1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR TOMONIDAN OʻZ ISHLAB CHIQARISH EHTIYOJLARI UCHUN OLIB KELINAYOTGAN MOL-MULKNI SERTIFIKATLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”, “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida” 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorini, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash tartibini takomillashtirish hamda qonun hujjatlari normalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda)
LexUZ sharhi
muqaddimaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 16-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Ushbu Nizom xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikatning yoʻqligi ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshiriladigan olib kelishni cheklashga asos hisoblanmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan mol-mulkka sertifikat olish uchun murojaat qilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona — belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, qonunchilikda belgilangan mezonlarga javob beradigan korxona;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) — mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning texnologik jarayonida foydalanish uchun olib kelinayotgan mol-mulkning ishlatilishini tasdiqlaydigan hujjat, shu jumladan, elektron shaklda;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulk (keyingi oʻrinlarda mol-mulk deb ataladi) — mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning bevosita texnologik jarayonida foydalanish uchun ariza beruvchi tomonidan olib kelinadigan moddiy boyliklar va ashyolar jami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarga ilova qilinadigan hujjat (invoys va transport yuk xati) — yukni joʻnatuvchi yoki yetkazib beruvchi tomonidan yuklangan yoki tashiladigan tovar bilan birgalikda yuboriladigan, tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinganligi holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish — moddiy va/yoki boshqa boyliklar — mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni yaratish jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayon — mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun izchil bajariladigan operatsiyalar jami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert — zimmasiga ishlab chiqarish ekspertizasini oʻtkazish, ekspertiza dalolatnomasini yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish va sertifikat tayyorlash funksiyalari yuklangan vakolatli organning vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishni ekspertizadan oʻtkazish — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ariza beruvchining ishlab chiqirishini ekspert tartibida tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sertifikat vakolatli organ tomonidan quyidagi talablarga rioya qilingan holda beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkdan bevosita ishlab chiqarish jarayonida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida (shu jumladan ijaraga olingan maydonda) uning xodimlari tomonidan ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlari amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining (shu jumladan ijaraga olingan) asosiy va aylanma mablagʻlaridan, shu jumladan jalb etilgan moliyaviy resurslardan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq sertifikat beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilar ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga tegishli boʻlmaydi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni maydalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni navlarga ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni qayta oʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qadoqlash yoki oʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni aralashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarning ikkitasini yoki undan ortigʻini birga qoʻshib olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat olish uchun ariza beruvchi ishlab chiqarish amalga oshiriladigan joy boʻyicha vakolatli organga ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali arizani (soʻrovnoma) elektron shaklda toʻldiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining rahbari va ishlab chiqarish uchun masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan oʻzining yoki ijaraga olingan mavjud binolar va asbob-uskunalar (mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chiqarish quvvati koʻrsatilgan holda), shuningdek ishlab chiqarishda foydalaniladigan mehnat resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining rahbari va ishlab chiqarish uchun masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga sarf normasi (xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar hamda komponentlar va hokazolar import qilingan taqdirda), shuningdek 12 oy uchun mol-mulkka boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining rahbari va ishlab chiqarish uchun masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tavsifi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import kontrakt nusxasi yoki uning asosida mol-mulk yetkazib beriladigan boshqa hujjat;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinganligi toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlari belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjat nusxasi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi tomonidan texnologik asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar olib kelingan taqdirda, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun mol-mulk olib kelingan taqdirda ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga sarf normasi oʻrniga olib kelinadigan mol-mulkning zarurligi asoslangan, shuningdek olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shuningdek ularning vazifasi, oʻrnatiladigan joyi yoki almashtirilishi tavsiflangan xat taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sertifikat olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sertifikat olish uchun berilgan ariza tushgan kunidan boshlab 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumotlar olish zarur boʻlganda arizalarni koʻrib chiqish muddati 5 ish kunigacha uzaytiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi ariza berilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida ekspertning ekspertiza oʻtkazish uchun ishlab chiqarish amalga oshiriladigan joyga kirishini taʼminlashga majburdir.