O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) tashkil etilsin.
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan;
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar berishning belgilangan muddatlari va tartibiga rioya qilinmasligi masalalari bo‘yicha;
ularga kredit va moliya resurslari berishning noqonuniy rad etilishi yoki berish tartib-qoidalarining asossiz cho‘zib yuborilishi yuzasidan;
normativ-huquqiy hujjatlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’siri, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish “ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“ishonch telefoni” orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tushayotgan murojaatlarni umumlashtirish hamda belgilangan tartibda mohiyatan ko‘rib chiqish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va materiallarni talab qilish, shuningdek tegishli murojaatlar bo‘yicha mulohazalarni aniqlash uchun tashkilotlarga so‘rovlar yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan hollarda tashkilotlarga ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha asosli javob berishni talab qilgan holda, taalluqliligiga ko‘ra tashkilotlarga yuborish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomalari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, adliya organlarining taqdimnomalari bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘p kanalli “ishonch telefoni”ni tashkil etish uchun alohida aloqa liniyasi ajratishda adliya organlariga zarur yordam bersin va uning uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
tushgan murojaatlarni, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalarini, shu jumladan tegishli tashkilotlarning javoblarini har haftada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tushgan murojaatlari, ular bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek taqdimnomalarning tegishli tashkilotlar tomonidan bajarilmasligining aniq holatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot kiritsin;
Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “ishonch telefoni”ni tashkil etilganligi aholi e’tiboriga yetkazilishini hamda “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar va shikoyatlar bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda “ishonch telefoni” deb ataladi) orqali tushadigan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan;
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar berishning belgilangan muddatlari va tartibiga rioya qilinmasligi masalalari bo‘yicha;
ularga kredit va moliya resurslari berishning noqonuniy rad etilishi yoki berish tartib-qoidalarining asossiz cho‘zib yuborilishi yuzasidan;
normativ-huquqiy hujjatlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’siri, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish “ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
arizalar — tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari amalga oshirilishida yordam ko‘rsatish so‘ralgan murojaatlari;
takliflar — tadbirkorlik subyektlarining davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;
shikoyatlar — tadbirkorlik subyektlarining buzilgan qonuniy huquqlar, erkinliklar va manfaatlar tiklanishi talab qilingan murojaatlari qabul qilinadi.
4. Ko‘p kanalli “ishonch telefoni” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) o‘rnatiladi.
5. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba kunidan juma kunigacha (juma kuni ham) (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
6. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning uning tegishli roziligisiz, shuningdek davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni, tijorat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni hamda agar bu tadbirkorlik subyektining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini kamsitishga olib kelsa, boshqa ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘ng‘iroq qiluvchi shaxs to‘g‘risida murojaat qilish mavzusiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Takliflar adliya organlari tomonidan ular tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddatda ma’lum qilinadi.
8. Arizalar va shikoyatlar adliya organlari tomonidan tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishni talab qilmaydigan arizalar va shikoyatlar esa — o‘n besh kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
Arizalar yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni talab qilish yoxud boshqa choralarni ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda arizalar yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddatlari adliya organi rahbari tomonidan istisno tariqasida, biroq bu haqda ariza bergan yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilingan holda bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
9. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar butun O‘zbekiston hududida 008 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroq bepuldir. Adliya organlari tomonidan qo‘shimcha telefon raqamlari joriy etilishi mumkin.
10. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun adliya organlarida maxsus xonalar tashkil etiladi va murojaatlarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar belgilanadi.
11. “Ishonch telefoni” orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishda adliya organining qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi mas’ul xodimi:
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga “ishonch telefoni” faqat tadbirkorlik subyektidan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.
12. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarni to‘plash va umumlashtirish uchun telefondagi so‘zlashuvlarni yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan foydalaniladi.
13. Tadbirkorlik subyektlarining barcha murojaatlari elektron manbaga yoziladi va ikki yil mobaynida saqlanadi.
14. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda tadbirkorlik subyektlari familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, o‘zlari ifodalaydigan tadbirkorlik subyektining nomini, STIRni, javob yuborilishi kerak bo‘lgan pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
15. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ko‘rib chiqish uchun tegishli adliya organi rahbariyatiga kiritiladi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
17. Qabul qilingan murojaat bo‘yicha o‘sha kunning o‘zida adliya organining mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “nazorat kartochkasi” to‘ldiriladi. Nazorat kartochkasi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinganda vazirlikning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga, murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinganda esa — tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limlariga yuboriladi.
18. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar mas’ul xodimi murojaatni qabul qilgan adliya organi tomonidan ko‘rib chiqiladi, murojaatlarning hududiy tegishliligi bundan mustasno (hududiy adliya organlari uchun).
Zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holat tadbirkorlik subyektini jalb etgan holda joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Adliya organlari tomonidan qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan hollarda tegishli tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ularda ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Agar murojaatda tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid qilmish to‘g‘risidagi, shuningdek uni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxs haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, murojaatlar darhol huquqni muhofaza qilish organlariga ularning vakolatlariga muvofiq yuborilishi kerak.
