ishlarining mavsumiy bajarilishi baʼzi mashina va uskunalar — avtogudronatorlar, asfaltyotqizgichlar, oʻziyurar katoklar, gruntaralashtirgichlar va boshqalarni ish boʻlmagan paytda konservatsiyalash talab etilishini inobatga olgan holda, ularni foydalanishga kiritishdan oldin ichki va tashqi detallaridagi konservatsiya moyi olib tashlanishi lozim. Dizel yoqilgʻida ishlaydigan dvigatellarni konservatsiyadan chiqarishda silindrlar bloki kallagining suv yoʻllariga 90—95oS gacha qizdirilgan suv yoki bugʻ yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dizel yoqilgʻida ishlaydigan dvigatel detallari qiziydi, erigan moy karterga oqib tushadi. Bir vaqtning oʻzida tirsakli valni ikki-uch oborotga aylantirish kerak. Konservatsiya moyi oqib tushishi toʻxtagach dvigatelni konservatsiyadan chiqarish tugagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170. Konservatsiyadan chiqarilgan mashina va uskunalarning texnik holati ularni tashqi koʻzdan kechirish, salt holatda yurgizib koʻrish, yuk bilan sinab koʻrish yoʻli bilan tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Mashina yoki uskunalarni tashqi koʻzdan kechirish chogʻida ularning kuch agregatidan boshlab ishchi organlar tomonga muayyan ketma-ketlikda koʻzdan kechirish orqali koʻzga koʻrinadigan nuqsonlar bor-yoʻqligi aniqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172. Salt holatda ishlatib koʻrish orqali barcha agregat va uzellarning ishlashi, toʻgʻri yigʻilganligi, ularning ishlanganlik darajasi va oson ishga tushishi, shuningdek moylash tizimidagi bosim, ishonchli ishlashi tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173. Mashina yoki uskunani foydalanishga kiritishdan oldin yuk ostida ishlatib koʻrish lozim. Bunda ularning texnik tavsiflarining foydalanish sinovlari maʼlumotlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174. Yangi yoki kapital taʼmirdan chiqqan mashina yoki uskunani qabul qilib olgandan keyin titraydigan detallar chiniqtirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175. Agar chiniqtirish davrida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan berilgan yoʻriqnomada koʻrsatilgan vaqt mobaynida mashina va uskunalarning normal va uzluksiz ishlashi taʼminlangan boʻlsa, ular chiniqtirish tugashi bilan foydalanishga qabul qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176. Yoʻl qurilishi mashinalari va uskunalari montaj qilinib, chiniqtirilgach va maxsus komissiya tomonidan sozligi tekshirilib dalolatnoma tuzilgandan soʻng foydalanishga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
177. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178. Uskunalar zarur texnik holatda boʻlishi uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashning qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
180. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
182. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
187. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarining olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40 °C gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
192. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
194. Taʼmirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Yoʻl-qurilishi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195. Yoʻl-qurilishi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ishlari faqat maxsus ajratilgan, barcha uzel va detallar bilan ishlash qulay, yaxshi yoritilgan joylarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196. Taʼmirlash chogʻida dvigatel toʻxtatilishi (uni rostlash ishlaridan tashqari hollarda) kerak. Dvigatel ishlagan holda faqat buldozer otvali, skreper hamda arqonli va gidravlik boshqaruvli boshqa uskunalarning kovshini koʻtarish va tushirish mexanizmi ishlashini tekshirishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash punktlari mashinalarning massasi 50 kg dan ortiq boʻlgan alohida qismlari va uzellarini koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yuk koʻtarish mexanizmlari va moslamalarini belgilangan yuk koʻtarish qobiliyatidan ortiq yuklash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198. Uchqun hosil boʻlishi va yuqori harorat bilan bogʻliq ishlar taʼmirlanayotgan mashinadan tashqarida bajarilishi kerak, taʼmirlash talab etiladigan detal yoki uzelni yechib olish imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199. Payvandlash ishlari mashinadan kamida 20 m uzoqlikdagi masofada bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200. Yoʻl-qurilishi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashda faqat texnik shartlarda koʻzda tutilgan, shuningdek xodimlar (mashinistlar, taʼmirlovchilar) ishlatishga oʻrgatilgan asbob va moslamalar ishlatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201. Buldozer, skreper va boshqa mashinalarga arqonlarni oʻrnatish va ehtiyot sim arqon qoʻyish ishlari qoʻlni uzilgan sim arqon tolalari shikastlashidan saqlovchi qoʻlqoplarda bajarilishi kerak. Sim arqonlarning kesimi va uzunligi ishlab