Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.05.2008 yildagi PQ-853-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARINING BOShQARUV XODIMLARI SONINI YaNADA MAQBULLAShTIRISh HAMDA QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish, uni bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga muvofiqlashtirish, davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-yanvardagi R-2919-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish hamda boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha Respublika komissiyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrinbosarlari lavozimlarining sonini 1-ilovaga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilning 1-iyulidan boshlab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularga boʻysunuvchi korxona va tashkilotlar boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 va 3-ilovalarga* muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda xodimlar sonini qisqartirish boʻyicha komissiya tashkil etsin, boshqaruv va yordamchi xodimlarning qisqartiriladigan lavozimlari roʻyxatini aniqlasin hamda qisqartirishga tushgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilning 15-iyuligacha boʻlgan muddatda xodimlar sonini qisqartirish boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari bilan birgalikda ishdan boʻshatiladigan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin va ularga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qarorda belgilangan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish hamda boʻshaydigan xodimlarni ishga joylashtirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qaror talablarini hisobga olgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin va zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, boshqaruv xodimlari soni qisqartirilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar toʻliq hajmda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yuqori malakali xodimlari ish haqini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining shtat jadvali va xarajatlari smetasini mazkur Qarorda belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga hamda yordamchi xodimlar sonining hisoblab chiqilgan normativlariga qatʼiy muvofiq ravishda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv apparati boshqaruv xodimlarining belgilab qoʻyilgan cheklangan soniga hamda xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlariga rioya qilinishi ustidan doimiy monitoring olib borsin. Monitoring natijalari toʻgʻrisida har yili 25-yanvargacha va har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-№ 853.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 256-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda)