Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.1998 14.06.1991 yildagi 283-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.1998
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 542-I-son “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ommaviy axborot vositalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari deganda gazetalar, jurnallar, telekoʻrsatuv va radioeshittirish programmalari, hujjatli kino, ommaviy axborot tarqatishning boshqa davriy nashrlari tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matbuot, televideniye va radio, boshqa ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari muayyan ommaviy axborot vositasining vakili hisoblanadilar. Tahririyat oʻz Ustavi asosida ish olib boradigan yuridik shaxsdir. Tahririyat iqtisodiy mustaqillik asosida xoʻjalik faoliyatini yuritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Soʻz erkinligi va ommaviy axborot vositasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida barcha ommaviy axborot vositalari erkindir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida har bir fuqaroning soʻz erkinligiga, ommaviy axborot vositalarida chiqish, oʻz fikri va eʼtiqodini oshkora bayon etish huquqiga kafolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, tanlash, qabul qilish va ommalashtirishda qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida olib boradilar. Jumhuriyat fuqarolarining oʻz ona tillarida axborot olish va axborot berish huquqlariga kafolat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Soʻz erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalaridan davlat sirini yoki qonun bilan maxsus saqlanadigan oʻzga sirni ochish, mavjud davlat tuzumi va ijtimoiy tuzumni zoʻrlik bilan agʻdarib tashlashga yoki oʻzgartirishga daʼvat qilish, urushni, zoʻravonlik, shafqatsizlikni, irqiy, milliy, diniy ustunlikni targʻib etish, sharmsiz suratlar tarqatish uchun, jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa xatti-harakatlarni qilish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning shaxsiy hayotiga oʻzlarining ruxsatisiz aralashish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish taqiqlanadi hamda qonunga muvofiq jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki tergovchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini eʼlon etish, nomini koʻrsatmaslik sharti bilan maʼlumot bergan shaxsni aytish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasnodir), balogʻatga yetmagan qonunbuzarning shaxsini uning roziligisiz yoki uning qonuniy vakili roziligisiz oshkor qilish, muayyan ish boʻyicha sud qarori chiqmasdan turib shu ishni sudda koʻrib chiqish natijalarini oldindan aytish yoki oʻzgacha yoʻl bilan sudga uning qarori yo hukmi qonuniy kuchga kirmay turib taʼsir koʻrsatish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ommaviy axborot vositasini taʼsis etish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari Sovetlari va boshqa davlat idoralari, roʻyxatga olingan siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar fuqarolarning qonunga muvofiq tuzilgan kooperativ, diniy, oʻzga birlashmalari, mehnat jamoalari ommaviy axborot vositalari taʼsis etish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarining biror turiga yakka hokimlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarining tahririyati oʻz faoliyatini tegishli ommaviy axborot vositasi roʻyxatga olinganidan soʻng amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza muassis (taʼsis etuvchi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot davlat komitetiga topshiriladi. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza u olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el aholiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborotni chiqarishga kirishish huquqi guvohnoma olingan kundan boshlab bir yil davomida saqlanib turadi. Bu muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) muassis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ommaviy axborot vositasining nomi, tili (tillari), qayerda joylashganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) maqsadlari va vazifalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aholining qanday doirasiga moʻljallanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ommaviy axborot vositasini qanchalik tez-tez chiqarib turish koʻzda tutilayotganligi, hajmi, moddiy-texnikaviy hamda pul bilan taʼminlash manbalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish chogʻida qonunga zid boʻlmagan oʻzga maʼlumotlar ham talab qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatga olish haqi Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va hajmlarda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Axborotni roʻyxatdan oʻtkazmay turib tarqatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, boshqa davlat idoralari rasmiy normativ hujjatlar yoki oʻzga hujjatlar, sud amaliyotini yorituvchi byulletenlar chiqarish uchun axborotni roʻyxatdan oʻtkazmay turib oshkora tarqatish huquqiga ega. Korxonalar, tashkilotlar, oʻquv va ilmiy muassasalar oʻz faoliyatlarida