chiqaruvchi zavodning tavsiyalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202. Dvigateli ishlab turgan mashina va uskunalarda montaj-demontaj, taʼmirlash ishlarini bajarish, yoqilgʻi quyish, dvigatel tizimlari, reduktorlar va boshqa uzellarda moyni almashtirish, shuningdek mashinaning uzel va detallarini moylash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203. Gidrotizimlarni koʻzdan kechirish, ularda mahkamlash ishlarini bajarish va kichik nosozliklarni bartaraf etishda nasoslarning uzatmalari oʻchirilgan, gidrotizimlar esa umuman bosimdan uzilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204. Gidravlik boshqaruvli yoʻl qurilishi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatishda tizimdagi moy bosimi mashina uchun pasportda belgilangan meʼyordan, harorat esa 65oS oshmasligi kuzatib turilishi kerak. Gidravlik tizimning saqlovchi klapani plombalangan va manometr bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205. Texnik xizmat koʻrsatilgan mashinaning ishlashini tekshirish chogʻida kabinada begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi. Texnik xizmat va taʼmirdan chiqqan mashina salt holatda va yuk ostida tekshirilishi va shundan keyin ishga chiqarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206. Yoʻl-qurilishi mashinalarida ishlaydigan barcha shaxslar yongʻinga qarshi jihozlardan foydalanishni bilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207. Dala sharoitida vaqtinchalik mashina turadigan joylar quruq oʻtlardan tozalangan, atrofi 1 m kenglikda shudgor qilingan va yogʻoch-taxta omborxonalari, daraxtzorlar, pichan gʻaramlari va turli uy-joylardan kamida 10 m masofada joylashgan boʻlishi kerak. Mashina turadigan joylarda chekish va ochiq olov bilan bogʻliq turli taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208. Tirkama va osma uskunali traktorlarda, shuningdek oʻziyurar mashinalarda yongʻin oʻchirish uskunalari boʻlishi kerak. Traktor va mashinalar saqlanadigan joylarda ham yongʻin oʻchirish uskunalari va qum toʻldirilgan yashiklar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
209. Yongʻinga qarshi jihozlar maxsus shitda joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210. Mashinalar taʼmirlash tashkilotiga yurgizib (masofa kichik boʻlganda), shatakda, treyler yoki mashina kuzovida (baʼzan maxsus avtomobillarda) va temir yoʻl orqali olib kelinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. Taʼmirlash tashkilotiga yurgizib kelingan mashinadan zaxira yoqilgʻi, moy, ishchi va sovutish suyuqliklari toʻkib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Taʼmirlash oʻtkazish muddatlari, taʼmirlash ishlarini bajarish uchun masʼul shaxsni tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212. Taʼmirlashdan belgilangan muddatlarda oʻtmagan mashinalar foydalanish uchun qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash reja-grafiklarini tuzish uchun tashkilotlarda muntazam ravishda mashinalarning ishlagan vaqti hisobini yuritish yoʻlga qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
214. Mashinani reja-grafikda belgilangan muddatda kapital taʼmirlashga qoʻyishdan oldin komissiya uning texnik holatini tekshirishi kerak. Komissiya tarkibiga bosh muhandis, bosh mexanik va tegishli mashina mashinisti kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215. Agar mashina yoki uskunaning texnik holatiga koʻra reja-grafikda belgilangan muddatda uni taʼmirlash talab etilmasa, komissiya undan foydalanishni davom ettirish uchun ruxsatnoma berishi, uni navbatdagi koʻzdan kechirish sanasi yoki tegishli taʼmir oʻtkazish uchun qoʻyish sanasini belgilashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
216. Mashina reja-grafikda belgilangan muddatdan ilgari taʼmirlashga faqat komissiyaning xulosasi, tegishli dalolatnoma boʻyicha yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217. Mashinani texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun toʻxtatishning belgilangan muddatlariga va ularning davomiyligiga rioya qilinishi ustidan nazorat tashkilotining bosh muhandisi (bosh mexanigi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Taʼmirlanadigan uchastkani ajratish (toʻsish) va maxsus taʼmiroldi ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218. Texnik xizmat koʻrsatish ishlarini boshlashdan oldin dala sharoitida yoʻl qurilishi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash ishlarini bajaradigan brigada mexanik-rahbari va liniya mexanigi mashina texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash uchun joylashtiriladigan maydoncha tanlashlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219. Maydoncha gorizontal holatda hamda yoʻlning qatnov qismi va qurilayotgan obyektdan xodimlarni avtomobillar urib yuborishiga yoʻl qoʻymaydigan masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
