Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2024 28.10.2010 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar, monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) hamda ularning qoʻllanilishi ustidan davlat nazorati tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan muayyan tovarlarga nisbatan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va belgilashning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustama — xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi (tarifi) ustiga qoʻyilgan qoʻshimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni tartibga soluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirigʻi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopolist korxona — tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan va Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat sifatida amalga oshiradigan, Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rentabellik — zaruriy foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda summasi) ishlab chiqariladigan tovarga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladigan korxona faoliyatining foydalilik nisbiy koʻrsatkichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga soluvchi koeffitsiyent (pasaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi koʻrsatkichi va xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini aks ettiradigan va tartibga soluvchi koeffitsiyentni aniqlashda asos qilib olinadigan boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx (tarif) — tovar birligi qiymatining pul ifodasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga narxlarni (tariflarni) shakllantirishda va deklaratsiya qilishda (belgilash, tasdiqlashda) qoʻllaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan, monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi oʻrinlarda tovarlarga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni tartibga solish organi tomonidan narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi oʻrinlarda narxlarni (tariflarni) tasdiqlash deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni tartibga solish organi bilan kelishish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka muvofiq narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Xoʻjalik yurituvchi subyekt (shu jumladan, monopolist korxona, tabiiy monopoliya subyekti) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan, belgilangan) narxlarni (tariflarni) mustaqil pasaytirish huquqiga egadir. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxlarni (tariflarni) pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni (tariflarni) pasaytirish bir vaqtning oʻzida barcha isteʼmolchilar uchun amalga oshiriladi, keyinchalik narxlarni tartibga solish organi xabardor qilinadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tovarlar narxlarini (tariflarini) davlat tomonidan tartibga solish
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga solish organida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan tovarga tabiiy monopoliya subyekti tomonidan, shuningdek, narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga monopolist korxona tomonidan uning tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan u sotilgunga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tovarlarga narxlar (tariflar), ustamalar, cheklangan rentabellik oshganda va tegishli koeffitsiyent oʻzgarganda taʼminlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tovarlarni eksport qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (shu jumladan, monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari) ular boʻyicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshiradilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopolist korxona yoxud tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasi taʼminotiga ajratmalar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aniq bir tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) tovarning markasi, turi, navi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tovarlarning turlari (markalari, tiplari, oʻlchamlari va hokazolar)ning ancha soni mavjud boʻlgan taqdirda tovar birligiga xarajatni belgilash murakkab boʻlganda narxlarni tartibga soluvchi organ tovar rentabelligining cheklangan darajasini yoki amaldagi narxlar (tariflar)ga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga soluvchi koeffitsiyentni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga soluvchi koeffitsiyent loyihalashtirilayotgan tarif smetasini, ilgari narxni tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlangan tarif smetasiga nisbati orqali, tovarlar ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga toʻgʻri keladigan xarajatlar va sof foyda koʻrsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda quyidagilar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalanadigan xarajatlar boʻyicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat va shu kabilarni sarflash normalarini) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalanmaydigan xarajatlar boʻyicha — oldingi toʻrt chorakning hisobot koʻrsatkichlari tahlili asosida va narxlarning prognoz boʻyicha oʻzgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng koʻp sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ularning oʻrtacha koʻrsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tovarga (issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya va sanitariya boʻyicha tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan tashqari) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda hisobga olinadigan sof foyda miqdori, quyidagilar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing boʻyicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit toʻliq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qoʻyilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dividendlar toʻlovi uchun. Ushbu tovarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan ulgurji va vositachi tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan ustama miqdori tovarlarni yetkazib berish turlari boʻyicha deklaratsiya qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tovarlariga narxlar (tarif) davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt bunday har bir tovar boʻyicha daromadlar, xarajatlar va jalb etilgan aktivlarning alohida hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sigʻimi (tovarning muayyan turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tannarxni hisoblash yoki davr xarajatlarini, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni, soliqlar va boshqa foydadan majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni, monopolist korxona yoxud davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobiga sof foyda summasini taqsimlash tarmoq xususiyatiga ega boʻlgan taqdirda narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar oldingi hisobot davrida xoʻjalik yurituvchi subyekt (issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalaridan tashqari) tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablagʻlarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichidan kam boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining kalendar yil mobaynidagi oʻsish koʻrsatkichidan yuqori boʻlmagan tuzatishni hisobga olgan holda, xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan sonidan ortiq boʻlmagan xodimlar sonidan hamda amaldagi narx (tarif)da qabul qilingan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmalarini saqlash uchun ajratmalar boʻyicha xarajatlar yuqori organ yuqori boshqaruv organining yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasining qarori bilan belgilangan miqdorda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan monopol korxonalarning va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash tartibi)
