Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024 02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1878
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1878
Дата вступления в силу
12.12.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1878-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 2, 215-sonli ““Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1878-1, 27.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998-yil 6-avgust 18-01-son va Adliya vazirligining 1998-yil 15-avgust 07-1995-son bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarga advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yil 6-avgust va Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 19-avgustda tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan koʻrsatilgan huquqiy yordam uchun mehnatiga haq toʻlash davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga asosan (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son, 4-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 4-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga asosan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun xarajatlardan ozod qilingan hollarda yuridik yordam uchun xarajatlar davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish uchun asos boʻlib, yuridik yordam uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oilasida har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ish joyidan berilgan oxirgi oʻn ikki oylik daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda, uni ilova qilgan holda yashash joyidagi mahalla, ovul, qishloq fuqarolar yigʻini yoki fuqarolar yigʻini tomonidan vakolatlangan komissiya tomonidan berilgan xulosaga asosan haq toʻlashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻplash majburiyati surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yuklatiladi. Ushbu hujjatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi yoki ularning qarindoshlari tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini amalga oshirishi shart boʻlgan muddatlarda koʻrsatilgan hujjatlarni toʻplash imkoniyati boʻlmasa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bu hujjatlarni kelgusida toʻplash bilan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini yuridik yordam uchun toʻlovdan ozod etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini yuridik yordam uchun toʻlovdan ozod etishga asoslar mavjud emasligi faktlari aniqlansa, advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam boʻyicha xarajatlarini qoplash hukm qilinganga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bogʻliq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq toʻlash boʻyicha xarajatlar davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmasi tegishli moliya organiga murojaat qilgandan keyin oʻttiz kundan kechikmay Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaror (ajrim) chiqargan organ joylashgan joydagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi orqali Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan haq toʻlanishi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻrsatilgan yuridik yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga asosan (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnoma deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlovlar miqdori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Surishtiruv jarayonida, dastlabki tergov bosqichida, birinchi instansiya sudlarida va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrilayotgan ishlarda advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlov har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3485, 21.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ikki va undan ortiq shaxslarga bitta jinoiy ish boʻyicha advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlov har bir ishonch bildiruvchiga (himoya ostidagi shaxsga) mazkur Nizomning 6 va 8-bandlarida belgilangan toʻlov miqdorining 80 foizi hisobida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sud majlisining har bir tanaffus kuni uchun toʻlov advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan toʻlov miqdorining 50 foizi hisobida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlov eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida, tungi vaqtda esa eng kam oylik ish haqining 75 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safari va transport xarajatlari miqdori advokatlik tuzilmasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi hamda maʼlumotnomada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlovlar tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Advokatning ishda ishtirok etishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrsatilgan advokatlik tuzilmasiga murojaatnoma yuborish yoʻli bilan taʼminlanadi. Murojaatnomada advokatning shaxsi koʻrsatilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Advokatning aniq bir ishni yuritishga vakolati order bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi himoyachining jinoiy ishda ishtirok etishi boshlanishi bilan bir vaqtda chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyachidan voz kechishi bilan bogʻliq protsessual harakatda advokatning ishtirok etishi hollarida yuridik yordam uchun toʻlovdan ozod etish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) advokat ishtirok etgan protsessual harakat tugatilgandan soʻng chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼlumotnoma ish raqami, jinoiy ishda ishtirok etgan advokatning familiyasi, ismi va sharifi, ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ning familiyasi, ismi va sharifi, ishtirok kunlari, toʻlov miqdori va advokatlik tuzilmasining bank rekvizitlari albatta koʻrsatilgan holda uch nusxada tuziladi va advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda uning muhri bilan tasdiqlanadi. Maʼlumotnomada advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokat jinoiy ishda uzoq vaqt ishtirok etgan holda (bir oydan ortiq) maʼlumotnoma har oyda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqargan shaxs har oyda yoki surishtiruv jarayoni, dastlabki tergov bosqichi tugagan kuni yoki sudning tegishli qarori chiqarilgan kuni maʼlumotnomani oʻzining imzosi va surishtiruv, tergov yoki sud organi muhri bilan tasdiqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Maʼlumotnomaning bir nusxasi advokatlik tuzilmasida qoladi, ikkinchi nusxasi maʼlumotnomani tasdiqlagan shaxsga ishga qoʻshish uchun beriladi, uchinchi nusxasi esa yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) bilan birga advokatlik tuzilmasi tomonidan tegishli hududiy moliya organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun toʻlovlarni advokatlik tuzilmasining murojaatnomasi tegishli moliyaviy organga kelib tushgan kundan boshlab, oʻttiz kun muddatdan kechiktirmasdan maʼlumotnomaga va yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ga asosan advokatlik tuzilmasining bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlab beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazishda advokatlik tuzilmasidan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli hududiy moliya organlarining murojaatlari asosida advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash maqsadli budjet mablagʻlari respublika budjetidan tegishli quyi budjetiga belgilangan tartibda paydo boʻladigan budjetlararo oʻzaro munosabatlar tartibga solingan taqdirda oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Advokatlik tuzilmasining rahbari maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yuridik yordam uchun haq toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqargan shaxs qaror (ajrim)ning asosliligiga masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tegishli hududiy moliyaviy organlar va Gʻaznachilik boʻlinmalari gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha davlat hisobiga oʻtkazilgan xarajatlarni belgilangan muddatlarda toʻlab berishga masʼuldirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuror R. QODIROV

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar palatasi raisi T. SAYIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“KELISHILGAN”
‎‎__________________________
‎(imzo)
‎__________________________
‎(qaror (ajrim) qabul qilgan shaxsning F.I.O.))

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎____________________________
‎(imzo)
‎_____________________________
‎(advokatlik tuzilmasi rahbarining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

M.Oʻ.‎

Koʻrsatilgan yuridik yordam toʻgʻrisidagi
‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎_______________________________________________________________

(advokatning F.I.O. va advokatlik tuzilmasining nomi)

Himoya ostidagi shaxsning F.I.O. ____________________
‎Ishning raqami: ___________________________________
‎Advokatlik tuzilmasining STIR:____________________
‎Xizmat koʻrsatayotgan bankning nomi va MFO:
‎h/r:______________________________________

T/r‎

Xarajatlar turi

Sana

Kunlar soni

Bahosi, ming. soʻm

Umumiy bahosi, ming. soʻm

1.‎

Surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida, birinchi instansiya sudlarida va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrilayotgan ishlarda koʻrsatilgan yuridik yordam

X‎

X‎

X‎

shu jumladan: ‎

X‎

X‎

X‎

X‎

bitta shaxsga

ikki yoki undan ortiq shaxslarga

2.‎

Sud majlisining tanaffus kunlari

3.‎

Xizmat safari xarajatlari

X‎

4.‎

Advokat tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar

Jami miqdori

X‎

X‎

X‎

‎‎
‎__________________

‎‎(imzo)

20__y. “_____”______________dan.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3485, 21.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son; 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son)