Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.06.2001 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TALIMARJON GRESINING 1-BOSH ENERGIYA BLOKINI VA “SUGʻDIYONA” KICHIK STANSIYASINI ISHGA TUSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001 — 2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida energiya beruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida respublika iqtisodiyotini elektr energiyasi bilan ishonchli va sifatli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 800 MVt quvvatli Talimarjon GRESining 1-bosh energiya blokida va 500 kV “Sugʻdiyona” kichik stansiyasida qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini “Ansol LTD” (Buyuk Britaniya) firmasining tovar krediti hisobiga 2003-yilda tugallash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasiga elektr energiyasini kafolatli berish uchun Talimarjon GRESining 1-energiya blokini moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar, tuzatish komplekti bilan butlashni tugallash va 500 kV “Sugʻdiyona” kichik stansiyasi ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ANSOL LTD” firmasi bilan 59,3 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish xarajatlarini va yetkazib beruvchining moliyaviy chiqimlarini oʻz ichiga oluvchi summaga tovar kreditiga belgilangan tartibda kontrakt tuzishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar krediti uchun hisob-kitobni Oʻzbekiston Respublikasi chegarasida elektr energiyasini 1 kVt/soat uchun 0,015 AQSH dollari narxi boʻyicha “ANSOL LTD” firmasi mulki qilib berishga hamda umumiy summasi 59,3 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan elektr energiyasini Oʻzbekiston Respublikasining elektr shoxobchalari orqali tranzit boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tovar kreditini yetkazib berish va qaytarishning prognoz jadvali 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi koʻrsatib oʻtilgan kontraktni amalga oshirish doirasida valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan kredit boʻyicha “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi bilan “ANSOL LTD” firmasi oʻrtasidagi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kontraktni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ilgari oʻzlashtirilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda koʻrsatib oʻtilgan obyektlar qurilishini tugallash boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha mazkur loyihalarni belgilangan tartibda 2002-2003-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “ANSOL LTD” firmasi bilan tuzilgan kontrakt doirasida olib kelinayotgan asbob-uskunalar, materiallar va eksport qilinayotgan elektr energiyasi uchun “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Energoimpeks” firmasi bojxona toʻlovlari toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlanadigan yigʻimlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kelib tushgan asbob-uskunalar, materiallarga bojxona hujjatlari oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini hamda ularning tayinlangan joyga toʻsiqsiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qurilishni tugallash va Talimarjon GRESining 1-bosh energiya blokini va “Sugʻdiyona” kichik stansiyasini foydalanishga topshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnida berilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270-son