Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.08.2009 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA KIChIK BIZNES, TADBIRKORLIK VA KASANAChILIKNI RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, Namangan viloyatining ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, ichki bozorni mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish, shu asosda aholi bandligi va daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha sanoat ishlab chiqarishi sohasida kichik biznesning yangi korxonalarini tashkil etish parametrlari 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar turlari, shaharlar va tumanlar boʻyicha xizmatlar sohasida kichik biznes korxonalari tashkil etish parametrlari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va tumanlar boʻyicha kasanachilik sohasida ish oʻrinlari tashkil etish parametrlari 3-ilovaga* muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiyaga (R.S. Azimov) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchiga (B.T. Yusupov), viloyatning shaharlari va tumanlari hokimlariga Dasturda belgilangan parametrlar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Dastur parametrlari yil choraklariga boʻlib chiqilgan holda barcha shaharlar va tumanlarga aniq yetkazib berilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes korxonalari tashkil etish boʻyicha loyihalarning tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari, noturar joy obyektlari ajratilishida, shuningdek biznesni tashkil etish va yuritish uchun zarur boʻlgan roʻyxatga olish tartib-qoidalaridan oʻtishda har tomonlama koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur parametrlari bajarilishi monitoringini tashkil etsin hamda korxonalar va hududlar boʻyicha kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirishning muammoli masalalarini muntazam ravishda koʻrib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan zarur shoshilinch amaliy chora-tadbirlar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Namangan viloyati hokimligiga Namangan viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga va hokimlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga, shuningdek Kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi topshiriqlari toʻliq darajada bajarilishini taʼminlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari xodimlariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish paytida davlat boji sifatida olingan mablagʻlar va mahalliy budjetlar parametrlari ortigʻi bilan bajarilishidan olingan mablagʻlar hisobiga har chorak yakunlari boʻyicha ularning lavozim maoshiga 30 foizgacha miqdorida mukofot belgilash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyat tumanlari va shaharlari hokimliklarining, shuningdek vazirliklar va idoralar hududiy boʻlinmalarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va xodimlarini mukofotlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklariga Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, eng avvalo dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish, zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlar ajratilishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 383-modda)