Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.06.2009 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKA KORXONALARIDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BOʻLGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETIShNI KENGAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksport salohiyatini koʻpaytirish va respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini 2011-yil 1-yanvargacha joriy etish toʻgʻrisidagi 2-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek respublika korxonalarining takliflari asosida ushbu qarorga 2-ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzstandart” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 3-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar faoliyatini tahlil qilish asosida 2011-yil 1-yanvargacha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish istiqboliga ega boʻlgan korxonalarning aniq roʻyxatini tasdiqlash uchun Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus ishchi guruhning ular yuzasidan ijobiy qarorlari qabul qilingan mintaqaviy korxonalar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir mintaqaviy tadbirlarni tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan korxonalar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir tarmoq tadbirlarini tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish amalga oshirilishi tahliliga bagʻishlangan masalalarni Komplekslarning choraklik majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha koʻrsatkichlardan rahbarlar ishlarini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalansinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari oʻtkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega boʻlgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga muvofiq foyda soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga va qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import boʻyicha bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar roʻyxatiga laboratoriya tadqiqotlarida va mahsulotlarni testdan oʻtkazishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ularga ehtiyot qismlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrining ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ishlab chiqarishlarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha korxonalar tajribasini har oyda ommaviy axborot vositalarida yoritib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 19-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 2-bandi, 3-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 11-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 297-modda, 46-son, 498-modda, 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda)