Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOJA AHROR VALIY TAVALLUDINING 600 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buyuk Vatandoshimiz, oʻz davrida diyorimizda tinchlik va ahillikni qaror toptirishga, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qoʻshgan va boy maʼnaviy meros qoldirgan ulugʻ mutafakkir Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Amir Temur jamgʻarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:
Xoja Ahror Valiy asarlarining qoʻlyozmalari manbalarini keng, xolisona talqin va yondashuvlar asosida oʻrganish, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviy tadqiqotlarni toʻplash va nashr etish;
Samarqand shahrida “Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va maʼnaviyatida tutgan oʻrni” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
4. “Oʻzbekkino” milliy agentligiga allomaning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan tarixiy-hujjatli filmni suratga olish topshirilsin.
5. Madaniyat ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiyning Samarqand tumanidagi meʼmoriy majmuasini taʼmirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
6. “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga Samarqand viloyati hokimligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiy nomi bilan bogʻliq qadamjolarga yurtdoshlarimizning ziyoratlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
7. Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Z. Husniddinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-mart,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 143-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
| 1. | Azizxoʻjayev A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| 2. | Husniddinov Z. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, kelishuv asosida |
| 3. | Xolmurodov R. | — | Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| 4. | Shodiyev B. | — | Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi bosh mutaxassisi, masʼul kotib |
| 5. | Abdullayev A. | — | Toshkent islom univ�rsiteti prorektori |
| 6. | Bahromov A. | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| 7. | Koʻchimov A. | — | “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi |
| 8. | Minovarov Sh. | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| 9. | Muhammadiyev O. | — | Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi raisi |
| 10. | Murod Muhammad Doʻst | — | “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori |
| 11. | Oripov A. | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| 12. | Shogʻulomov R. | — | Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
| 13. | Husanboyev B. | — | “Oʻzbekturizm” kompaniyasi raisi |
| 14. | Ernazarov E. | — | Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 15. | Valixoʻjayev B. | — | OʻzFA akademigi |
| 16. | Abduxalimov B. | — | OʻzFA Sharqshunoslik instituti direktori vazifasini bajaruvchi |
| 17. | Boyqobilov B. | — | Oʻzbekiston xalq shoiri |