Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 28.07.2009 yildagi PQ-1166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYa LOYIHALARINI MOLIYALAShTIRIShGA YOʻNALTIRILADIGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLARI ULUShINI KOʻPAYTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada ragʻbatlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi banklarning tarkibiy boʻlinmalari sezilarli ravishda oʻzgartirildi hamda ularning funksiyalari kengaytirildi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining oʻrinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-oktabrdagi R-3075-sonli farmoyishiga muvofiq oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur koʻnikmalarga ega boʻlgan rahbarlar tayinlandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash boʻyicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan koʻproq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan oʻzini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini moliyalashga oʻz moliya mablagʻlarini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchilik, garovlar va taʼminlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq qaytarilishini taʼminlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar boʻlinmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2015-yilning 1-yanvarigacha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra tijorat banklari kredit portfeli tarkibida 1-ilovaga* muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha foyda soligʻi toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar — yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Investitsiya loyihalarini moliyalash uchun Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan kreditlarni qayta moliyalovchi tijorat banklari boshqaruvi raislari zimmasiga loyihalar va qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni ajratilgan foizlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan berilgan kreditlardan tijorat banklari maqsadga nomuvofiq foydalangan holatlar aniqlangan taqdirda maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan barcha pul miqdori jarima sanksiyalari qoʻllangan holda muddatidan avval toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston banklari uyushmasi va tijorat banklarining, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash uchun tijorat banklari tomonidan 2-ilovaga* muvofiq 2009-2010-yillarda yuridik shaxslar oʻrtasida kamida 110 mlrd. soʻm hajmda joylashtiriladigan uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish borasidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qogʻozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari boʻyicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar 2009-yilning 1-sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda soligʻi va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar boʻyicha yagona soliq toʻlovidan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tijorat banklari tomonidan, jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va yoʻlga qoʻyish hamda mahsulotlarni sotishda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boshqa investorlar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi R-4010-son farmoyishining 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi, moliyalovchi va amalga oshirilishini monitoring qiluvchi banklarning tarkibiy boʻlinmalarini samarali ish olib borish uchun zarur kompyuter texnikasi va uskunalar bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati masalalari uchun javobgar bank boʻlinmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash ishlarini doimiy ravishda olib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati masalalari bilan shugʻullanuvchi bank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha mintaqalarda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kurslar va amaliy seminarlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1166-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 343-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)