Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.08.2009 yildagi 236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 - 2011 YILLARDA TOʻQIMAChILIK SANOATI KORXONALARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA MODERNIZATSIYA QILISh HAMDA MAHALLIY NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qarorini bajarish yuzasidan hamda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hisobiga nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va shu asosida aholi bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 1, 1a va 1b ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1, 1a, 1b-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2011-yillar davrida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar boʻyicha modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda 1, 1a, 1b va 2-ilovalarda koʻrsatilgan maqsadli parametrlar asosida mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish jadvalini tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash loyihalari, shu jumladan tayyor toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish sohasida yangidan tashabbus koʻrsatiladigan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan xorijiy investor oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya shartnomasida qonun hujjatlarida belgilangan shartlardan tashqari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati koʻrsatiladi, shuningdek xorijiy investorning quyidagi qoʻshimcha majburiyatlari nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chetdan keltiriladigan asbob-uskunalarni loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishida belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanishga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalar foydalanishga topshirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida ishlab chiqarishning loyihadagi quvvatiga chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tikuv-trikotaj va toʻqimachilik ishlab chiqarishlarning ishlab chiqarish quvvatini besh yil mobaynida kamida 70 foiz, kalava ishlab chiqarish quvvatini kamida 85 foiz darajasida saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizini eksportga sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi ish oʻrinlari tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investor va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investitsiya shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan uni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzilgan investitsiya shartnomasi shartlari xorijiy investor tomonidan bajarilmagan taqdirda imtiyozlar va preferensiyalar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar toʻliq hajmda davlat budjetiga undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi investitsiya shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yengil sanoat korxonalari qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo ekspert kengashining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzengsanloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatning asbob-uskunalarning sifatli, raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan texnik parametrlari toʻgʻrisidagi tegishli xulosalari asosida qabul qilingan ijobiy qarorini hisobga olgan holda belgilangan tartibda tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yengil sanoat korxonalari qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo ekspert kengashi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq 2009 — 2011-yillar davrida toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxatiga yangi loyihalarni kiritish yoki loyihalarni maʼqullangan roʻyxatdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-oktabrdagi 300-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 43-son, 494-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoroteks” OAJni modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-son qaroriga muvofiq “DEU Tekstil Buxoro” xorijiy korxonasi tomonidan oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiriladigan va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) yangi texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, texnik jihozlar, butlovchi buyumlar, materiallar va boshqa moddiy resurslar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzstandart” agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, manfaatdor xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishining joriy holatini puxta oʻrganib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi har bir korxonada va xoʻjalik boshqaruvi organlarida sifatni boshqarish tizimlarini jadal joriy etish yuzasidan qoʻshimcha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrilgan chora-tadbirlarning natijalari toʻgʻrisida 2009-yil 1-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 372-modda; 2010-y., 14-15-son, 110-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda, 38-son, 436-modda, 43-son, 494-modda)