Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2009 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA SANOATNI RIVOJLANTIRISh VA IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYA QILISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati sanoatining salohiyatini, birinchi navbatda, tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun qishloq xoʻjaligi xomashyosi va mineral xomashyoni sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish negizida yanada rivojlantirish, shu asosda aholining ish bilan bandligini va daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Namangan viloyati sanoatini istiqbolli rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft-gaz, avtomobil, elektrotexnika sanoati va temir yoʻllar uchun materiallar, xomashyo, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarning yuqori texnologiyali, shu jumladan mahalliylashtiradigan ishlab chiqarishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda tayyor ip-gazlama, trikotaj polotno, tayyor tikuv va trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pillani yetishtirish va dastlabki qayta ishlashdan boshlab zamonaviy ipak va aralash matolar, shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladigan ipakchilik sanoatini keng rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, shu jumladan meva-sabzavot va goʻsht, sut mahsulotlarini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, qoramollar va qoʻy-echkilar terisi va junini qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda, mahalliy xomashyo bazasida qurilish materiallari, shuningdek zamonaviy tom yopish va pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish dasturi maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha ishlayotgan quvvatlarni kengaytirish va yangi quvvatlar tashkil etishning aniq yoʻnaltirilgan dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va saqlash boʻyicha ishlayotgan quvvatlarni kengaytirish va yangi quvvatlar tashkil etishning aniq yoʻnaltirilgan dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning bazasida qurilish materiallari ishlab chiqarish tashkil etiladigan mineral xomashyo konlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi loyihalarni tashkil etishning aniq yoʻnaltirilgan dasturi va xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda yangi korxonalar tashkil etish topshiriqlari 5 va 5.1-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 5 va 5.1-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istiqbolli sanoat korxonalarini texnik jihatdan modernizatsiya qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish tadbirlari 6-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kooperatsiyalashgan yetkazib berishlar asosida ishlab chiqarish hajmini kengaytirgan holda yirik sanoat korxonalarida xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish parametrlari 7-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillarda tarmoqlar va tumanlar boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etish parametrlari 8, 8.1 — 8.4-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 8, 8.1 — 8.4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillarda ish bilan band boʻlmagan aholini jalb etishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil qilish parametrlari 9, 9.1 — 9.4-ilovalarga* muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 9, 9.1 — 9.4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi komissiyaga (R.S. Azimov) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Namangan viloyati hokimligi, 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda — Dastur parametrlarining viloyatdagi barcha tumanlarga va Namangan shahriga, shuningdek manfaatdor tashkilotlar va korxonalarga aniq tarzda yetkazilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishi va ish oʻrinlari tashkil etilishi boʻyicha Dastur parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha parametrlar boʻyicha Dastur parametrlari bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etsinlar va ijro etuvchilar sifatida Dasturga kiritilgan korxonalarning muammoli masalalarini har oʻn kunda koʻrib chiqsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan birgalikda samarasiz foydalanilayotgan va faoliyat koʻrsatmayotgan quvvatlar, bankrot korxonalar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish hududlari negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish ishlarini davom ettirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Ishchi komissiyaga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Idoralararo maxsus komissiya (R.S. Azimov) 7-ilovada koʻrsatilgan loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 334-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 572-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish dasturiga kiritilgan loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari, Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor xoʻjalik birlashmalari Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi korxonalarga rahbarlik lavozimlarini kasb boʻyicha tayyorlangan, tajribali, birinchi navbatda, qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan mahalliy kadrlar bilan taʼminlashda, shuningdek ularning malakasini oshirishni tizimli asosda tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga mahalliy xomashyo negizida qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etuvchi korxonalar tomonidan 4-ilovaga muvofiq konlarda foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish hamda 10-ilovaga* muvofiq uchastkalarda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish huquqiga litsenziyalar olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar paketlarining taqdim etilishini va litsenziyalar olingan taqdirda yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — parrandalar oʻstirish hamda parranda goʻshti va tuxum yetishtiruvchi korxonalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun zarur yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda — “Vodiy ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyatga pilla yetkazib beruvchilar uchun xomashyo bazasi yaratish maqsadida tut koʻchatlari ekish uchun 10 gektardan kam boʻlmagan yer uchastkasi ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi va “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga konlar va istiqbolli maydonlarning xomashyo negizida qurilish materiallarining yangi korxonalarini tashkil etish boʻyicha takliflar taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi aholini va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni barqaror taʼminlash uchun xomashyo bazasi yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda — mahsulot saqlash quvvatini 6100 tonnagacha yetkazgan holda “Namangan goʻsht sut savdo” aksiyadorlik jamiyatining sovitiladigan omborlaridagi meva-sabzavot saqlash joylarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda — Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “J. Oxunov — Sh. Yulduzi” hamda “Tiklanish — Nanay bogʻbonlari” agrofirmalari binolari negizida mahsulot saqlash quvvati 4000 tonnagacha boʻlgan meva-sabzavot saqlash ombori qurilishini va foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasiga — ishlayotgan meva-sabzavot saqlash omborlarini rekonstruksiya qilish va yangi omborlar tashkil etish uchun, shuningdek “Mevasabzavottayyorlovsavdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatga — meva-sabzavot omborlarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy sovitish uskunalari bilan jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha kredit berishda belgilangan tartibda koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish dasturining amalga oshirilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlisida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 14-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 369-modda, 52-son, 572-modda)