Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.12.2008 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KUCH AGREGATLARI ISHLAB CHIQARADIGAN “DJENERAL MOTORS PAUERTREYN — OʻZBEKISTON” KORXONASI QURILISHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kuch agregatlari ishlab chiqaradigan “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 16-dekabrdagi PQ-1020-son qarorini bajarish yuzasidan va kuch agregatlari ishlab chiqarish quvvatlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekiston Respublikasida kuch agregatlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik buyurtmachi funksiyalarini yangidan tashkil etiladigan “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga beradigan “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi — zavodni loyihalashtirish va qurish buyurtmachisi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti — loyihaoldi hujjatlarni (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini) ishlab chiqish bosqichidagi bosh loyihalovchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — ish hujjatlarini ishlab chiqish bosqichidagi bosh loyihalovchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12-trest” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh pudrat qurilish tashkiloti etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh loyihalovchiga, istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan “Oʻzpoʻlatqurilishloyiha” yopiq aksiyadorlik jamiyatini, “Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatini, “Toshkentboshreja” rejalashtirish ilmiy-tadqiqot institutini, “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyatini, “Oʻzgazloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatni, “Oʻzsuvloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatini subpudrat asosida jalb qilishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihani amalga oshirish muddatlarining qisqaligini, shuningdek uni moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari mavjudligini hisobga olib “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni oldindan ishlab chiqmasdan amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqsin va vakolatli ekspertiza organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan kelishib olsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli ekspertiza organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda uni ekspertizadan oʻtkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida kuch agregatlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining yakuniy cheklangan qiymati, moliyalashtirish manbalari va mexanizmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi tasdiqlangandan keyin aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zavodni loyiha va ish hujjatlarini 2009-yil oxirigacha ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbob-uskunalarni tender savdolari oʻtkazmasdan, loyihaning biznes-rejasi parametrlari doirasida, kontraktlarni bosqichma-bosqich tuzish yoʻli bilan “Jeneral Motors Xoldings El-El-Si” kompaniyasining xaridlar global tizimi orqali sotib olishga ruxsat etilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-apreldagi PQ-1521-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh pudratchi va subpudrat qurilish tashkilotlari kuch agregatlari zavodini qurish davri mobaynida loyiha doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish obyektlariga tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha buyurtmachilar, loyihalovchilar va pudratchilarni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “Djeneral Motors” korporatsiyasi, “Djeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi shartlariga muvofiq loyihaoldi, loyihalash va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining kuch agregatlari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish masalalarida tajriba va nufuzga ega boʻlgan sohaga oid xorijiy loyihalash tashkilotini jalb etish yoʻli bilan, qabul qilingan loyiha-texnik yechimlarning ishonchliligini va korxonadan foydalanishning xavfsizligini aniqlash yuzasidan mustaqil ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ekspertiza oʻtkazish uchun sohaga oid xorijiy loyihalash tashkilotini ikki oy muddatda aniqlasin va u bilan tegishli bitim tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kuch agregatlari ishlab chiqarish zavodi qurilishida loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqiladigan ish hujjatlari va tasdiqlanadigan loyiha-texnik yechimlarga ekspertiza hujjatlari ilova qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifati, qurilish norma va qoidalariga rioya qilinishi, qoʻllanayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarning davlat standartlari, normalari va texnik shartlarga muvofiqligi ustidan muntazam nazorat oʻrnatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga, zarurat boʻlganda, oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun mamlakatimizdagi va xorijiy ekspertlarni jalb etishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuch agregatlari ishlab chiqarish uchun komponentlar tayyorlovchi Oʻzbekiston yetkazib beruvchilari–norezidentlariga “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyalashtiriladigan va yetkazib beriladigan texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni bojxonada rasmiylashtirish, taqdim etish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyani korxonaning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 26-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
279-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-dekabrdagi 279-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuch agregatlari ishlab chiqarish zavodi qurilishida loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shodiyev M.I.‎ —‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Yusupov Sh.F.‎ —‎‎ “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Xolmatov I.M.‎ —‎‎ “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi‎
Hoshimov Sh.R.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha davlat ekspertiza boshqarmasi boshligʻi‎
Hidoyatov A.X.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Botirov T.‎ —‎‎ Toshkent viloyati davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi boshligʻi‎
Bojok P.V.‎ —‎‎ “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti bosh muhandisi‎
Mamatov M.M.‎ —‎‎ “Oʻzogʻirsanoatloyiha” OAJ bosh muhandisi‎
Enst V.P.‎ —‎‎ “Boshtransloyiha” OAJ bosh muhandisi‎
Iskandarov K.S.‎ —‎‎ “Oʻzogʻirsanoatloyiha” OAJ loyihasi bosh muhandisi‎
lavozimiga koʻra‎ —‎‎ “Djeneral Motors Pauertreyn — Oʻzbekiston” YAJ bosh direktorining oʻrinbosari‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 518-modda)