15.11.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TRANSMILLIY UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KONVENSIYASINI TOʻLDIRUVCHI ODAM SAVDOSINING, AYNIQSA AYOLLAR VA BOLALAR SAVDOSINING OLDINI OLISH HAMDA UNGA CHEK QOʻYISH VA UNING UCHUN JAZOLASH HAQIDAGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomasi

MUQADDIMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Bayonnomaning Ishtirokchi-davlatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosining, ayniqsa, bolalar va ayollar savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun bunday savdoning oldini olish, u bilan shugʻullanayotgan shaxslarni jazolash hamda bunday savdo qurbonlarini himoyalashga qaratilgan choralarni oʻz ichiga oluvchi, shuningdek ular xalqaro tan olingan inson huquqlarini himoya qilish yoʻli bilan amalga oshiruvchi, keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligini maʼlum qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalardan foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha amaliy choralar va normalarni nazarda tutgan bir qator xalqaro hujjatlar boʻlishiga qaramay, odam savdosining barcha jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan universal hujjatning yoʻqligini eʼtiborga olib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday hujjatning mavjud emasligi odam savdosi nuqtai nazaridan chorasiz ahvolga tushgan shaxslarning yetarli darajada himoyalanmasligiga olib kelishi mumkinligidan tashvishlanib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh Assambleyaning 1998-yil 9-dekabrdagi 53/11-sonli rezolyutsiyasida bayon qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi keng qamrovli xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hujjatni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilish uchun ochiq tarkibdagi hukumatlararo maxsus qoʻmita taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaroriga havola qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasiga qoʻshimcha — odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va toʻxtatish, bu jinoyatlar uchun jazo tayinlash boʻyicha xalqaro hujjat sifatida bunday jinoyatlarning oldini olish va ular bilan kurashishda yordam berishiga ishonch bildirib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida bitim tuzdilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi bilan aloqadorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Bayonnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiradi. U Konvensiya bilan birgalikda sharhlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Konvensiya qoidalari mazkur Bayonnomaga, agar unda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, “mutatis mutandis” tartibida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Bayonnomaning 5-moddasiga muvofiq shunday eʼtirof etilgan jinoyatlar Konvensiyaga muvofiq eʼtirof etilgan jinoyatlar deb tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Maqsadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bayonnoma maqsadlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) odam savdosining oldini olish hamda ayollar va bolalarga alohida eʼtibor bergan holda u bilan kurashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bunday savdo qurbonlarini ularning inson huquqlarini toʻla hurmat qilgan holda himoya qilish va ularga yordam berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) bu maqsadlarga erishishda Ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Atamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bayonnoma maqsadlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “odam savdosi” — foydalanish maqsadida kuch ishlatish xavfi yoki uni qoʻllash yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni yoki qaramlik holatini suiisteʼmol qilish yoxud toʻlovlar yoki foyda koʻrinishida sotib olish yoʻli bilan yoki shaxsni nazorat qiluvchi boshqa shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki foyda koʻrinishida sotib olish yoʻli bilan insonlarni yollash, tashish, berish, yashirish va odamlarni qoʻlga kiritishni anglatadi. Foydalanish kamida boshqa shaxslarning fohishabozligidan foydalanish yoki shahvoniy maqsadlarda foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka oʻxshash urf-odatlarni, tutqunlik holatini yoki inson tana aʼzolarini ajratib olishdan iborat boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu moddaning “a” kichik bandida aytib oʻtilgan odam savdosidan jabrlanganlarning oʻzidan rejalashtirilgan foydalanishga boʻlgan roziligi, agar ushbu kichik bandda koʻrsatilgan har qanday taʼsir etish chorasidan foydalanilgan boʻlsa, eʼtiborga olinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) foydalanish maqsadlarida bolani yollash, tashish, berish, yashirish yoki topshirish ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan taʼsir etishning biron-bir vositasini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlmasa ham “odam savdosi” deb hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “bola” — 18 yoshga yetmagan har qanday shaxsni anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Qoʻllanish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bayonnoma, agar unda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Bayonnomaning 5-moddasiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilishi munosabati bilan, agar bu jinoyatlar transmilliy xarakterga ega boʻlsa va uyushgan jinoiy guruh ishtirokida sodir etilgan boʻlsa, ularning oldini olishda, tergov qilishda va jinoiy taʼqib qilishda, shuningdek, bu jinoyatdan jabrlanganlarni himoya qilishda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Kriminallashuv
