06.03.2009 yildagi 57-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda Maxsus deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Maxsus komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Maxsus komissiyaga yuklangan funksiyalarni va uning joriy faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli transport tarmoqlari va boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibi Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
5. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq tizimli asosda yig‘ilishlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishchi guruh, shuningdek manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Maxsus komissiya ishiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etish;
9. Maxsus komissiya o‘z qarorlarining o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib borishi shart.
10. Maxsus komissiyaga rais boshchilik qiladi, rais uning ishiga rahbarlik qiladi, Maxsus komissiyaning ish rejasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
11. Maxsus komissiya yig‘ilishlari ish rejasiga muvofiq yoxud zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. Maxsus komissiya yig‘ilishlarini rais olib boradi, u joyida bo‘lmagan taqdirda Maxsus komissiya raisining o‘rinbosari olib boradi.
12. Maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek yig‘ilish materiallari Maxsus komissiya a’zolariga yig‘ilishdan kamida ikki kun oldin yuboriladi.
13. Maxsus komissiyaning uzrli sabablarga ko‘ra yig‘ilishda qatnashmagan a’zolari o‘rniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
14. Maxsus komissiya kotibi ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilish materiallarini protokol loyihasi bilan birga Maxsus komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda yig‘ilishga taklif etilgan boshqa shaxslarga ham yetkazilishini ta’minlaydi.
15. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashishi shart. Maxsus komissiya a’zolarining ovozi teng bo‘lib qolganda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
16. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya yig‘ilishining protokollari bilan rasmiylashtiriladi. Yig‘ilish protokoli Maxsus komissiyaning barcha a’zolari tomonidan vizalanadi, kotib tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddat Maxsus komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Protokolni vizalashda Maxsus komissiya a’zolari protokolga o‘zlarining alohida fikrlarini ilova qilishlari mumkin.
17. Alohida hollarda Maxsus komissiyaning ayrim masalalar bo‘yicha qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
18. Maxsus komissiya muntazam ravishda o‘z yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Maxsus komissiya protokolining asl nusxasi va unga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
20. Maxsus komissiyaning ishchi guruhi:
navbatdagi davr uchun Maxsus komissiya ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va unga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan hamda Maxsus komissiya a’zolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalari olish huquqi beriladi;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Maxsus komissiya ko‘rib chiqishi uchun axborot va tahliliy materiallarni taqdim etadi;
Maxsus komissiya qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
materiallarni tayyorlash va Maxsus komissiya yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh ishlarini tashkil etadi;
Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib boradi va uning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Maxsus komissiya yig‘ilishlariga kiritadi;
Maxsus komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Maxsus komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.