19.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2156
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 19.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2156
Дата вступления в силу
29.11.2010
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2156]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-8-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqadddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Avtotransport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi oʻrinlarda davlat bojxona xizmatining hududiy organlari deb yuritiladi) bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar hamda mototransport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan avtotransport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasining mulkdori yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada avtotransport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish (chiqish) bojxona posti — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtish punktida joylashgan bojxona organi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti (keyingi oʻrinlarda “TIF bojxona posti” deb yuritiladi) — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazuvchi bojxona organi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avto” YAAAT — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan xorijiy davlatga olib chiqilayotgan avtotransport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar sifatida tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan xorijiy davlatga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi avtotransport vositalari — DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatda turgan va xorijiy davlatlar hududiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib chiqiladigan avtotransport vositalari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anklavlarda roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan aynan shu yerda foydalanish maqsadida olib kirilayotgan/chiqilayotgan avtotransport vositalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boshqa davlatlarning obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlat hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda maʼmuriy-texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega boʻlmagan ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan avtotransport vositalariga.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan xorijiy avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy avtotransport vositasining kirish va chiqish bojxona postlari oraligʻida tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtirilmaydigan hollarda, unga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda xorijiy avtotransport vositasining yuk tortgichiga mazkur Nizomning 2-ilovasida, tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” avtotransport vositasi bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va ogʻzaki maʼlumotlar asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” “Avto” YAAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”da aks ettirilgan maʼlumotlarni tekshirib chiqadi, toʻgʻriligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kirish bojxona posti xodimi oʻz imzosi va shaxsiy muhrini qoʻyish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanishda uning egasi (haydovchisi) doimiy ravishda oʻzi bilan birga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni olib yurishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan chiqish bojxona postiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Chiqish bojxona posti xodimi oʻz imzosi va shaxsiy muhrini qoʻyish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni nazoratdan yechadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan haydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma yoki elektron tarzda murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻim toʻlanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bogʻliq harajatlar mustasno hisoblanadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijiy avtotransport vositasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilib, uning tirkamasi yoki yarim tirkamasi respublika hududida almashtiriladigan hollarda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” TIF bojxona postida nazoratdan yechilib, mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklda yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Avval rasmiylashtirilgan va nazoratda qolib ketgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”si mavjud boʻlgan shaxsga masalaga oydinlik kiritilgunga qadar yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi va nazoratdan yechilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻimni toʻlagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldrilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilgan holda boʻlishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan avval Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining mazkur xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojxona postlaridan biriga muddatni uzaytirishni soʻrab murojaat qilishi yoki elektron tarzda masofadan toʻlovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddatini uzaytirishi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli bojxona posti vaqtincha olib kirish muddatini yigʻim qancha muddat uchun toʻlangan boʻlsa, shuncha muddatga uzaytiradi va “Avto” YAAATda avval kiritilgan muddatni oʻzgartiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish boʻyicha murojaat qilmasa, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishi bilan bir qatorda ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻim undiriladi, xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yigʻim:
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy valyuta — soʻmda toʻlanadi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona posti tomonidan undiriladi yoki haydovchi tomonidan elektron tarzda masofadan real vaqt rejimida toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank orqali toʻlanganda bank kvitansiyasi asosida kirim qilinadi.
(19-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora koʻrilib, yigʻim toʻliq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt oʻtgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari toʻgʻrisida “Avto” YAAATda elektron maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan 2021-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. DYHXXning hududiy organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan musodara qilingan hollarda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli qarori asosida rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi yengib boʻlmas kuch yoki yoʻl-transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli hujjatlari asosida majburiyatnoma rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)”, “vaqtincha olib kirish” yoxud boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda BYD deb yuritiladi) rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi bojxona postlariga mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan murojaat qiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bojxona postlari tomonidan “Avto” YAAATdan foydalangan holda oldingi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ga yozilgan tegishli maʼlumotlar va avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati oʻtib ketganligi aniqlangan taqdirda, bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik hujjatlari asosida tegishli choralar koʻriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshligʻi yoki uning oʻrinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Bojxona chegarasidan tovar sifatida olib oʻtilayotgan avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Tovar sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositasiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi. Uning TIF yoki chiqish bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona postida tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan 2021-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda elektron maʼlumotlar deb yuritiladi) Bojxona qoʻmitasining elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olinmaydigan avtotransport vositalariga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar BYD rasmiylashtirilgan kundan soʻng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Roʻyxatdan oʻtkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan shakllantirilgan elektron maʼlumotlarda qanday bayon etilgan boʻlsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Oʻzbekiston Respublikasidan tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasiga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi hamda DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan chiqarish uchun asos BYD hisoblanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos elektron maʼlumotlar hamda BYD hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli idoralar tomonidan musodara qilingan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar va BYD talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron maʼlumotlar 3 yil davomida, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron maʼlumotlar esa vaqtincha olib kirish muddati tugagandan soʻng 3 yil davomida bojxona organlarining maʼlumotlar bazasida saqlanadi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DYHXXning hududiy organlarida avtotransport vositalarini qayd etish va boshqa oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻplami 5 yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalarini oʻzga shaxsga foydalanishga, egalik qilishga berish yoki oʻzgacha ravishda oʻtkazish elektron maʼlumotlar qayta rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
571. Bojxona toʻlovlaridan imtiyoz qoʻllanilgan holda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini 3 yil davomida qayta jihozlash bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatib oʻtilgan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi oʻzgarishiga olib kelsa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona toʻlovlaridan berilgan imtiyozlar toʻlangan taqdirda ushbu avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsat beriladi, bundan avtotransport vositasini yoqilgʻi turini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta jihozlash holatlari mustasno hisoblanadi.
(571-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari DYHXXning hududiy organlari bilan har chorak yakuni boʻyicha erkin muomalaga chiqarilgan hamda vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalari boʻyicha maʼlumotlarni solishtiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda koʻrsatilgan avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olinmaganligi aniqlangan taqdirda DYHXXning hududiy organlari tomonidan ushbu avtotransport vositasini qidirib topish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda koʻrsatilmagan, lekin DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olingan xorijdan olib kelingan avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda, ushbu avtotransport vositasini respublika hududiga qonuniy olib kirilganligiga aniqlik kiritish maqsadida avtotransport vositasi va uning egasi haqida maʼlumotlar DYHXXning hududiy organlari tomonidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Mazkur bob talablari chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositasi uchun ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI — VIII-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bojxona organi nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. BYD raqami va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Avtotransport vositasi rasmiylashtirilgan bojxona rejimining nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avtotransport toʻgʻrisida maʼlumot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turi, rusumi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilgan yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuzov raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dvigatel raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shassi raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Avtotransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyining manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Avtotransport vositasi vaqtincha olib kirilganda vaqtincha olib kirishning yakuniy muddati.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda; 2013-y., 51-son, 679-modda; 2017-y., 7-son, 102-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son; 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son; 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son; 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)