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu Bayonnomaning 3-moddasida koʻrsatilgan harakatlar qasddan sodir etilganda jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir Ishtirokchi-davlat, shuningdek quyidagi harakatlarni jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻz huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga rioya qilish sharti bilan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishda sherik sifatida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etish maqsadida boshqa shaxslarni tashkillashtirish yoki ularga boshchilik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGANLARNI HIMOYA QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ishtirokchi-davlat tegishli hollarda va imkon qadar, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq, jumladan, bunday savdo bilan bogʻliq ishlab chiqarishning (faoliyat) sir saqlanishi xususiyatini taʼminlash yoʻli bilan odam savdosi qurbonlarining shaxsiy hayoti va shaxsini himoya qilishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir Ishtirokchi-davlat, oʻzining ichki huquqiy yoki maʼmuriy tizimi, tegishli hollarda odam savdosi qurbonlariga quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradigan choralarni nazarda tutishini taʼminlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlarni tegishli sud va maʼmuriy tartibda koʻrish toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish yuritishning tegishli bosqichlarida himoya huquqlariga zarar yetkazmagan holda ularning fikrlari va xavotirlanishlarini bayon qilish va koʻrib chiqishga imkon beruvchi yordamni olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarining jismoniy, ruhiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini taʼminlash, shu jumladan tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlari, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni taʼminlash boʻyicha, xususan, quyidagi choralarni amalga oshirish imkoniyatini koʻradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kerakli boshpana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) odam savdosi qurbonlariga tushunarli boʻlgan tilda, ayniqsa, ularning yuridik huquqlari bilan bogʻliq konsultativ yordam va maʼlumotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) tibbiy, ruhiy va moddiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ish bilan taʼminlanish, taʼlim va kasbiy tayyorgarlik sohasidagi imkoniyatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu modda qoidalarini qoʻllashda odam savdosi qurbonlarining yoshi, jinsi va alohida ehtiyojlarini, xususan bolalarning alohida ehtiyojlarini, shu jumladan, kerakli boshpana, taʼlim va parvarish olishga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining hududida odam savdosi qurbonlari boʻlgan davrlarida ularning jismoniy xavfsizligini taʼminlashga intiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining huquqiy tizimi odam savdosi qurbonlariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya (tovon puli) olish imkoniyatini taqdim etish choralarini nazarda tutishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Qabul qiluvchi davlatlarda odam savdosi qurbonlarining maqomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bayonnomaning 6-moddasiga muvofiq qoʻllaniladigan choralarga qoʻshimcha sifatida har bir Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlariga tegishli hollarda oʻz hududida vaqtincha yoki doimiy asosda qolishlariga imkon beradigan qonunchilik yoki boshqa kerakli choralarni qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida bayon qilingan qoidalarni amalga oshirishda har bir Ishtirokchi-davlat insonparvarlik mulohazalarini lozim darajada hisobga oladi va rahm-shafqat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Odam savdosi qurbonlarini repatriatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurboni uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga olib kirilguniga qadar uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan boʻlsa, bunda u bu shaxsning qaytishiga yordam koʻrsatadi va bu shaxsning xavfsizligini taʼminlash masalalarini lozim darajada hisobga olgan holda, uni asossiz yoki nooqilona kechiktirishlarsiz qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarini — bunday shaxs uning fuqarosi boʻlgan yoki qabul qiluvchi ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan ishtirokchi-davlatga qaytarilishini bu shaxsning xavfsizligini, shuningdek shaxsning odam savdosi qurboni boʻlishi bilan bogʻliq holatlarda har qanday ish yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi, bundan tashqari, bunday qaytarish asosan ixtiyoriy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat iltimosiga koʻra, murojaat qiluvchi Ishtirokchi-davlat asossiz yoki oqilona boʻlmagan kechiktirishlarsiz odam savdosi qurboni boʻlgan shaxs uning fuqarosi boʻlganligini yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida hududda doimiy yashash huquqiga ega boʻlganligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan odam savdosi qurboni boʻlgan shaxsni qaytarishga koʻmaklashish maqsadida uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan Ishtirokchi-davlat qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning iltimosiga koʻra bu kabi kirish/chiqish hujjatlarini yoki