21. “Ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilgan adliya organlari murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarorning bajarilishini nazorat qilishlari, shuningdek, agar zarar tadbirkorlik subyektiga uning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini buzish natijasida yetkazilgan bo‘lsa, zararni qonunda belgilangan tartibda undirish yuzasidan choralar ko‘rishi shart.
22. Adliya organlarining murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi zimmasiga yuklangan mas’ul xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar tushgan taqdirda ushbu murojaatlarni mazkur shaxslarning bevosita ko‘rib chiqishi taqiqlanadi.
23. Ko‘rib chiqilishi adliya organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha “ishonch telefoni” orqali murojaatlar tushgan taqdirda, adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
24. Murojaatni ko‘rib chiqqan adliya organi tadbirkorlik subyektiga ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida yozma shaklda xabar berishi shart.
Javob tadbirkorlik subyektiga yuborilgandan keyin murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan shaxsning imzosi bilan nazoratdan chiqariladi, bu haqda “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli yozuv qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Adliya organlarining taqdimnomalari bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Adliya organlari tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida umumlashtirilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Ishonch telefoni” orqali tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni, shuningdek ular bo‘yicha tegishli tashkilotlarning qarorlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilgan holda har haftalik asosda adliya organlari tomonidan ta’minlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi adliya organiga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
29. “Ishonch telefoni” orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
20__ yil “__” _________________da boshlangan | |||||||
20__ yil “__” ___________________da tugagan | |||||||
T/r | Murojaat qabul qilingan sana | Murojaat qiluvchining F.I.O. va manzili | Murojaatning qisqacha mazmuni | Murojaatni qabul qilgan mas’ul shaxsning F.I.O. va lavozimi | Ko‘rilgan choralar | Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari | Izoh |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarini yuritish tartibi
1. Adliya organlarining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ro‘yxatga olish daftari ip o‘tkazib tikilgan, raqamlangan, muhrlangan va imzolangan bo‘lishi kerak.
4. Daftarning uchinchi ustuniga murojaat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Murojaat qiluvchining pochta manzilini ko‘rsatishdan tashqari, murojaat qiluvchining bog‘lanish telefoni mavjud bo‘lganda uning telefon raqami ham uchinchi ustunda ko‘rsatiladi.
5. Daftarning to‘rtinchi ustunida murojaatning qisqacha mazmuni, tegishli qonun buzilishlar sanasi va boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.
6. Daftarning beshinchi ustunida murojaatni qabul qilgan mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.
7. Daftarning oltinchi ustunida qabul qilingan murojaat bajarish uchun kimga va qachon yuborilganligi ko‘rsatiladi.
8. Daftarning yettinchi ustunida murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ya’ni murojaatni ko‘rib chiqish doirasida ko‘rilgan choralar, aniqlangan kamchiliklar va huquqbuzarliklar, shuningdek murojaat qiluvchiga murojaatning ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ma’lumotlar jo‘natilganligi haqidagi axborotlar aks ettiriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirning birinchi o‘rinbosari | ||
(yoki o‘rinbosari) | ||
(hududiy adliya organi rahbari) | ||
NAZORAT KARTOChKASI | ||
“Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarning nazorat kartochkasi | ||
Bajaruvchi: __________________ Sana 20__ y._______ №_____ ___________ muddati Boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i __________________ | Murojaatni qabul qilgan shaxsning F.I.O. | Murojaat kelib tushgan sana |
Arizachining F.I.O. | Ish joyi | |
Arizachining to‘liq manzili va telefoni | ||
Qisqacha mazmuni | ||
Qayerga yuborildi | Murojaatni qabul qilgan shaxsning imzosi | |
Bajarilishi to‘g‘risidagi axborot | Nazoratdan chiqarish sanasi 20__ yil “__” ______ Boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i __________________ | |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun adliya organlari telefon aloqasining maxsus liniyasi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Hududlar | “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar soni | Murojaatlar mazmuni | Qanoatlantirilgan murojaatlar | Huquqiy tushuntirish berishga tegishli murojaatlar soni | Huquqiy tushuntirish berilgan murojaatlar soni | Ko‘rilgan ta’sir choralari | Ko‘rilgan ta’sir choralari asosida | |||||||||||
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida | yer uchastkalari ajratish | litsenziyalash va boshqa ruxsatnomalar olish | bank ishi sohasida | soliq qonunchiligi sohasida | ruxsatsiz tekshirishlar o‘tkazish | tekshirishlar o‘tkazish qoidalarini buzish | boshqa masalalar bo‘yicha (ko‘rsatilsin) | taqdimnoma | sudga berilgan da’vo arizalar soni va summasi | intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni | shundan: lavozimidan ozod etilganlar soni | javobgarlikning boshqa turlariga tortilgan shaxslar soni | |||||||
1 | |||||||||||||||||||
2 | |||||||||||||||||||
3 | |||||||||||||||||||
... | |||||||||||||||||||
Jami |