zarur boʻlgan axborot materiallarini va hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazmay nashr etish va tarqatish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy tarqatishga moʻljallanmagan yoki qoʻlyozma tarzida koʻpaytiriladigan bosma, audio va audiovizual mahsulotni texnikaviy vositalar yordamida tayyorlash ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish faqat quyidagi asoslarga muvofiq rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar ommaviy axborot vositasining nomi, maqsadlari va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, mustaqillik toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasi hamda ushbu Qonunga zid boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar roʻyxatga oluvchi idora ilgari xuddi shu nomdagi ommaviy axborot vositasiga guvohnoma bergan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar ariza ommaviy axborot vositasining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonuniy kuchga kirganiga bir yil toʻlmay turib berilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatga olishni rad etish haqidagi xabar ushbu Qonunda koʻzda tutilgan asoslar koʻrsatilib, yozma ravishda arizachiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idoraning, yoxud sudning qarori bilan toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olgan idora yoki sud ushbu Qonunda koʻzda tutilgan talablar bir yil davomida takror buzilgan taqdirda ommaviy axborot vositasining chiqarilishi yoki nashr etilishini toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ommaviy axborot vositasi bir yildan buyon chiqarilmayotgan yoki nashr etilmayotgan boʻlsa, uni qaytadan chiqarish yoki nashr etish roʻyxatga olingani toʻgʻrisida yangi guvohnoma talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda tahririyatning mehnat jamoasi yoki muharrir (bosh muharrir) 5-modda va 6-modda talablari bajarilganda oʻsha nom bilan ommaviy axborot vositasini taʼsis etish masalasini qoʻyish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etganlik, shuningdek uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etish yoki roʻyxatga olish uchun belgilab qoʻyilgan bir oylik muddatning davlat idorasi tomonidan bajarilmasligi, shuningdek ommaviy axborot vositasi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror xususida muassis yoki tahririyat sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etish yoki uning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish haqidagi qaror gʻayriqonuniy deb topilsa, ustidan shikoyat berilgan qaror bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud mulkiy nizolarni amaldagi qonunlar asosida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Ommaviy axborot vositasining tahririyat Ustavi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasining tahririyat Ustavi tahririyat jurnalistlari jamoasining umumiy yigʻilishida, jamoa aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va muassis tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahririyat Ustavi muassis, muharrir (bosh muharrir) va tahririyat munosabatlarini, jurnalistlar jamoasining vakolatlarini tartibga solib turadi. Ustavga ommaviy axborot vositasining faoliyatidan tushadigan daromadni taqsimlash va undan foydalanish tartibi hamda boshqa qoidalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahririyat Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Ommaviy axborot vositasining muassis, muharrir, tahrir hayʼati va noshiri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis ommaviy axborot vositasi faoliyatining dasturini (asosiy qoidalarini) tasdiqlaydi. Ommaviy axborot vositasini chiqaruvchi tahririyat yoki oʻzga muassasa dasturning amalga oshirilishini kasbiy mustaqillik asosida taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muharrir (bosh muharrir) ni tayinlash va boʻshatish tartibi tahririyat ustavi va muassis tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muharrir (bosh muharrir) ommaviy axborot vositasi tahrir hayʼati va tahririyati ishga rahbarlik qiladi, muassis, noshir, mualliflar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning boshqa birlashmalari va fuqarolar bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ommaviy axborot vositasi nomidan ish olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muharrir (bosh muharrir) ommaviy axborot vositasining faoliyati ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq boʻlishi uchun masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahrir hayʼati tahririyat ustavida koʻzda tutilgan tartibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis, shuningdek nashriyot yoki ommaviy axborot vositasining chiqarilishini moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlovchi oʻzga yuridik shaxs ommaviy axborot vositasining noshiri boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ommaviy axborot vositasi muassisi, tahririyati va noshirining ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasining muassisi, tahririyat va noshiri oʻrtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy hamda moliyaviy munosabatlar