Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021 27.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1986
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 27.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1986
Дата вступления в силу
06.08.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOʻLOV TERMINALLARI BILAN JIHOZLASh VA AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA ULARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-iyulda 1986-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/17-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 1-martdagi 2021-08-sonli ““Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1986-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 258-modda) 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18/1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1, 2009-20-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-sonli “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 181-modda), 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 309-modda) qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 258-modda), 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 94-modda) qarorlariga muvofiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank plastik kartochkasi — uning egasiga bank hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni, shu jumladan hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish va undan naqd pul mablagʻlarini olish imkonini beruvchi elektron toʻlov vositasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning oʻlchamidan va hokazolardan qatʼi nazar, tovarlar sotish va xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo kartasi — bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminali, infokiosk (oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish toʻlov-maʼlumot terminali) va bankomat orqali naqd yoki naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish uchun ularga oʻrnatiladigan, amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi tranzaksiyalarni inkassatsiya qilingunga qadar jamlab boruvchi, shu bilan bir vaqtda stop-list roʻyxatidagi soʻmli bank plastik kartochkalari roʻyxatini oʻzida saqlovchi mikroprotsessorli plastik karta;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2, 2013-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1986-2, 01.04.2013-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 187-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
slip — bank plastik kartochkasidan foydalangan holda operatsiya oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va oʻzida operatsiya summasi, turi, sanasi, shuningdek bank plastik kartochkasini hamda ushbu slipni shakllantirgan terminalni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi terminal kvitansiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov terminali — tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni bank plastik kartochkasi orqali naqd pulsiz hisob-kitob qilish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha sliplarni shakllantiruvchi qurilma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini toʻlov terminallari bilan jihozlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida toʻlov terminali majburiy oʻrnatilishi lozim*:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamagan tarzda, qonunchilikka muvofiq aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan obyektlarni istisno qilgan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatsiya va temir yoʻllar pattalarini sotish kassalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzal va avtostansiyalar kassalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sugʻurta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa subyektlari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2, 2013-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986-2, 01.04.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 187-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turgʻun savdo shoxobchalari, shu jumladan dorixonalar (egallab turgan maydoni oʻlchamidan qatʼi nazar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ovqatlanish obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa boʻlimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat koʻrsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 11-maydagi 18/1, 2010-23-son qarori (roʻyxat raqami 1986-1, 09.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 190-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Savdo va xizmat koʻrsatish obyekti rahbari oʻz savdo va xizmat koʻrsatish obyektiga oʻrnatish uchun toʻlov terminallarini ajratish boʻyicha yoki oʻzida mavjud boʻlgan toʻlov terminallariga dasturiy taʼminotni oʻrnatish (bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulanish) yuzasidan xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 6-fevraldagi 310-V-3, 2015-6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986-3, 11.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 6-son, 76-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Murojaatlar ushbu Nizomning 2-bandida keltirilgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari rahbarlari tomonidan tijorat banklarida talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻini ochgan kundan boshlab yoki toʻlov terminali majburiy oʻrnatilishi lozim boʻlgan holatlar vujudga kelgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yuborilishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 6-fevraldagi 310-V-3, 2015-6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986-3, 11.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 6-son, 76-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari toʻlov terminalini ajratish boʻyicha murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida toʻlov terminallarini ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining oʻzlarida mavjud boʻlgan toʻlov terminaliga dasturiy taʼminotni oʻrnatish yuzasidan qilingan murojaatlar bir hafta muddat ichida koʻrib chiqiladi va ularga tegishli dasturiy taʼminotlar oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov terminallari bilan jihozlangan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tijorat banklari savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga toʻlov terminallarini ijaraga berishi yoki ularni sotib olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit ajratishi yoxud ular bilan lizing shartnomasi tuzishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylanma mablagʻlar taqchilligiga duch kelayotgan chakana savdo va xizmatlar sohasi tashkilotlarining toʻlovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari sotib olishi uchun tijorat banklari oʻz mijozlarining soʻrovlari boʻyicha imtiyozli kreditlar (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi boʻyicha) berish chora-tadbirlarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda toʻlov terminallaridan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toʻlov terminallari oʻrnatilgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining sotuvchi-xodimlari toʻlov terminallaridan foydalanish tartibini bilishi lozim. Savdo va xizmat koʻrsatish obyekti rahbari sotuvchi-xodimni toʻlov terminallaridan foydalanish tartibi bilan tanishtirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki toʻlov terminallaridan foydalanish yuzasidan ularga tushuntirish beradi hamda savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari bilan toʻlov terminalidan foydalanish boʻyicha shartnoma (bitim) tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari rahbarlari toʻlov terminallarining uzluksiz ishlashini hamda obyektlarda “Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi shartli belgisi boʻlishini taʼminlashlari shart.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2, 2013-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986-2, 01.04.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 187-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov terminali texnik yoki dasturiy nosoz holatga kelib qolganda, savdo va xizmat koʻrsatish obyekti rahbari bu haqda bir kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 6-fevraldagi 310-V-3, 2015-6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986-3, 11.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 6-son, 76-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari rahbarlari oʻn kun muddat ichida toʻlov terminallarini soz holatga keltirish choralarini koʻrishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan toʻlov terminallarini asossiz ravishda olib qoʻyishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyatini toʻxtatgan hollarda, bir ish kunidan kechiktirmasdan toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini bergan tijorat banklariga bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimdan oʻzlarini chiqarish uchun murojaat qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari bir ish kuni ichida toʻlov terminali savdo kartalaridagi mablagʻlarning toʻliq inkassatsiyasini amalga oshirib, barcha mablagʻlarni mijozning asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi hamda toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimdan chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatini toʻxtatgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini ijaraga bergan tijorat bankiga qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tomonidan bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulangan toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzlariga tegishli boʻlgan (tizimga ulangan) toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun bergan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2, 2013-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1986-2, 01.04.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 187-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining sotuvchi-xodimlari tomonidan toʻlov terminallaridan foydalanishni bilmaslik sababi bilan bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilmaslik holati savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari sotuvchi-xodimlari (masʼul shaxslar) tomonidan toʻlov terminalining nosozligi bahona qilinib, bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlar qabul qilinmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlar amalga oshirilganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari asossiz ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tomonidan toʻlov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatish hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarining mavjudligi va ulardan majburiy ravishda foydalanish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 15-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 351-modda; 2010-y., 23-son, 190-modda; 2013-y., 14-son, 187-modda; 2015-y., 6-son, 76-modda)