220. Mashina tanlangan maydonchaga qoʻyilishi, tormozlanishi va gʻildiraklari, gusenitsasi yoki sirgʻalib yuruvchi qismi ostiga pona-qistirmalar qoʻyilishi, tirkama mashina yoki uskuna uzib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221. Tashqi tozalashdan oldin mashinadan elektr asboblari, panellari, akkumulyatorlar, kabinalar, kojuxlar va toʻsiqlar yechib olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222. Mashinalar beton maydonchalarda yoki qismlarga ajratish uchastkasiga imkon qadar yaqin joylashgan xonalarda tozalanishi kerak. Uchastkalar suv oqib chiqish yoʻllari, estakada, qaytgan suvni saqlash uchun rezervuar, tindirgichlar, neft mahsulotlarini tutib qoluvchi qurilmalar, moy yigʻish qudugʻi bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223. Mashinalarni qismlarga ajratish va qismlarga ajratish ketma-ketligi, operatsiyalar va oʻtishlar tartibi texnologik hujjatlar talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
224. Taʼmirlash jarayonida harakatlanadigan va qoʻzgʻalmas birikmalar qismlarga ajratilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225. Mashina qismlarga ajratilgandan keyin uning detallari tozalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Taʼmirlash ishlarini va taʼmirlashdan soʻng qabul qilishni xavfsiz olib borilishini taʼminlovchi talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226. Taʼmirlash jarayonida xodimlar QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talablari va mehnat xavfsizligi standartlari tizimi qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227. Mashinalarni taʼmirlash chogʻida ularning oʻz-oʻzidan harakatlanishiga qarshi choralar koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
228. Xodimlar bajariladigan ishning xususiyatiga mos boʻlgan asbob va moslamalar komplekti bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nosoz asbob va moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
229. Asbob va moslamalarning holati kamida 1 oyda bir marta tekshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230. Gʻildiraklari yechib olingan va faqat domkrat, tal va boshqa koʻtarish qurilmalarida turgan mashinalarda taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231. Koʻtarilgan va arqonlar yoki gidravlik mexanizmlar yordamida ushlab turilgan mashinalarning ostida turish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232. Boʻyoq ishlari bajariladigan ishlab chiqarish uchastkalari havo tortish va yuborish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233. Boʻyash va quritish kameralarining elektr uskunalari portlash xavfsizligini hisobga olgan holda oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234. Statsionar payvandlash (eritish) postlari mahalliy ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235. Payvandlash ishlari bajariladigan joylarda oʻt olish xavfi boʻlgan materiallardan foydalanish taqiqlanadi. Payvandlovchining oyogʻi ostida rezina gilamcha boʻlishi va payvandlash va eritish qurilmalari ishonchli yerga ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236. Ochiq maydonchalar va ishlab turgan uskuna joylashgan xona zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylarida va qurilish maydonchasida begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237. Benzinda ishlaydigan dvigatellarni taʼmirlashdan oldin ularning yuzalari kerosin bilan hoʻllangan latta bilan yaxshilab artilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238. Benzin qoʻyish kolonkalari yoki nasoslar dvigatellarining detallarini taʼmirlashdan oldin tozalash va zararsizlantirish uchun vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladigan ishqorli eritma yoki kerosinga solish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239. Ishqorli eritmalar konsentratsiyasi koʻpi bilan 6 foiz boʻlishi kerak. Ishqorli eritmada yuvilgandan soʻng albatta qaynoq suv bilan chayilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
240. Montaj qilingan yoki taʼmirlangan mashinani foydalanishga tushirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlarni xavfsiz masofaga koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinaning ichidagi begona narsalarni olib tashlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya toʻsiqlarining mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakatlanadigan qismlarni moylash va rostlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash va nazorat-oʻlchash asboblarining sozligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinani salt holatda va yuk ostida sinab koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241. Taʼmirlash ishlari oʻtkazilgandan soʻng mashina uchastka mexanigi va u biriktirilgan mashinist tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(243-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyachi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.GULYAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Oʻ.XALMUXAMMEDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E.AKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi M.ABDULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 339-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)