Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.08.1996 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA NAQD PUL MABLAGʻLARI EMISSIYASI VA KASSA REJASI BELGILANGAN DARAJASINING 1996-YILNING IYuL OYIDAGI BAJARILISh YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, tijorat banklari, soliq organlari hamda pulli xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul mablagʻlari emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan belgilangan parametrlarni bajarishga oid izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Umuman respublika va Toshkent shahri boʻyicha naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarishga erishildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va koʻpgina viloyatlar hokimliklari naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirishga doir belgilangan prognozlarning bajarilishini taʼminlay olmadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan qarorning 4-bandiga va “Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq kassa prognozlarining 1996-yil iyul oyidagi bajarilish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va Davlat soliq qoʻmitasining oʻz mintaqaviy boʻlinmalari mansabdor shaxslariga nisbatan koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiq tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisidagi qarorlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent shahar hokimi K.N. Toʻlaganov, uning oʻrinbosarlari — R.F. Fayzullayev va R.M. Shoabdurahmonov 1996-yilning iyul oyidagi kassa rejasi hamda naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlarini oshirib bajarganliklari uchun oylik lavozim maoshining 30 foizi miqdorida mukofotlansinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va uning oʻrinbosarlariga, shuningdek viloyatlarning hokimlari va ularning oʻrinbosarlariga naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasining hamda kassa rejalarining belgilangan prognozlarini bajarmaganliklari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan ilovaga muvofiq miqdorlarda jarima solinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining, shuningdek “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat”, Oʻzbekbirlashuv uyushmalari, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa vazirliklari va idoralari rahbarlarining eʼtibori joylardagi isteʼmol bozorini kundalik ehtiyoj tovarlari bilan toʻldirish, pulli xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirish va naqd pullarning aylanishini jadallashtirish hisobiga aholiga joriy toʻlovlarni taʼminlash boʻyicha ishlarning qoniqarsizligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (F.M. Mullajonov) va Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.K. Gataulin) viloyatlar, shaharlar va tumanlarda emissiya darajasini pasaytirish prognozlarining izchil bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. Naqd pullarning bankdan tashqari muomalada boʻlishini keskin kamaytirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tushumlarni toʻliq va oʻz vaqtida inkassatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha ragʻbatlar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-avgustdagi 278-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlariga 1996-yil iyul oyidagi naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejasining bajarilishi natijalari boʻyicha solinadigan jarima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Viloyatlar nomi‎

Vazirlar Kengashining raisi va hokimlar‎

Hokimlarning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari‎

Hokimlarning xalq isteʼmol tovarlari, savdo va pulli xizmatlar boʻyicha oʻrinbosarlari‎

Jarima miqdori, ish haqiga nisbatan foizlarda‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ Avezmatov S.Y.‎ Qoshqarboyev D.‎ Bekturdiyev B.‎ 10‎
Andijon‎ Obidov K.Gʻ.‎ Ibrohimov Sh.Gʻ.‎ Qayumov M.K.‎ 20‎
Buxoro‎ Raxmonov M.R.‎ Toʻxtayev F.N.‎ Jdanov V.V.‎ 20‎
Jizzax‎ Toshkenboyev A.X.‎ Hakimov Z.X.‎ Uzoqov B.U.‎ 20‎
Qashqadaryo‎ Parmonov O.D.‎ Nasimov R.N.‎ Lixin A.L.‎ 20‎
Navoiy‎ Gʻafforov H.R.‎ Halimov A.R.‎ Berdiyev E.Sh.‎ 20‎
Namangan‎ Rapigʻaliyev B.‎ Najmiddinov I.H.‎ Mamatqulov E.R.‎ 20‎
Samarqand‎ Mardiyev A.M.‎ Umarov A.U.‎ Umarov Sh.X.‎ 20‎
Sirdaryo‎ Hasanov Gʻ.B.‎ Krovnov A.N.‎ Rahimov T.A.‎ 20‎
Surxondaryo‎ Noraliyev J.‎ Ahmedov A.A.‎ Ahmedov N.X.‎ 20‎
Toshkent‎ Roʻziyev E.M.‎ Hosilov B.A.‎ Asadov H.‎ 20‎
Fargʻona‎ Islomov M.Y.‎ Haydarov H.Oʻ.‎ Ergashev B.M.‎ 20‎
Xorazm‎ Yusupov I.‎ Sultonov J.S.‎ Rahimov Q.‎ 20‎