17.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2122
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 17.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2122
Дата вступления в силу
27.07.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2023
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 14 ilovasiga (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash tartibini belgilaydi.
5. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va ushbu soliqni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12 songa 1 ilova) belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining “Qazib olish hajmi, t., kub. m.” ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi ko‘rsatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)