Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.02.1996 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOShKENT ShAHRIDAGI MEHMONXONA KOMPLEKSINI “BAKRI INVESTINDO” (INDONEZIYA) KOMPANIYASIGA SOTISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, shuningdek turizmni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining Toshkent shahri, Oʻzbekiston ovozi koʻchasi, 2-uyda joylashgan mehmonxona kompleksini atrofidagi yer uchastkasi bilan birgalikda “Bakri Investindo” (Indoneziya) kompaniyasiga sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan “Bakri Investindo” kompaniyasi oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan mehmonxona kompleksining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bakri Investindo” kompaniyasi sotib olinadigan kompleksga mulkchilik huquqini amalga oshirish va turizm sohasida faoliyat koʻrsatish uchun Toshkent shahrida oʻz filialini ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mehmonxona kompleksini sotishdan tushadigan mablagʻlar va ulardan maqsadli foydalanish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga tushadigan toʻlovlarni taqsimlash bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni amalga oshirish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Bakri Investindo” kompaniyasining Oʻzbekistondagi filialini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilayotgan mehmonxonaning atrofidagi yer uchastkasiga “Bakri Investindo” kompaniyasining mulkchilik huquqini rasmiylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bakri Investindo” kompaniyasining tashkil etilayotgan filialiga mehmonxona kompleksida savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini belgilangan tartibda bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir hafta muddatda avans toʻlov “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hisob-kitob schyotiga tushgandan va kompleksning qolgan qiymatiga “Bakri Investindo” kompaniyasi tomonidan tegishli bank kafolati berilgandan keyin hamda Toshkent shahar hokimligining qarori asosida mehmonxona kompleksiga va uning atrofidagi yer uchastkasiga egalik huquqiga dalolatnomani rasmiylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Bakri Investindo” kompaniyasining mehmonxona kompleksini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlarga qoʻshimcha ravishda “Bakri Investindo” kompaniyasining filiali mehmonxona kompleksiga mulkchilik huquqi olingan kundan boshlab besh yil muddatga yer soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk Ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 2-iyundagi PF-1162-son Farmoniga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan filial besh yil muddatga chetga chiqariladigan foydadan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Bakri Investindo” filialining valyuta kursi oʻzgarib turishi hisobidan hosil boʻladigan foydasi soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bakri Investindo” kompaniyasi filialiga inflatsiya darajasiga muvofiq aktivlarning balans qiymatiga tuzatish kiritishga, shuningdek elektr energiyasi, gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun Toshkent shahar mehmonxona komplekslari uchun amalda boʻlgan narxlar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzbekturizm” mehmonxona kompleksi “Bakri Investindo” kompaniyasi mulkiga berilishi bilan bogʻliq davlat poshlinalari va yigʻimlarining barcha turlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari S.S. Saidqosimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72-son