12.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2102
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Qarori, 12.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2102
Дата вступления в силу
22.05.2010
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, 1-2-son, 6-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq yuqori budjetdan quyi budjetlarga mazkur hududlarda shakllangan o‘tkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibini belgilaydi.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti daromadlari va xarajatlarining oylar* (choraklar) bo‘yicha taqsimlanishini tuzishda o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi budjetga kelib tushishi ko‘zda tutilgan, ushbu hududlarda shakllangan, ammo O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga kelib tushayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
13. Budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 1052, 2001-yil 19-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) muvofiq amalga oshiriladi.
18. Budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1052, 2001-yil 19-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) muvofiq amalga oshiriladi.