Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.06.2009 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 - 2012 YILLARDA ChARM-POYABZAL SANOATI KORXONALARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA MODERNIZATSIYA QILISh HAMDA TAYYOR ChARM TOVARLAR IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyor charm-poyabzal tovarlari ishlab chiqarish, aholining oʻsib borayotgan talablarini birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmlarini sezilarli darajada koʻpaytirish hisobiga qondirish, koʻn-charm xomashyosini samarali qayta ishlash, tarmoq korxonalarida zamonaviy texnologiya asbob-uskunalarini joriy etish va shu asosda raqobatbardoshli koʻn-charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek charm-poyabzal korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillar davrida charm-poyabzal mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli parametrlari 1, 1a, 1b-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1, 1a, 1b-ilovalari rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009 — 2012-yillar davrida respublika charm-poyabzal korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar rahbarlari bilan birgalikda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarining TIA oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi ushbu bandni qatʼiy nazoratga olsin va bajarilishini tashkil etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan birgalikda 2010-yil 1-yanvargacha Poyabzal dizayni markazini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsin, unga quyidagi asosiy vazifalarni yuklasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poyabzal dizayni va uni ishlab chiqarish, charm galanteriya, aksessuarlar sohasidagi jahon modalar tendensiyalarini oʻrganish va istiqbolda modellashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poyabzal va charm-galanteriya sanoati korxonalari va turdosh tarmoqlar mutaxassislari uchun poyabzal va charm galanteriya mahsulotlarini modellashtirish va ularning konstruksiyasi masalalari boʻyicha metodik seminarlar va yigʻilishlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy poyabzal texnologiyasi, dizayni, ularni konstruksiyalash va ishlab chiqarish boʻyicha charm-poyabzal tarmogʻi va alohida jismoniy shaxslar uchun kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha kurslar tashkil etish hamda ixtisoslashtirilgan metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar va institutlar, poyabzal va charm-galanteriya mahsulotlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashgan xorijiy modalar uylari va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda Poyabzal dizayni markazini joylashtirish uchun bino ajratish masalasini bir oy muddatda belgilangan tartibda hal qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qaroriga muvofiq joriy yilda poyabzal va charm galanteriya ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan butlovchi materiallar va furnitura ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda furnitura ishlab chiqarishga ixtisoslashgan potensial investorlarni jalb qilgan holda poyabzal va charm-galanteriya ishlab chiqarishi uchun furnitura ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni yaratish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-oktabrdagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 43-son, 494-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzstandart” agentligi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga talab qilinadigan xalqaro darajani hisobga olgan holda standartlarni ishlab chiqishda, shuningdek ushbu korxonalarda sifatni boshqarish tizimini jadal joriy etishda koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda charm-poyabzal tarmogʻi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlaydigan qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mol soʻyishda va teri xomashyosini respublikaning tayyorlov va terini qayta ishlash korxonalariga topshirishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 289-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda, 38-son, 436-modda, 43-son, 494-modda)