Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.1999 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOShOQLI DON EKINLARINI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh, ULARNING SELEKSIYASI VA URUGʻChILIGINI YaXShILAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xoʻjaliklarida boshoqli don ekinlarining yuqori hosilli, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli istiqbolli navlarini oqilona joylashtirishni, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda boshoqli don ekinlari navlarini yangilash va ularni navlar boʻyicha joylashtirishning har yilgi dasturlari oʻz vaqtda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Boshoqli don ekinlari navlarini yangilash va ularni navlarga koʻra joylashtirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda doimiy ishlovchi respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don ekinlari urugʻchiligini yaxshilashga doir takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish, ularni respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlariga muvofiq navlar boʻyicha rayonlashtirish va joylashtirish asoslanganligini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir mintaqada koʻpi bilan 3-4 xil yuqori hosilli, yotib qolmaydigan, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli navlar ekilishini nazarda tutgan holda boshoqli don ekinlari navlarini respublikaning turli iqlimli hududlarida yetishtirish uchun tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning turli mintaqalariga tatbiqan yangi serhosil va kasalliklarga chidamli navlarni jadal yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida boshoqli don ekinlariga doir seleksiya-urugʻchilik ishlarini olib borishning zamonaviy texnologiyalari va yoʻnalishlarini izlab topish hamda joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning janubiy mintaqalari, ayniqsa choʻl va yarimchoʻl mintaqalari uchun navli urugʻlar yetishtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, nav sinash uchastkalarining faoliyatini tahlil qilish, seleksionyerlar va urugʻshunoslarni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elita, birinchi va keyingi reproduksiyali urugʻlikka boʻlgan ehtiyojni, shu jumladan lalmi zona uchun, ularni don mahsulotlari korxonalari, xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarish va tayyorlash hajmini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navlarning hosildorligini va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish va navlar sinovi natijalari boʻyicha axborot-tahlil materiallarini vaqti-vaqti bilan nashr etish va joylarga yetkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Doimiy ishlovchi respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻchilik xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oʻrgansinlar, zaruriyat boʻlganda ularning soni va joylashishini don ekuvchi xoʻjaliklarning yuqori sifatli urugʻliklarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishdan kelib chiqib qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli ekinlar urugʻligi tayyorlab qoʻyilayotgan don mahsulotlari korxonalari ishini tahlil qilsin, ularni urugʻlik material tayyorlash, ularga ishlov berish, ularni tozalash, navlarga ajratish, dorilash va saqlashga ixtisoslashtirish masalalarini koʻrib chiqsin, bunda “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimida respublikaning janubiy mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ular uchun boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlash korxonasi tashkil etishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Davlat kimyo komissiyasi boshoqli don ekinlari hosilini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish yuzasidan tavsiyalarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar, ularda urugʻlikni tayyorlab qoʻyish, ularga ishlov berish va dalalarni tayyorlashda, shuningdek boshoqli don ekinlari oʻsishi davrida ekinlarni kasalliklar, zararkunandalar va begona oʻtlardan agrotexnik va agrokimyoviy himoya qilish chora-tadbirlarini belgilasinlar hamda doimiy ishlovchi respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Doimiy ishlovchi respublika komissiyasi har yili boshoqli don ekinlari hosili yigʻishtirib olingandan keyin 1-avgustgacha respublikaning barcha tumanlari va viloyatlari sharoitida rayonlashtiriladigan boshoqli don ekinlarining yangi navlari sinovi natijalarini keng muhokama qilsin. Boshoqli don ekinlari navlarini sinash yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining maxsus yillik “Axborotnoma” jurnalida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, Doimiy ishlovchi respublika komissiyasi har yili kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish masalalari yuzasidan Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha topshiriqlari respublikaning barcha vazirliklari va idoralari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika komissiyasi 2000-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini bir oy muddatda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Doimiy ishlovchi komissiya raisi B. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 28-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.)