Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTEʼMOL TOVARLARI (XIZMATLAR)NING AYRIM TURLARINI IShLAB ChIQARISh VA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-son qaroriga muvofiq hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan isteʼmol tovarlari sifati, ularning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek odamlarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyul,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 135-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Kinovideomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-banddagi “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va bankdagi talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqami;
litsenziyalanayotgan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);
b) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat”;
v) 22-bandning ikkinchi xatboshi va 32-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) Nizomga ilovaning “Subyektlar” ustuni birinchi pozitsiyasidagi “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 332-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda)