Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2010/2011 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR IShLAShGA TAYYORLAShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va tashkilotlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 va 4-ilovalarga* muvofiq;
* 2—4-ilovalar berilmaydi.
koʻmir, suyultirilgan gaz, pechka yoqilgʻisi, mazut va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2010/2011-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
* 5-ilova berilmaydi.
2. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2009/2010-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini muvofiqlashtirish uchun 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
* 6-ilova berilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddi oʻrinbosarlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):
kommunal soha korxonalari, qozonxonalar, koʻp kvartirali turarjoy binolari, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 15-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2010-2011-yillar kuz-qish davrida tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu Qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-iyun,
PQ-1353-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2010-y., 6-son, 255-modda)