(IV-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narx (tarif) loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organga koʻrib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan ushbu davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan boshqa monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tovar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, narx (tarif) loyihasini koʻrib chiqish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga davlat yoki xoʻjalik boshqaruvining tegishli organi taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organga ariza bilan va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyaviy hisobot nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mehnat boʻyicha statistika hisoboti nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) umuman xoʻjalik yurituvchi subyekt va har bir aniq tovar boʻyicha alohida xarajatlar moddalari mazmuni, quyidagilar ilova qilinadigan daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallardan, yoqilgʻi, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlashga toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari summasi hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish maqsadidagi ustama xarajatlar, materiallarga bilvosita xarajatlar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukammal va joriy taʼmirlash xarajatlari mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda mazmuni (shu jumladan asosiy qarz va foizni qaytarishning tasdiqlangan jadvallari taqdim etilgan holda jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha faoliyatning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha natura ifodasida tovarlar ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi koʻrsatilgan holda (mavjud boʻlgan taqdirda) rivojlanish davlat dasturlarining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(21-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) oldingi hisobot davri uchun amalga oshirilgan (yoki amalga oshiriladigan) rivojlanish davlat dasturlari natijasida ishlab chiqariladigan tovarlarning material sigʻimi, energiya sigʻimi va mehnat sigʻimi darajasi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(21-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralariga boʻlgan ehtiyoj (zaruriyat boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(21-band “z” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlarni tartibga soluvchi organ tovarga narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan va narxlarni tartibga soluvchi organning soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan boʻlishi kerak;
(22-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hujjatlar oldingi toʻrt chorak va oldingi kalendar yil uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) asoslashda maʼlumotlar bir yil hisobiga koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning narxi (tarifi) darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda narxlarni tartibga soluvchi organ narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda narxlarni tartibga soluvchi organ monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektiga ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma yuboradi. Narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusining sabablari koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasi olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar)ni asoslash boʻyicha hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, narxlarni tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha barcha zarur hujjatlar toʻliq hajmda olingan kundan boshlab bir oy muddatda narxlarni tartibga soluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx (tarif) oshirilishini rad etish toʻgʻrisida (narx yoki tarifni amaldagi darajada saqlash toʻgʻrisida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoxud amaldagi narx (tarif)ni yoki monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taklif etilayotgan narx (tarif)ni ushbu Nizom talablariga muvofiq asoslangan narx (tarif) darajasigacha oʻzgartirish yoʻli bilan, yoxud monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan darajada qoldirilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni tartibga soluvchi organ oʻz qarori toʻgʻrisida monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyektini yozma ravishda xabardor qiladi. Narx (tarif) oshirilishi rad etilgan taqdirda yozma bildirishnomada rad etishning asosi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Narxni tartibga soluvchi organ tomonidan narx (tarif)ning deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi)da (mazkur Nizomga 9-ilova*) koʻrsatilgan sana monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ning amalga kiritish sanasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisidagi qarori tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda eʼlon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova*) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova*) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga, ikkinchi nusxasi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga va uning hududiy organlariga (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) narxni (tarifni) hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflar (xarajatlar)ning bitta satri summasi sarflar (xarajatlar)ning boshqa turi satri summasi oʻzgarishi hisobiga oʻzgarganda monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti ushbu oʻzgarish toʻgʻrisida, tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 1-ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga soluvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash tartibi
(V-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tovarlarning ayrim turlariga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz vakolatlari doirasida, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish ushbu Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar davlat boshqaruvi tegishli organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq roʻyxat boʻyicha hujjatlarni taqdim etadi. Davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar toʻliq hajmda olingandan keyin bir hafta muddatda quyidagi xatti-harakatlardan birini amalga oshirishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarni narxlarni tartibga soluvchi organga kelishish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasi bilan birgalikda quyidagi tartibda narxlarni tartibga soluvchi organga yuboriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, hududiy joylashishi boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish va kelishish ushbu Nizomning IV boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni shakllantirish va belgilash tartibi ushbu Nizomning III va IV boʻlimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlari (tariflari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlar (tariflar)ni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjat chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar unda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlar (tariflar), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda narxlarni tartibga soluvchi organda tasdiqlashi (kelishib olishi) shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxlari (tariflari) Hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlarni tartibga soluvchi organda narxlar (tariflar)ni:
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjat yoki Hukumat topshirigʻi chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar ularda boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa);
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx (tarif), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi, kelishib olishi) shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) toʻgʻri shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya qilish boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi va oʻrganadi (tahlil qiladi).