bu shaxsni oʻz hududiga qaytarish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa ruxsatnomalarni berishga rozilik bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu modda qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning ichki qonunchiligining har qanday qoidasiga asosan odam savdosi qurbonlariga berilgan huquqlarga zarar yetkazmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu modda odam savdosi qurbonlarini qaytarish masalalarini toʻliq yoki qisman tartibga soluvchi har qanday amaldagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitim yoki kelishuvlarga zarar yetkazmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. OLDINI OLISH, HAMKORLIK VA BOSHQA CHORALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Odam savdosining oldini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlatlar quyidagi maqsadlarda siyosat, dasturlar va boshqa choralarni majmuaviy asosda ishlab chiqadilar va qabul qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) odam savdosi qurbonlarini, ayniqsa, ayollar va bolalarni reviktimizatsiyadan himoya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishtirokchi-davlatlar odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlarni, axborot kompaniyalarini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish kabi choralarni koʻrishga intiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaga muvofiq ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan siyosat, dasturlar va boshqa choralar tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlar, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama hamkorlik yoʻli bilan odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni odam savdosi nuqtai nazaridan nochor holatga tushib qolishlariga olib keluvchi qashshoqlik, rivojlanishning past darajasi va teng imkoniyatlarning yoʻqligi kabi omillar taʼsirini kamaytirishga qaratilgan choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ishtirokchi-davlatlar odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni ekspluatatsiya qilishga olib keladigan har qanday shaklda foydalanish odam savdosiga olib kelgani uchun unga nisbatan boʻlgan talabni yoʻqotishga qaratilgan taʼlim, madaniyat yoki ijtimoiy sohada ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qonunchilik yoki tegishli boshqa choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Axborot almashinuvi va kadrlarni tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, migratsiya va boshqa tegishli organlar tegishli hollarda bir-birlari bilan oʻzlarining ichki qonunchiligiga muvofiq quyidagilarni aniqlashga imkon beruvchi axborot almashinuvi yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kirish/chiqish hujjatlarisiz yoki boshqa shaxslarga tegishli shunday hujjatlar bilan xalqaro chegarani kesib oʻtayotgan yoki kesib oʻtishga urinayotgan shaxslar odam savdogarlari yoki bunday savdo qurbonlari boʻlib hisoblanishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) odam savdosini amalga oshirish maqsadida xalqaro chegarani kesib oʻtish uchun bunday shaxslar tomonidan foydalanilgan yoki foydalanishga uringan kirish/chiqishga boʻlgan hujjatlar turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) odam savdosini amalga oshirish maqsadida uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan qoʻllaniladigan usullar va vositalar, shu jumladan, jabrlanganlarni yollash va tashish, bunday savdo bilan shugʻullanuvchi alohida shaxslar va guruhlar oʻrtasidagi yoʻnalishlar va aloqalar, shuningdek bu guruhlar oʻrtasidagi aloqalar hamda ularni aniqlash boʻyicha qoʻllanilishi mumkin boʻlgan choralar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishtirokchi-davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi, migratsiya va boshqa tegishli organlar xodimlarining odam savdosining oldini olish masalalari boʻyicha tayyorgarligini taʼminlaydi yoki takomillashtiradi. Koʻrsatilgan tayyorgarlik bunday savdoning oldini olish, u bilan mashgʻul boʻlgan shaxslarni jinoiy taʼqib etish va jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish, jumladan, ularni bunday savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslardan muhofaza qilish metodlariga asoslanishi lozim. Tayyorgarlik koʻrish jarayonida, shuningdek inson huquqlarini, bolalar va gender muammolarini hisobga olish zarurligiga eʼtibor qaratish lozim; tayyorgarlik davlatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni amalga oshirishga koʻmaklashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Axborotni oluvchi ishtirokchi-davlat uni taqdim etgan ishtirokchi-davlatning undan foydalanishga nisbatan cheklovlar qoʻyish bilan bogʻliq har qanday iltimosini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Chegara nazorati choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlatlar odamlarning erkin koʻchib yurishiga oid xalqaro majburiyatlarga zarar etkazmagan holda, imkon qadar odam savdosining oldini olish va aniqlash uchun talab etiladigan chegara nazorati choralarini belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir ishtirokchi-davlat mazkur Bayonnomaning 5-moddasiga muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan jinoyatlarni sodir etishda tijorat yuk tashuvchilari tomonidan foydalaniladigan transport vositalaridan iloji boricha foydalanishni oldini olish uchun qonunchilik yoki boshqa tegishli choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tegishli hollarda va amaldagi xalqaro konvensiyalar uchun