Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 04.07.2011 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 5 YaNVARDAGI PF-4262-SON FARMONI)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-iyuldagi 197-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎“6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

v) Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga chet ega chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi‎

d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 60 foizi‎

�) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 80 foizi‎

z) chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga baʼzi oʻzgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi‎

i) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi‎

k) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 20 foizi‎

l) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yoʻqotib qoʻyilgan yashash uchun ruxsatnoma oʻrniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

m) yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻrniga yangilarini berganlik uchun ‎

ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda”.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 284-modda)