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Nazoratni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organidan, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektidan narxlarni tartibga soluvchi organga taqdim etilgan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning hisob-kitobini asoslaydigan materiallarni soʻrashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja (auksion) savdolarida shakllanayotgan narxlarni nazorat qilish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi har kuni birja (auksion) savdolar tashkilotchilari tomonidan birja (auksion) savdolariga qoʻyilishi kerak boʻlgan tovarning tegishli nomenklaturasi boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlardan, shuningdek sotilgan tovar narxlarining oʻrtacha birja narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan va birja (auksion) savdolarida shakllangan narxlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Monopoliyaga qarshi davlat organi belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini bajarish, shuningdek tahlil qilish davomida mazkur Nizom talablari buzilishi holatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq ish qoʻzgʻaydi va tegishli qaror qabul qiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ushbu Nizom talablari buzilishiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirish, birja (auksion) savdolari natijasida shakllangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllanish;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonunchilikka muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olish;
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilgʻi-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar boʻyicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirish, bundan texnologik buzilishlarning oldini olishga yoki davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishga yoʻnaltirilgan yengib boʻlmaydigan kuch, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hollari mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning qonunchilikka muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qoʻymaslik — bu birja narxlarining oʻsishiga olib kelishi mumkin;
(36-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxi (tarifi) tartibga solinadigan narxlar darajasida belgilanadigan tovarning boshlangʻich narxini birja savdolariga oshirib qoʻyish;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopolist korxonalar tomonidan faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar, xomashyo va materiallarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
(36-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish.
(36-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning isteʼmolchi tomonidan pasaytirilishi;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻshimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va koʻrsatib oʻtilgan foyda olib qoʻyilmaydi.
(36-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxni (tarifni) qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni asossiz oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan haqiqatdagi tushum bilan (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu tovarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (tasdiqlangan, kelishilgan) narxi (tarifi) qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narx (tarif) shakllanishi tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan amaldagi tushum bilan (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu Nizomga muvofiq shakllantirilgan narx (tarif) boʻyicha ushbu tovarning qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablagʻlar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotish narxlariga ustamalar qoʻshilgan holda tovarlarga sotish narxlarini shakllantiradigan va qoʻllaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish, vositachilik korxonalari va boshqa tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi lozim boʻlgan mablagʻlar quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asossiz oshirilgan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — tovarlarni sotishdan olingan haqiqatdagi ustama summasi bilan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yoki belgilangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda aniqlangan belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — asossiz oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan tovarning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan tovarning ayni oʻsha hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlariga nisbatan cheklangan rentabellik belgilangan korxonalar uchun umuman tovarlar guruhlari (turlari) boʻyicha cheklangan rentabellik oshirilishi hisobiga olingan mablagʻlar yillik hisob-kitoblar asosida olib qoʻyilishi kerak.