zarar etkazmagan holda bunday choralar tijorat yuk tashuvchilari, shu jumladan, har qanday transport kompaniyasi yoki har qanday transport vositasining egasi yoxud operatori uchun hamma yoʻlovchilarning qabul qiluvchi davlatga kirishi uchun zarur boʻlgan kirish/chiqish hujjatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish majburiyatini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Har bir ishtirokchi-davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq ushbu moddaning 3-bandida belgilangan majburiyatni buzganlik uchun sanksiyalarni nazarda tutish uchun zarur choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har bir ishtirokchi-davlat oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur Bayonnomaga koʻra shunday deb eʼtirof etilgan jinoyatlarni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarning uning hududiga kirishini rad etish yoki ularning vizalarini bekor qilishga imkon beradigan choralarni qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ishtirokchi-davlatlar Konvensiyaning 27-moddasiga zarar etkazmagan holda chegara nazorati organlari oʻrtasida hamkorlikni, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻllarini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash orqali mustahkamlash imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Hujjatlarning ishonarliligi va ularni nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir ishtirokchi-davlat mavjud imkoniyatlar doirasida quyidagilar uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ularga berilgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma hujjatlarining ulardan noqonuniy foydalanish va ularni soxtalashtirish yoki qonunga xilof tarzda oʻzgartirish, qayta tiklash yoki berishni maksimal darajada qiyinlashtiradigan sifatda boʻlishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu ishtirokchi-davlat tomonidan yoki uning nomidan berilgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsiy guvohnomalarning himoyalanganlik va ishonarlilik darajasini, shuningdek noqonuniy tarzda tayyorlash, berish va ulardan foydalanishning oldini olishni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Hujjatlarning qonuniyligi va haqiqiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi-davlatning iltimosiga koʻra, oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq, oqilona muddat ichida uning nomidan berilgan yoki berilishi mumkin boʻlgan hamda odam savdosi uchun foydalanishda gumon qilinayotgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsiy guvohnomalarning qonuniyligi va haqiqiyligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Istisno etuvchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bayonnomadagi hech narsa xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq va, xususan, qoʻllash mumkin boʻlganda, 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya va 1967-yilgi Bayonnoma hamda ularda mustahkamlangan mamlakatdan chiqarib yubormaslik prinsipiga muvofiq davlatlar va alohida shaxslarning javobgarligi, majburiyatlari va boshqa huquqlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Bayonnomada nazarda tutilgan choralar odam savdosi qurbonlari boʻlganlari uchungina kamsitilishga asos boʻlmaydigan tarzda talqin etiladi va qoʻllaniladi. Bu choralarni talqin etish va qoʻllash xalqaro eʼtirof etilgan kamsitilmaslik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Nizolarning tartibga solinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomani sharhlash yoki qoʻllashga oid nizolarni muzokaralar yoʻli bilan tartibga solishga harakat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikki yoki undan koʻp ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi Bayonnomani sharhlash yoki qoʻllashga oid nizolarni oqilona vaqt ichida muzokaralar yoʻli bilan tartibga solish mumkin boʻlmasa, bu Ishtirokchi-davlatlardan birining iltimosiga koʻra, arbitraj muhokamasiga beriladi. Agar hakamlik haqida iltimos bilan murojaat qilingandan soʻng olti oy mobaynida ushbu Ishtirokchi-davlatlar uni tashkil etish toʻgʻrisida kelisha olmasalar, bu Ishtirokchi-davlatlardan biron biri Xalqaro sudga Sud Statutiga muvofiq ariza bilan murojaat qilish orqali nizoni taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir Ishtirokchi-davlat mazkur Bayonnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki uni tasdiqlashda yoxud unga qoʻshilishda oʻzini ushbu moddaning 2-bandi qoidalari bilan bogʻliq emasligi toʻgʻrisida maʼlum qilishi mumkin. Boshqa Ishtirokchi-davlatlar shunday izoh bildirgan biron bir ishtirokchi-davlatga nisbatan mazkur moddaning 2-bandi qoidalari bilan bogʻliq boʻlmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq qoʻshimcha shart qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan istalgan vaqtda bu shartni olib tashlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash va qoʻshilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bayonnoma barcha davlatlar tomonidan imzolanishi uchun 2000-yilning 12-dekabridan 15-dekabrigacha Palermo, Italiyada, soʻng Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida 2002-yilning 12-dekabrigacha ochiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bayonnoma, shuningdek iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlarining, agar kamida bunday tashkilotga aʼzo davlatlardan biri ushbu Bayonnomani mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq imzolagan boʻlsa, imzolashi uchun ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Bayonnoma ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻzining ratifikatsiya yorligʻini yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatini, agar kamida aʼzo-davlatlardan biri shunday ish tutgan boʻlsa, saqlash uchun topshirishi mumkin. Bu ratifikatsiya yorligʻida yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatda bunday Tashkilotning ushbu Bayonnoma bilan tartibga solinadigan masalalar boʻyicha oʻz vakolati sohasi toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Bu Tashkilot, shuningdek depozitariyga oʻz vakolati sohasining har qanday oʻzgarishi toʻgʻrisida ham xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Bayonnoma har qanday davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning biron bir mintaqaviy tashkilotining, eng kamida aʼzo davlatning biri ushbu Bayonnoma ishtirokchisi boʻlganda qoʻshilish uchun ochiqdir. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi. Qoʻshilishda iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti ushbu Bayonnoma bilan tartibga solinadigan masalalar boʻyicha oʻz vakolati sohasi toʻgʻrisida bayonot beradi. Bu tashkilot, shuningdek depozitariyga oʻz vakolati sohasining har qanday oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur bayonnoma qirqinchi ratifikatsiya yorligʻi yoxud qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun topshirilgan sanadan soʻng toʻqsoninchi kunda kuchga kiradi, biroq u Konvensiya kuchga kirgunga qadar kuchga kirmaydi. Ushbu band maqsadlari uchun iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti tomonidan saqlash uchun topshirilgan har qanday bu kabi yorliq yoki hujjat bunday tashkilotning aʼzo davlatlari tomonidan saqlash uchun topshirilgan yorliq yoki hujjatlarga qoʻshimcha sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bayonnomani ratifikatsiya qiluvchi, qabul qiluvchi yoki tasdiqlovchi yoxud unga qirqinchi ratifikatsiya yorligʻi yoki bunday harakat toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan keyin qoʻshiluvchi har bir davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun ushbu Bayonnoma bunday davlat yoki tashkilot tomonidan tegishli yorliq yoki hujjat saqlash uchun topshirilgan sanadan soʻng oʻttizinchi kuni yoxud keyinchalik nima boʻlishiga qarab mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq ushbu Bayonnoma kuchga kirish sanasida kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Tuzatishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bayonnoma kuchga kirgandan keyin besh yil oʻtgach, bu Bayonnomaning Ishtirokchi-davlati tuzatish kiritishni taklif qilishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborishi mumkin, soʻngra taklif qilingan tuzatishni koʻrib chiqish va u boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida Ishtirokchi-davlatlarga va Konvensiya Ishtirokchilarining konferensiyasiga yuboradi. Ishtirokchilar konferensiyada qatnashayotgan mazkur Bayonnomaning Ishtirokchi-davlatlari har bir tuzatishga nisbatan konsensusga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Agar konsensusga erishish uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilgan va kelishuvga erishilmagan boʻlsa, unda oxirgi chora sifatida tuzatishni qabul qilish uchun mazkur Bayonnoma Ishtirokchi-davlatlarining Ishtirokchilar konferensiyasida hozir boʻlgan va ovoz berishda qatnashayotgan uchdan ikki qismining koʻpchilik ovozi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzlarining vakolat doirasiga kiradigan masalalarda iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari ushbu moddaga muvofiq oʻz ovoz berish huquqini mazkur Bayonnoma ishtirokchisi boʻlgan aʼzo-davlatlar soniga teng ovozlarga ega boʻlgan holda amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularning aʼzo-davlatlari ovoz berish huquqini amalga oshirsa va aksincha boʻlsa, oʻz ovoz berish huquqini amalga oshirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish Ishtirokchi-davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish Ishtirokchi-davlatga nisbatan ular tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga ratifikatsiya yorliqlari yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun topshirilgan sanadan toʻqson kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuzatish kuchga kirgandan soʻng, unga rioya etishga oʻz roziligini bildirgan Ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy hisoblanadi. Boshqa Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnoma qoidalari va ular tomonidan avvalroq ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan yoki tasdiqlangan har qanday tuzatishlarni bajarishda davom etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Denonsatsiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishtirokchi-davlat ushbu Bayonnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma bildirishnoma yuborish orqali denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan xabarnoma olingan sanadan bir yil oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti mazkur Bayonnomaning barcha aʼzo-davlatlari ushbu Bayonnomani denonsatsiya qilganlarida uning ishtirokchisi hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Depozitariy va tillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bayonnomaning depozitariysi etib Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bayonnomaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tilidagi matnlari aynan bir xil boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.