Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 22.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1959
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qarori, 22.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1959
Дата вступления в силу
01.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MARKAZLAShTIRILGAN MANBALAR HISOBIDAN MOLIYALAShTIRILADIGAN OBYEKTLAR BOʻYIChA QURILISh MUDDATLARI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARIGA RIOYA ETILIShI USTIDAN MONITORING YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 22-mayda 1959-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-oktabrdagi PQ–969-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 408-modda) muvofiq “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining 2003-yil 19-avgustdagi 5-sonli “Tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar yuzasidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori (2003-yil 23-sentabr, roʻyxat raqami 1274 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 23-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 23-apreldagi 1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 105-modda) hamda 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 233-modda) qarorlariga muvofiq markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish (bundan keyingi oʻrinlarda monitoring deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Monitoring yuritish markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnoma shartlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish maqsadida olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Monitoring yuritish yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlarni kapital taʼmirlash yuzasidan oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar boʻyicha har oyda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Monitoring yuritishni amalga oshirish hamda monitoring yuritish boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Monitoring yuritishning dastlabki bosqichi buyurtmachi va pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnoma majburiyatlari bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markaziga (keyingi oʻrinlarda konsalting markazi deb ataladi) ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq har oyda taqdim etib boriladigan axborotlarni tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konsalting markazlari buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan taqdim etilgan axborotlarni tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan jadvallar asosida har oyda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Konsalting markazlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy inspeksiyalari deb yuritiladi) bilan birgalikda buyurtmachi va pudratchilar tomonidan taqdim etilgan monitoring yuritish boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlarini tekshirish boʻyicha joylardagi tanlanma obyektlarga chiqib, amalda bajarilgan ishlarni solishtirish (obyektlar umumiy sonining 50 foizidan kam boʻlmagan) yoʻli bilan nazorat oʻrnatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsalting markazlari hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy inspeksiyalari tanlanma obyektlar boʻyicha amalda bajarilgan ishlarni oʻrganib chiqish natijalari yuzasidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq monitoring maʼlumotlarini tayyorlaydi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi har chorakda monitoring yuritish natijalari boʻyicha viloyatlar kesimida va moliyalashtirish mablagʻlari koʻrsatilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Monitoring yuritish natijalari boʻyicha tayyorlanadigan maʼlumotlar toʻliq va haqqoniy boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurilish obyektlarining nomi, foydalanishga topshirish muddatlari va qiymatlari buyurtmachining tanlov savdolari natijalari boʻyicha hisobotiga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Buyurtmachilar, pudratchilar, Konsalting markazlari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy inspeksiyalari hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi belgilangan tartibda taqdim etilayotgan monitoring yuritish natijalari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlarning toʻliqligi, haqqoniyligi va oʻz vaqtida topshirilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_____________________________________________ boʻyicha obyektlarning‎‎

‎‎(hudud nomi)

shartnoma shartlarini bajarilishi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT ‎‎

T/r‎‎‏

Obyektning nomi, quvvati‎‎‏

Foydalanishga topshirish muddati‎‎‏

Pudratchi tashkilot‎‎‏

Obyektning shartnoma boʻyicha qiymati‎‎‏

Obyektning haqiqiy holati‎‎

bajarilgan ishlar‎

jadval asosida‎

amalda‎

tasdiqlangan jadvalga muvofiq foiz hisobida‎

yillik rejaga nisbatan foiz hisobida‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎



‎‎Buyurtmachining rahbari



‎‎‎‎‎__________ ‎



‎‎‎‎__________________

‎‎imzo

‎‎F.I.O.


‎‎‎Jadvalning davomi

‎‎

‎‎Bajarilgan ishlarning qisqacha tahlili

Moliyalashtirish (mln soʻmda) ‎‎

Mashina va mexanizmlar, ishchi kuchi zaxiralari soni‎‎

Obyektda bajarilayotgan ishlar

Ortda qolish sabablari

amalda‎

foizda‎

nomi

jadval asosida

amalda

foizda

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎‎

17‎

‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎____________________________________________ obyektlari boʻyicha

‎‎(pudratchining nomi)

‎‎shartnoma shartlarini bajarilishi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

T/r‎‏
‎‏

Obyektning nomi, quvvati‎‏
‎‏

Foydalanishga topshirish muddati‎‏
‎‏

Obyektning shartnoma boʻyicha qiymati‎‏
‎‏

Obyektning haqiqiy holati‎‎

bajarilgan ishlar‎‎

jadval asosida‎

amalda‎

tasdiqlangan jadvalga muvofiq foiz hisobida‎

yillik rejaga nisbatan foiz hisobida‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎



‎‎‎Pudratchining rahbari



‎‎‎_________‎



‎___________________‎‎

‎‎imzo

F.I.O.‎‎‎


‎‎‎Jadvalning davomi

‎‎

Bajarilgan ishlarning qisqacha tahlili‎‎

Moliyalashtirish (mln soʻmda) ‎‎

Mashina va mexanizmlar, ishchi kuchi zaxiralari soni‎‎

Obyektda bajarilayotgan ishlar‎‏

Ortda qolish sabablari‎‏

amalda‎

foizda‎

nomi‎

jadval asosida‎

amalda‎

foizda‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎________________________________________ boʻyicha obyektlarda shartnoma shartlarini

‎‎(hudud nomi)

‎‎bajarish tanlanma monitoringi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

‎‏T/r
‎‏

‎‏
‎‏Obyektning nomi, quvvati

Foydalanishga topshirish muddati‎‏
‎‏

‎‏
‎‏Obyektning shartnoma boʻyicha qiymati

Obyektning haqiqiy holati‎‎

Bajarilgan ishlar‎‎

Koʻrsatkichlarning nomi‎‏

jadval boʻyicha‎

amalda‎

jadvalga nisbatan foiz hisobida‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎



‎‎‎Konsalting markazi direktori

‎‎

‎__________



‎‎‎____________________

‎‎imzo

‎‎F.I.O.

‎‎“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining
‎ hududiy inspeksiyasi rahbari

‎‎
‎__________


‎____________________‎‎

‎‎imzo ‎‎

‎‎‎‎F.I.O. ‎

‎‎Jadvalning davomi

‎‎

Ishlarni turi boʻyicha‎‎

er ishlari‎‏

poydevorlar‎‏

Gʻisht terish‎‏

eshik, deraza va pollarni oʻrnatish‎‏

orayopmalar‎‏

tomyopmalar‎‏

muhandislik kommunikatsiyalari‎

tashqi‎

ichki‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

‎‎ ‎
‎Jadvalning davomi‎
‎‎


‎Ortda qolish sabablari‎‎‎‏
‎‎‎‏

‎‎‎

Moliyalashtirish‎

pardozlash ishlari‎‎

obodonlashtirish, toʻsiq devorlar‎‎

amalda‎‎

foizda‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 256-modda)