amaldagi qonunlar va shartnoma asosida olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada quyidagilar belgilab qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahririyatni saqlab turish uchun mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositasining noshirlik faoliyatidan tushadigan foyda (daromad)ning tahririyat, muassis va noshir tasarrufiga oʻtadigan qismlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahririyat xodimlari uchun zarur darajada ishlab chiqarish sharoiti, turmushi va mehnat qilishi uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish boʻyicha muassis hamda noshirning majburiyatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Nashrga doir maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davriy bosma nashrning har bir sonida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nashrning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muassis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) muharrir (bosh muharrir) familiyasi, ismi-sharifi yoki rasmiy taxallusi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) davriy nashrlar uchun chiqarilish tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, roʻznomalar uchun esa, shuningdek, bosish uchun qoʻl qoʻyilgan vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tiraji;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) tahririyat, noshir, bosmaxona manzilgohi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekoʻrsatuv, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chogʻida esa — bir kecha-kunduzda kamida toʻrt marta telekoʻrsatuv, radioeshittirish tahririyati nomini eʼlon qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Nazorat nusxalar va taqdim etilishi shart boʻlgan nusxalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtli bosma nashrlar bosilib chiqishi bilanoq ularning bepul nazorat nusxalari tahririyatga, muassisga, Alisher Navoiy nomidagi jumhuriyat Davlat kutubxonasiga, Kitob palatasiga, Ushbu bosma nashr roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma bergan idoraga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matbaa nashrlarining nazorat nusxalari hamda taqdim etilishi shart boʻlgan nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilaydigan tartibda boshqa muassasa hamda tashkilotlarga ham joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Telekoʻrsatuv va radioeshittirish materiallarining saqlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telekoʻrsatuv, radioeshittirish tahririyatlari eshittirish va koʻrsatuv materiallari efirga chiqqandan soʻng bir oy davomida saqlab turishlari, oldindan yozib olmay, efirga beriladigan eshittirishlarni va koʻrsatuvlarni roʻyxatga olish daftarini yuritishlari hamda bu daftarda eshittirishning mavzusini, vaqtini, eshittirish yoki koʻrsatuv boshlangan va tugagan vaqtni, eshittirishni yoki koʻrsatuvni olib borgan kishining familiyasi va ismini qayd etib qoʻyishlari shart. Bunday eshittirishlarni yoki koʻrsatuvlarni roʻyxatga olish daftari unga soʻnggi yozuv kiritilgan kundan boshlab bir yil davomida saqlanadi. Hozirgi zamon nuqtai nazaridan va tarixiy jihatdan muhim deb topilgan materiallar esa tegishli qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq doimiy ravishda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. OMMAVIY AXBOROTNI TARQATISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini noshir bevosita oʻzi yoki shartnoma asosida yoxud boshqa qonuniy asoslarda aloqa korxonalari, boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tarqatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotini nashrga doir maʼlumotlari koʻrsatilmagan holda tarqatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasi mahsulotining (nashr maʼlumotlari koʻrsatilgan) har bir ayrim sonini tarqatishga muharrir (bosh muharrir) uni chiqarishga (efirga berishga) ruxsat etganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasi mahsulotini qonuniy asosda tarqatishga jumladan uning tirajini yoki tirajining bir qismini tortib olish bilan toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida toʻsqinlik qilish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Rasmiy xabarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari ana shu idoralarning rasmiy xabarlarini eʼlon qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahririyat sud idorasining mazkur ommaviy axborot vositasi orqali eʼlon qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi boʻlgan, qonuniy kuchga kirgan qarorini bepul va belgilangan muddatda eʼlon qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING FUQAROLAR VA TAShKILOTLAR BILAN MUNOSABATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Ommaviy axborot vositalari orqali axborot olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar faoliyati haqidagi ishonchli maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali operativ tarzda olish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari tegishli davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan kerakli maʼlumotlarni olish huquqiga ega. Davlat idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar ommaviy axborot vositalariga mavjud maʼlumotlarni va hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganlik uchun ommaviy axborot vositasi vakili yuqori turuvchi idoraga yoki mansabdor shaxsga, soʻngra esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Muallifning materiallari va xatlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarning jurnalistika, adabiyot, sanʼat va fan asarlaridan foydalanishiga mualliflik huquqiga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunda oʻzga hol koʻzda tutilgan boʻlmasa, tahririyat rad etgan materialni ommaviy axborot vositasida majburan eʼlon qildirishga hech kim haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mushtariylarning xatlarini eʼlon qilish chogʻida xat mazmuni buzmay qisqartirish va tahrir etishga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Raddiya va javob huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro yoki tashkilot ommaviy axborot vositasi tahririyatidan eʼlon qilingan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va ularning shaʼni hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlarni rad etishni talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasida huquqlari va qonuniy manfaatlari poymol qilingan fuqaro yoki tashkilot oʻsha ommaviy axborot vositasida javob eʼlon qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raddiya yoki javob maxsus ruknda yoki ana shu javobga sabab boʻlgan maqola bosilgan ayni sahifada ayni harflar bilan — roʻznomalarga raddiya yoki javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida boshqa davriy nashrlarda navbatdagi sonda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raddiya yoki javob radio yoki televideniye diktori tomonidan ayni programma va turkumda javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻqib eshittirishlari. Javob Bilan chiqish huquqi fuqaroning oʻziga yoki tashkilotning vakiliga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Javob matnini tahrir qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Raddiya yoki javob eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizalarni sudda koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasi raddiya yoki javob eʼlon qilishdan bosh tortgan yoki ularni eʼlon qilish uchun belgilab qoʻyilgan bir oylik muddatni buzgan taqdirda manfaatdor fuqaro yoki tashkilot maʼlumot eʼlon qilingan kundan boshlab bir yil davomida sudga murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud raddiya yoki javob eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani qonunlarda koʻzda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. JURNALISTNING HUQUQLARI VA BURChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Jurnalist
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist deganda ommaviy axborot vositasi uchun materiallar toʻplash, tahlil qilish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi, u bilan mehnat yoki oʻzga shartnoma munosabatlari bilan bogʻlangan yoki uning bergan vakolatiga binoan bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxs tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Jurnalistning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) axborot izlash, olish va uni ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jurnalistik kasbi vazifalarini amalga oshirish munosabati bilan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonunda koʻzda tutilgan hollardan tashqari har qanday yozuvni, kino va fotosuratga olishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) guvohnomasini koʻrsatib, mitinglar va namoyishlarda, agar jurnalistning hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmasa, tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda hozir boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) olingan materiallarda koʻrsatilgan dalillarni va tafsilotlarni tekshirish chogʻida mutaxassislarga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oʻz eʼtiqodiga zid keladigan materiallarni oʻz imzosi bilan tayyorlashdan bosh tortish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tahrir chogʻida mazmuni buzilgan materialdan oʻz imzosini olib tashlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mualliflik sir saqlanishini shart qilib qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Jurnalistning burch va masʼuliyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻzi mehnat munosabatlari oʻrnatgan ommaviy axborot vositasi harakat dasturini amalga oshirishga, tahririyat ustaviga amal qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻzi berayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) axborotni bergan shaxslarning xabar muallifini koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) muharrir (bosh muharrir) yoki tahririyat bergan topshiriq qonunga zid boʻlsa, uni bajarishdan bosh tortishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) fuqarolarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini, milliy qadr-qimmatini, shuningdek tashkilot va korxonalar huquqlari, qonuniy manfaatlarini hurmat qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist soʻz erkinligini suiisteʼmol qilganligi, fuqarolarni, tashkilotlarni badnom qiladigan, haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatilganligi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan qoidabuzarlik uchun jurnalist qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalist ushbu Qonun doirasida oʻzga burchlarni ham bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Jurnalistlarni vakil qilib tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari davlat idoralari hamda jamoat birlashmalarining idoralari bilan kelishib, ularning huzuriga oʻz jurnalistlarini vakil qilib tayinlashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSR Ittifoqi, ittifoqdosh jumhuriyatlar va chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari jumhuriyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan boshqa davlat tashkiloti ruxsati bilan akkreditatsiya qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TOʻGʻRISIDAGI QONUNLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikning asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻz erkinligini suiisteʼmol qilish, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, fuqaroning yoki tashkilotning shaʼniga hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlarni tarqatish javobgarlik uchun asos boʻladi. Jurnalistlar tomonidan sudga, tergov organlariga taʼsir oʻtkazish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, maʼmuriy yoki oʻzga javobgarlikka olib boradigan asoslardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan qoidaga koʻra roʻyxatga olingan ommaviy axborot vositalarining eʼlon etilgan maqsad va vazifalarini ado etishini taʼminlash maqsadida ularni roʻyxatga oluvchi organlar huquqiy ekspertiza oʻtkazib turishi, kasbkorlik yordamini koʻrsatishi, axborot bilan taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun aybdor deb topilgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek ommaviy axborot vositasining xabar va maqolalarning mualliflari javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari tomonidan jurnalistlarning kasbi bilan bogʻliq qonuniy faoliyatni amalga oshirishlariga toʻsqinlik qilinishi, jurnalistlarni axborot tarqatishga yoki tarqatishdan bosh tortishga majbur etish amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik va tarqatganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik va tarqatganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish hollari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muharrir (bosh muharrir), shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositasida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan materiallar tarqatilganligi uchun quyidagi hollarda javobgar boʻlmaydilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar bu maʼlumotlar rasmiy xabarlardan olingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ular axborot agentliklari yoki davlat va roʻyxatga olingan jamoat idoralarining matbuot xizmati orqali olingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar ular xalq deputatlari Sovetlarining sessiyalarida, jamoat tashkilotlari syezdlari, konferensiyalari, plenumlarida soʻzlagan, shuningdek boshqa holatlardagi rasmiy nutqlarning takrorlanishidan iborat boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar ular oldindan yozilmay efirga berilgan muallif nutqlarida yoki ushbu Qonunga muvofiq tahrir qilinmaydigan nashrda boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Etkazilgan maʼnaviy zararni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositasi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan yoki unga mulk bilan bogʻliq boʻlmagan boshqacha zarar yetkazadigan maʼlumotni tarqatishi natijasida fuqaroga yetkazilgan maʼnaviy (mulk bilan bogʻliq boʻlmagan) zarar sud qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositasi, shuningdek aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qoplanadi. Maʼnaviy (mulk bilan bogʻliq boʻlmagan) zararni pul bilan qoplash miqdorini sud belgilaydi. Maʼnaviy zararni pul bilan qoplash miqdori 10 ming soʻmdan oshmasligi kerak. Ommaviy axborot vositalari orqali kechirim soʻrash, xatoni oshkora tan olish orqali ham bunday maʼnaviy zararning oʻrni qoplanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. XALQARO ALOQALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasida chet el ommaviy axborot vositalari, xorijiy davlatlar diplomatiya va boshqa vakolatxonalari vakillarining faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida vakil qilib tayinlangan chet el muxbirlarining hamda chet el ommaviy axborot vositalari boshqa vakillarining huquqiy holati va kasbiga oid faoliyati, shuningdek xorijiy davlatlar diplomatiya, konsullik va boshqa rasmiy vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasida axborotga oid faoliyati SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, SSR Ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 14-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 180-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)