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sertifikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ekspert taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlarda yetarli zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda olib kelinadigan mol-mulkdan ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash uchun ishlab chiqarish joyining oʻzida ariza beruvchining ishlab chiqarishini ekspertizadan oʻtkazadi, ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqib olib kelinadigan mol-mulkdan foydalanishning taxminiy muddatini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishlab chiqarish ekspertizasining natijalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan taqdirda ekspert tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birortasida sertifikat olish uchun zarur maʼlumot yoʻq boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda buzilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ishlab chiqarishini ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertning ishlab chiqarish amalga oshiriladigan joyga qoʻyilishi taʼminlanmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 4 va 17-bandlari talablariga rioya qilinmaganda;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hollarda sertifikat berishning rad etilishi yuzasidan, ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha rad etish sabablari koʻrsatilgan holda ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza va hujjatlarda imlo va texnik xatolarga yoʻl qoʻyilgan holatlar hamda ayrim hujjatlarning yetishmasligi aniqlanganda, ariza beruvchiga ularni toʻgʻirlab berish uchun besh ish kuniga qadar imkoniyat beriladi. Bunda arizani koʻrib chiqish muddati ariza beruvchi tomonidan xatolarni bartaraf etish va/yoki yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslar boʻyicha sertifikat berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ekspert xulosasida ilgari bayon qilinmagan yangi mulohazalar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda agar oldingi mulohazalar ishlab chiqarish joyiga chiqmasdan koʻrsatilgan boʻlsa, yangi mulohazalar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad etilganda ekspert rad etish sabablarini bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 20 kun muddat bergan holda ekspert xulosasini rasmiylashtiradi. Ushbu holatda hujjatlar ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan muddat mobaynida takroran taqdim etilgan taqdirda ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilib, sertifikatlar elektron tizimiga kiritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sertifikat invoysga muvofiq tuzilgan kontrakt doirasida respublika hududiga olib kelingan mol-mulk hajmiga (soniga) rasmiylashtiriladi. Sertifikat mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtgan kundan boshlab 12 oydan kechikmay berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sertifikat 12 oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan sertifikatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati tugʻilgan hollarda, uning oʻrniga yangi sertifikat olish maqsadida Nizom talablari asosida yangi ariza bilan murojaat qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
(6-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash boʻyicha xarajatlar va xizmatlarga haq toʻlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ekspertizani oʻtkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sertifikat berishga ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga murojaat qilingan sanada Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (QQSni hisobga olmaganda) toʻlov toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali kelib tushgan sertifikat olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan qismi — vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunday hollarda yoki vakolatli organ tomonidan talabgorga sertifikatni berish rad etilgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkning sifati uchun ariza beruvchi javob beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ekspertiza toʻgʻri oʻtkazilganligi va sertifikat berilganligi uchun ekspert va sertifikatni imzolaydigan vakolatli organning mansabdor shaxsi javob beradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Davlat bojxona xizmatining bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona bojidan ozod etiladigan mol-mulk olib kelgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar reyestrini hamda berilgan imtiyozlarning hisobini yuritadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vakolatli organning ekspert xulosasi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Sertifikat olish uchun ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq elektron shaklda YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali arizani (soʻrovnoma) elektron shaklda toʻldiradi, zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP,
“Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy sayti
Ariza YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali vakolatli organga kelib tushadi.
real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Ekspert taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlarda yetarli zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, olib kelinadigan mol-mulkdan ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash uchun ishlab chiqarish joyining oʻzida ariza beruvchining ishlab chiqarishini ekspertizadan oʻtkazadi.
2. Ishlab chiqarish ekspertizasining natijalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, ekspert tomonidan ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Aks holda Nizomning 14-bandiga muvofiq ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Ikki ish kunida
4-bosqich
Vakolatli organ
Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan sertifikat mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilib rasmiylashtiriladi.
Bir ish kunida
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat olish uchun
ARIZA (Soʻrovnoma)
Ariza beruvchining nomi
Yuridik shaxs — korxona nomi
Manzili
KTUT
STIR
IFUT kodi
Ishlab chiqarish joylashgan joy
Telefon va telefaks raqami
Hisobraqamlari, bank boʻlimlarining nomi
MFO raqami
Mol-mulkning nomi
Hajmi/soni
Kontrakt raqami va sanasi
Invoys raqami va sanasi
Vakolatli organ bilan shartnoma raqami va sanasi
Berilgan sertifikatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati tugilgan hollarda, oldin berilgan sertifikat raqami va sanasi
Izoh:
* ARIZA (Soʻrovnoma) rahbar elektron raqamli imzosi orqali toʻldiriladi va yuboriladi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZBEKEKSPERTIZA” AKSIYADORLIK JAMIYATI RESPUBLIKA UZBEKISTAN AKSIONERNOYE OBSHESTVO “UZBEKEKSPERTIZA”
Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka
(4-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son — 2023-yil 8-martdan kuchga kiradi)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 200-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda, 6-son, 70-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 25-son, 308-modda, 34-son, 405-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)