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni birja savdosiga qoʻyishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi oʻrtasidagi tafovut, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oxirgi savdolarga qoʻyilgan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarning boshlangʻich narxini birja savdolariga oshirib qoʻyilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektdan boshlangʻich narx hamda belgilangan tartibga solinadigan narx (tarif) oʻrtasidagi tafovut, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan birja savdolarida sotilgan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlangʻich narxi oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida isteʼmolchilar tomonidan sotib olingan, qonunchilikka muvofiq qaytadan sotish taqiqlangan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan sotib olish narxi va qaytadan sotish narxi oʻrtasidagi tafovut tarzida olingan daromad Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Jamgʻarma) olib qoʻyiladi.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini amalga kiritish muddatlariga rioya qilinmaganligi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) yangi joriy etilgan narxlar (tariflar) bilan avval amal qilgan narxlar (tariflar) oʻrtasidagi qonunchilikda nazarda tutilganiga zid ravishda yangi narxlar (tariflar) muddatidan oldin amalga kiritilgan davr uchun tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan tafovut sifatida aniqlanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tabiiy monopoliya subyekti, monopolist korxona tomonidan deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) narxlar (tariflar) qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab davr uchun tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanmasdan qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlangan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan koʻrsatib oʻtilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlanmasdan (kelishilmasdan) narxlarni (tariflarni) qoʻllash holatlari aniqlanganda, agar ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan boʻlsa, asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan narxlarni tartibga solish organida tasdiqlash (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan koʻrsatib oʻtilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Jarima solish sud tartibida, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan huquq buzilishi sodir etilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy toʻlangan hollarda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom buzilishi natijasida olingan mablagʻlar bir oy muddatda ixtiyoriy tartibda toʻlanmaganda, monopoliyaga qarshi davlat organi isteʼmolchilarga qaytarish va/yoki olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlar undirilishi toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytariladi, yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, budjetdan tashqari Jamgʻarmaga olib qoʻyiladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida koʻrsatilgan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda ushbu summa xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik hamda texnologik normalarining amaldagi oshgan hajmini tegishli xomashyo, materiallar, yoqilgʻi yoki energiya narxiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 36-bandi toʻqqizinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarni birja savdolarida sotishda boshlangʻich narxni oshirib qoʻyilishi natijasida olingan mablagʻlar budjetdan tashqari Jamgʻarmaga olib qoʻyiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Jarima qoida buzilishining butun davri uchun qoʻllaniladi va undirish, xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati va budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin uning tasarrufida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Noqonuniy olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Budjetdan tashqari Jamgʻarmaga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarni hisoblab chiqishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oshirilishiga olib kelgan ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi xoʻjalik yurituvchi subyektdan olib qoʻyiladigan mablagʻ kamaytirilishiga hisoblanmaydi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Monopoliyaga qarshi davlat organi noqonuniy olingan mablagʻlarni olib qoʻyish va ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisidagi sud qarorini olib, sudning mazkur qarori kuchga kirgandan keyin ushbu mablagʻlarni budjetdan tashqari Jamgʻarmaga undirish choralarini koʻradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Nazorat qiluvchi organlar ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlanganda tekshirish va oʻrganish materiallarini tegishli choralar koʻrish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom talablari buzilishini mustaqil aniqlagan va buning natijasida ortiqcha mablagʻlar olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni isteʼmolchilarga qaytaradi yoxud, isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kiritadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va oʻrganish materiallari asosida ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37 — 41-bandlariga muvofiq qaytarilishi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima qoʻllaniladi, aynan oʻsha qoida buzish jarima qoʻllanilgandan keyin ikki yil mobaynida takroran aniqlanganda esa — 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qoʻllaniladi, alkogolli mahsulotlarni qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilishi holatlari aniqlangan taqdirda, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) tayyorlovchi korxonaga nisbatan quyidagicha jarima qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 200 baravar miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqargan korxona tomonidan qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 300 baravari miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qiymati qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxi boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi hisobot sanasiga xoʻjalik yurituvchi subyekt joriy aktivlari summasining 20 foizidan oshadigan jarimani undirish unga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida undiriladigan summani har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ushbu Nizom talablari davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining yozma topshirigʻi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan taqdirda mablagʻlar ushbu qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob raqamidan olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Budjetdan tashqari Jamgʻarmaga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar hisoblangan holda monopoliyaga qarshi davlat organi yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 61-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda) ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 79-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 3 va 8-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 38-modda) 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 2 va 14-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi 165-son va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 25-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 28-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori)” 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 2 va 4-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 10-son, 106-modda, 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 43-son, 573-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)